12 yillik majburiy ta’lim biz qizlar uchun zarur va muhim



Download 4.25 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi4.25 Kb.
Yunusobod tumani 97-sonli maktabda 2016 yil 3 aprel kuni “12 yillik majburiy ta’lim biz qizlar uchun zarur va muhim” mavzusida mavzusida davra suhbati xakida ma’lumot

Yunusobod tumani 97-sonli maktabda 2016 yil 3 aprel kuni “12 yillik majburiy ta’lim biz qizlar uchun zarur va muhim” mavzusida mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Maktab direktori M.Salimova o’quvchilarga bugungi tadbir maqsad-mohiyati haqida gapirib, tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi. Davra suhbati davomida o’quvchilarimizga odob-ahloq qoidalari haqida savol-javob o’tkazildi.Maktabda va jamoat joylarida amal qilishimiz kerak bo’lgan oddiy insoniy qoidalar-salom berish, kattalarni hurmat qilish,maktabda maktab formasida kelish,darsliklar va kundaliklarni tartib bilan olib kelish,sochlarimizni o’rab kelish kabi qiz bolalarimizga xos bo’lgan jihatlari haqida gapirib o’tildi. Tadbirga ,shuningdek,Toshkent shahar “Oila” markazi rahbar o’rinbosari Mahbuba Miraxmedova, Yunusobod tumani “Oila” markazi rahbari Marg’uba Muxamedovalar ham taklif etildi.Ular tarbiya ,eng avval,oiladan boshlanishi,qiz bola oila ko’rki ekanligi,oilaning muqaddas dargoh ekanligi haqida gapirib o’tishdi.”Oybek” mahallasi maslahatchisi Marhamat Qudratova Yurtimizda ukuvchi yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ulardan samarali foydalanish ,yurtimiz kelajagi uqimishli,har tomonlama barkamol rivojlangan yoshlar qo’lida ekanligini aytib o’tdi. O’kuvchi kizlar maktabni bitirib kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda o’kishni davom ettirishi Davlatimiz siyosatida muhim axamiyatga ega va majburiy ekanligini tushuntirdi



c:\documents and settings\user\рабочий стол\12.03.15\img_20150304_140905.jpg

Maktab direktori: M.Salimova



MMIBDO’: M.Muxamedova

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa