2. Immanuel Kant
Nemis faylasufi va geografi Immanuel Kant (1724-1804) o‘zining mashhur kosmogonik konsepsiyasini yaratdi. U Kenigsburg universitetida qirq yil davomida geografiya professori hisoblangan. Kant geografiyasida tabiat komponentlari haqida ma’lumot beriladi. Uningcha, odamzod tabiat sirlarini qanday bo‘lsa shundayligicha to‘liq bilishga qodir emas. Odamzod faqat aql-zakovati doirasidagina fikr yurita olishi mumkin. Uning shunday so‘zlari bor: “Siz menga faqat materiyani bering, men undan Sizga butun dunyoni yaratib beraman”. Darhaqaqiqat, u Quyosh sistemasining paydo bo‘lishini (Dekart singari) changsimon tumanliklarning quyuqlashuvidan hosil bo‘ladi degan fikrni avliyolarcha bashorat qilgan edi. Ikkinchidan, u Olam issiqlik (energetik) halokat yoqasiga tabora yaqinlashmoqda degan. Quyosh soviydi, u vaqt kelganda o‘chadi degan fikrlarni aytgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |