Yapon tili (日本語 Nihongo) 120 milliondan ortiq kishi soʻzlashuvchi tildir. Yapon tili — Yaponiyaning rasmiy davlat tili. Yapon tilining genetik aloqalari, yaʼni uning u yoki bu til oilasiga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmagan: u goh oltoy tillariga, goh avstronez tillariga mansub deb kelingan. Soʻnggi oʻn yilliklardagi tadqiqotlar Yapon tilining oltoy tillari oilasiga mansubligini isbotlamoqda. Bu til, asosan, Yaponiyada, shuningdek, Osiyo, Amerika va Yevropaning bir qancha mamlakatlari (AQSH, Kanada, Braziliya va boshqalar)da, Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 126 mln. (Yaponiyaning oʻzida — 124 mln.) kishidan ortiqroq (2000). Yapon tilida, asosan, shimoliy sharqiy, gʻarbiy va janubiy. lahja guruhlari farqlanadi.Yapon yozuvi – soz bo‘g‘inli aralash yozuv; bunda iyerogliflar va bo‘g‘inli belgilar qo ‘shilib ketadi. Yapon tilidagi matnlarni yozishda qo ‘llaniladi. Hozirgi Yapon yozuvi tizimida, asosan, 2 turli belgilar mavjud so ‘zbelgilar - iyerogliflar va bo‘g‘inli belgilar qo‘llaniladi. Bugungi kunda bu tizimga yana fonemaviy belgilar - lotin a’lifbosi ham kirib kelmoqda. Yapon yozuvi vertikal ustun shaklida bo‘lib, belgilar yuqoridan quyiga tomon, ustunlar esa o‘ngdan chapga qarab joylashadi. Keyingi paytlarda uning gorizontal holatda chapdan o‘ngga qarab yoziladigan shakli ham qo‘llanilmoqda. Xitoyliklarning iyeroglifik yozuvi Yaponiyaga millodiy IV- V asrlarda kirib kela boshlagan va o’sha davr ziyolilari uchun o‘rganish majburiy hisoblangan. Xitoy va yapon tillari uslubiy tuzilish jihatidan jiddiy farq qilganligidan iyeroglifik matnlarni o‘qish ancha qiyin bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, yaponlarning dastlabki yozma yodgorligi - "Kojiki" afsona va rivoyatlar to‘plami, 712-yilda xitoy iyerogliflari va xitoy tili grammatikasi asosida yozilgan. Keyinchalik iyerogliflar bilan bir qatorda ularning xitoycha o‘qilishi "onyomi 音読み" ham muayyan fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda o‘zlashtiriladi; ayni paytda iyerogliflarning mano jihatdan mos keladigan yaponcha o‘qilish shakli "kunyomi" ham paydo bo‘ladi [7]. Yaponiyaning o‘zida ijod qilingan iyerogliflarning barchasi faqat "kunyomi" usulida, yaponcha o ‘qiladi. Iyerogliflarning fonetik qo‘llanilishi milliy yozuvning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. VIII asrda yaratilgan "Manyoshu" nomli asarda ba‘zi iyerogliflar bo‘g‘inli belgi sifatida ishlatilgan. Iyerogliflar grafik ko‘rinishining o‘zgarishi esa IX asrda kananing turli xil ko‘rinishlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. X asrda esa ulardan faqat Katakana va Hiragana keng qo‘llana boshlaydi. Har ikkala alifbodagi belgilar shaklan farq qilsada, manoviy fonetik jihatdan tengdir. Katakana bosma iyerogliflarning qisqargan shakli sifatida kelib chiqqan va asosan, yangi o‘zlashma so‘zlarni yozish uchun qo‘llaniladi, hiragana esa iyerogliflarning to‘liq qo‘lyozma shakli bo‘lib, asl yaponcha so‘zlarni, yordamchi so‘zlar va qo‘shimchalarni yozish uchun qo‘llaniladi. Kana yozuvida asosiy belgilar 48 ta, kananing har ikki turi hisobga olinsa, ularning umumiy soni 96 ta bo‘ladi. Bularga 30 dan ortiq hosila, qoshimcha belgi 2 ga kopaytirib qoshilsa, kanadagi belgilarning umumiy soni 170 taga yetishi mumkin. Iyerogliflar hamda hiragana va katakananing, qisman lotin harflarining aralash qo ‘llanishi, iyerogliflarning 2 turli "on" va "kun" o‘qilishi Yapon yozuvini nihoyatda murakkablashtirgani sababli 1946-yil kana yozuvi imlosi isloh qilinadi; shu bilan birga, faqat 1850 ta iyeroglifni ishlatish rasman tavsiya etiladi hozir bu miqdor 1947 tani tashkil etadi. Lekin amalda qo‘llanayotgan iyerogliflar soni tavsiya etilganlaridan ko‘ra ko‘proqdir. Yaponiyada yozuvni soddalashtirish ustida olib borilayotgan ishlar hanuz davom etmoqda. Lekin hozircha xitoy iyerogliflaridan voz kechish yoki Yapon yozuvini lotin grafikasiga ko‘chirish yo‘lida qilinayotgan harakatlar muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda. Buning sabablaridan biri - asrlar mobaynida yaratilgan yozma yodgorliklar, yani boy madaniy merosni kelgusi avlodlarga aynan, buzilmagan holda yetkazib berish istagidir. Fonologik tizimi avstronez tillarinikiga yaqin boʻlib,unlilar choʻziqlik qisqalik, undoshlar esa yakka va qoʻshaloq kelish xususiyatlariga ega boʻlib, bu xususiyatlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Grammatik tizimi oltoy, xususan, turkiy tillardagiga oʻxshash: ot va feʼl turkumlaridagi koʻmakchi, yuklama xarakteridagi soʻzlar va qoʻshimchalar, soʻz tartibida aniqlovchining aniqlanmishdan oldin, kesimning hammavaqt gap oxirida kelishi. Leksikasida asl yapon soʻzlaridan tashqari xitoy tilidan oʻzlashgan soʻzlar (“kango”) koʻp boʻlib, ular Yapon tiliga xitoy yozuvi bilan birga kirib kelgan. Zamonaviy oʻzlashma soʻzlar (“gayraygo”) asosan ingliz tilidan kirib kelmoqda. Har ikkala turdagi oʻzlashma soʻzlar oʻzining fonologik, morfologik va grammatik xususiyatlariga ega. Asl yaponcha soʻzlar va grammatik koʻrsatkichlar yapon yozuvining hiragana shaklida, chet tillardan kirib kelgan soʻzlar esa katakana shaklida yoziladi. Hozir Yapon tili uslubiy jihatdan ham rangbarangdir: kitobiy va ogʻzaki nutq aniq chegaralanib turadi, turli funksional uslublar farqlanadi, nutqning odobhurmat darajasiga qarab tabaqalanishi, erkaklar va ayollar nutqidagi farqlanishlar va boshqalar IX-X asrlarda gʻarbiy (kioto) lahja asosida adabiy til (“bungo” yozma til) shakllangan. XIII-XIV-asrlarda bungo meʼyorlari ogʻzaki nutqdan farqlana boshlagan. 1868-yil Meyji inqilobidan keyin sharqiy (tokio) lahjaga asoslangan adabiy til shakllangan. XX asr oʻrtalarigacha har ikkala adabiy tildan foydalanib kelingan. Shundan keyingi davrda toʻliq shakllangan zamonaviy adabiy til, bungoning baʼzi elementlarini saqlab qolgan holda, uning oʻzini isteʼmoddan siqib chiqargan. Hozirgi kunda adabiy Yapon tili ayrim oʻziga xos shevalarni (“kansay” markaziy gʻarbiy, “okinava” janubiy) hisoblamaganda, qolgan barcha shevalarni ham isteʼmoldan chetlashtirmoqda. Mahalliy lahja va shevalardan oila doirasidagina foydalanilmoqda. Yapon tili erkaklar yoki o‘g ‘il bolalar nutqi bilan bog‘liq ba‘zi so‘zlar va ba‘zi grammatik konstruktsiyalarga ega, bunday konstruksiya ayollar yoki qizlar nutqida ham uchraydi.Bunday tafovutlar ba‘zan “jinsi til” deb nomlanadi.Yapon tilida ayollar bilan bog‘liq nutq uslublariga onna kotoba (女 言葉,“ayollar so ‘zlari”) yoki joseigo (女性語, “ayollar tili”) erkaklar bilan bog‘liq bo‘lgan nutq esa (男性 語, “erkaklar tili”) deb nomlanadi.Umuman olganda, erkaklar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar va nutq uslublari qo‘pol, yoki keskin deb qabul qilinadi [8]. Ayollar bilan bog‘liq bo‘lganlari esa ko‘proq muloyim, yoki yumshoq deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |