O‘zMU Fizika fakulteti 5A140205 – Yadro fizikasi magistranti Umirov Ahadbekning “40 GeV/c impulsli π–12C to‘qnashuvlarda zarrachalarning ko‘plamchilik jarayonlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
Taqriz
“40 GeV/c impulsli π-12C to‘qnashuvlarda zarrachalarning ko‘plamchilik jarayonlari” nomli magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi 40 GeV/c impulsli manfiy pionlar dastasining uglerod 12 yadrosi bilan o‘zaro ta’sirlashishlaridagi parchalanish jarayonlari haqida yetarlicha eksperimental ma’lumotlar olish hamda π-C to‘qnashuvlarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi zarrachalarni aniqlashdan iborat.
Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi tahliliy xarakterda bo‘lib, kirish, 3 ta bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan va chop etilgan maqolalardan iborat.
MD ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy tadqiqotlar sharhi, o‘rganilganlik darajasi, ob’yekti va predmeti, metodi, maqsadi, vazifalari haqida ma’lumot berilgan.
MD ishining birinchi bobi nazariy va eksperimental ishlarning qisqacha sharhi to‘g‘risida bo‘lib, yuqori energiyalarda yadrolarning fragmentatsiyasi bo‘yicha eksperimental va nazariy tadqiqotlarning qisqacha sharhi, tanlangan KPBM modeli sharhi, uning afzalligi va kamchiliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
MD ishining ikkinchi bobida yuqori energiyali adron- va yadro-yadro to‘qnashuvlarida protonlarning hosil bo’lishi tajribaviy materiallarga bag‘ishlanadi. Tajribaviy materiallar OIYAI yuqori energiyalar laboratoriyasi DTPK-500 ikki metrli propan pufakchali kamerasi yordamida olingan ma’lumotlar haqida bayon qilinadi. Shuningdek, qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipi, undan olingan spektrlar va ularni o‘lchashlar haqida ma’lumotlar berilgan.
MD ishining uchinchi bobi 40 GeV/c impulsli π-12C to‘qnashuvlarida ko‘plamchilik jarayonlari hamda, unda protonlar hosil bo‘lish mexanizmlari haqidagi tahliliy natijalarga bag‘ishlangan. Xususan, 40 GeV/c impulsli π-12C to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan protonlar ulushlari 300 GeV/c impulsli p20Ne to‘qnashuvida hosil bo‘lgan protonlarning ulushlari bilan solishtirilgan.
MD ishining matnida ba’zi tuzatish mumkin bo‘lgan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Ammo bu kamchiliklar magistrlik dissertatsiya ishi mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Umirov Ahadbekning “40 GeV/c impulsli π–12C to‘qnashuvlarda zarrachalarning ko‘plamchilik jarayonlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va mantiqan tugallangan deb hisoblab uni 5 baho bilan baholayman.
Taqrizchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |