Elektron o’quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan manba hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o’zgaruvchan, chuqurlashtirilib o’qitiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha asosan kam adadli elektron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara beradi .
Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ta’limni isloh qilish shunday elektron o’quv adabiyotlarini yaratishni talab qiladiki ularning mavjud bo’lishi ta’lim oluvchilar va o’qituvchilar uchun, ta’lim muassasi va uy sharoitida bir xil bo’lgan komp’yuterli muhitni ta’minlashni taqoza etadi.
Elektron darslik (ED) - komp’yuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan
O`qitish maqsadlariga bog’liq ravishda elektron darslikning quyidagi turlari bo’lishi mumkin:
aniq bir fanga mo’ljallangan elektron darslik;
komp’yuter o’quv xonasidan alohida fanlarni o’qitish uchun mo’ljallangan elektron darslik;
- o’quv materialini ochiq o’rganishda biror fanning alohida bo’limlarini (modullarini) o’rganish uchun mo’ljallangan elektron darslik;
o’quv materiali bilan birga elektron trenajerlar, virtual stendlar, mul’timediyalar berilgan aniq bir fanga mo’ljallagan elektron darslik;
- ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan elektron avtomatlashtirilgan tizimlar;
Mutaxassislik fanlaridan yaratiladigan elektron darsliklar ta’lim jarayonida quyidagi ijobiy natijani beradi:
- o’rganilayotgan materialni an’anaviy o’quv adabiyotlariga nisbatan induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo’llari bilan etkazish orqali tushunishni engillashtiradi;
- ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intelektual imkoniyatlariga moslashtiriladi;
- o’quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko’p sondagi ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko’proq amaliy masalalar echishga imkon yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan xolos etadi;
- o’rganishning barcha bosqichlarida o’zini-o’zi tekshirib ko’rish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi;
- ishni chiroyli, aniq rasmiylashtirishlarga va uni o’qituvchiga fayl yoki qog’ozga chop etgan holda topshirishiga imkon beradi;
-tajribali o’qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi.
Elektron darslik ixtisoslashgan o’quv xonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi qulay imkoniyatlarni yaratadi:
komp’yuterli qo’llab quvvatlashlardan foydalangan holda katta miqdordagi topshiriklarni bajarishga, echimlarni va ularning grafik talqinini tahlil qilish uchun zarur bo’lgan vaqtdan ozod bo’ladi;
o’qituvchining rahbarlik va maslahatchi sifatida qatnashib komp’yuter oldida mustaqil ish shaklida mashg’ulot o’tkazish imkonini yaratadi;
o’qituvchiga komp’yuter yordamida ta’lim oluvchilar bilimini tez va samarali nazoratdan o’tkazishiga imkon beradi;
o’qituvchiga nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’zining xohishi bo’yicha hajmi jihatidan kichik ammo tarkibi bo’yicha o’ta muhim bo’lgan materiallarni etkazishiga, ta’lim oluvchilarning auditoriya mashg’ulotlari doirasidan tashqari o’rganish mumkin bo’lgan masalalarni echishda mustaqil shug’ullanishlari uchun imkon yaratiladi;
o’qituvchini uy topshiriqlarini, turli hisoblashlarni va nazorat ishlarni tekshirish kabi mashaqqatli ishlardan ozod etadi;
ta’lim oluvchilar bilan ayniqsa uy topshiriqlari va nazorat ishlari qismiga oid ishlashni individualashtirishga imkon beradi.