«Tadbiqiy mexanika» kafedrasi Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanidan 9- М А Ъ Р У З А: 4-modul. Tishli mехаnizmlаr.Tishli mехаnizmlаr, ulаrning turlаri. Ilаshmаning аsоsiy qоnuni.
Zvenolari tishli g‘ildiraklardan iborat bo‘lgan mexanizlarga tishli mexanizm deyiladi. Tishli mexanizmlar xam uzatish mexanizmlarga kiradi xamda aylanma xarakatlarni bir valdan ikkinchi valga o‘tkazish uchun xizmat kiladi. Shu bilan birgalikda bir valdan ikkinchi valga kuch va burovchi momentni uzatish mumkin. Ikkita tishli g‘ildirak va stoykadan tuzilgan oddiy tishli mexanizm tishli uzatma deyiladi. Ular avtomobil va traktor kishlok xujalik va kurilish mashinalarida metal kesish stanoklarida ulchash asboblari va boshka mexanizmlarda keng kulaniladi. Xozirgi zamon mashina va mexanizmalarida talab kilayetgan uzatishlar nisbatini olish uchun murakab uzatish mexanizmlari qo‘llaniladi.
Bunga sabab kirish zvenosi bilan chikish zvenosi o‘qlari bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘lishi mumkin bunday xolatda ikkinchi g‘ildirak orkali aylanma xarakatni uzatib, kerakli uzatishlar nisbatini olish, konstro‘qtiv jixatdan zvenolarni gabaritini kattalashib ketishga olib keladi.
Shuning uchun kirish va chikish zvenolarini o‘rtasiga oraliq zvenolar kiritilib, shu zvenolarni tishli g‘ildiraklari yordamida uzatishlar nisbatini pog‘onama-pog‘ona o‘zgartirilib, chiqish zvenosida talab qilingan uzatishlar nisbatini olinadi.
Bir pog‘onali o‘qlari paralell joylashgan tishli mexanizmni kinematikasini ko‘rib chiqamiz.
13.1 расм
13.1 formula Villis teoremasini ifodalaydi.
Teorema: tutashuvchi yuzalarning urinish nuqtasiga o‘tkazilgan umumiy normal ilashmaning istalgan xolatida ilashish qutbi R nuqtadan o‘tishi lozim bu nuqtaning O1 O2 o‘qlararo chiziqdagi xolati bo‘g‘inlarning belgilangan nisbiy xarakatiga ko‘ra aniqlanadi.
(13.1) tenglik ilashmani asosan qonunini ifodalaydi, ya’ni Villis teoremasini ifodalaydi.
Teorema: Ta’sir chizig‘i markazlarni tutashtiruvchi chizig‘ini burchak tezliklariga teskari proporsional bo‘laklarga bo‘ladi.
Bir bosqichli uzatmalar va ularning turlari.
Mashina va asboblarda tishli mexanizmlar juda keng qo‘llaniladi. Quyidagi 13.2 shaklda uch zvenoli tishli mexanizm ko‘rsatilgan.
13.3 rasm 13.2 rasm
Uch zvenoli mexanizmlarga xususiy xolda yana reykali uzatmalarni keltirish mumkin .(rasm 13.4). Bunda g‘ildirak 1 O1 markaz atrofida 1 burchak tezligi bilan aylanma xarakat kilib reykani V2 tezlik bilan ilgarilama tugri chizikli xarkatga keltiradi. g‘ildirak r1 radius bilan boshlangich aylanaga ega, reyka esa a-a boshlangich tugri chizikka ega r1 radiusli syentroyda a-a tugri chizik buylab sirpanmasdan dumalab xarakat kiladi. Bunda R nuqtasi olinsa aylanish markaziga bo‘ladi. 1 va V2 kuyidagi boshlanishda bo‘ladi.
Uch zvenoli fazoviy tishli uzatmalarga konussimon tishli g‘ildiraklar misol bo‘la oladi.