++12-Tema. Elektron oqıw metodik komplekslerden oqıw protsessinde paydalanıw metodikası. Reje



Download 54,88 Kb.
bet2/3
Sana20.04.2022
Hajmi54,88 Kb.
#565509
1   2   3
Bog'liq
12-Tema. Elektron oqıw metodik komplekslerden (1)

O`quv-metodik majmua (O`MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.
Fanning o’quv-metodik majmuasi komponentlarining mazmuni Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, hamda shaxsga yo’naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta’lim olish texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.
O`quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda yo’naltiruvchi va qiziqtiruvchi bilimlar spetsifikatsiyasining yoritilishi muhim ahamiyatga ega. Bu erda biz xorijiy davlatlarda mutaxassislar tayyorlash tajribalariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularda o’qitishni asosiy tashkil qilish shakllari sifatida loyihalar va modullar qo’llaniladi. Bu vositalar talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatiga yo’naltirilgan bo’lib, turli o’quv-moddiy bazalarda ishlab chiqiladi. Asosiy o’qitish vositasi bo’lib modulli o’quv dasturlari hisoblanadi. Modulli o’quv dasturlar ta’lim oluvchilarning yunalishi va mutaxassisligi bo’yicha texnologik jarayonlarning bajarilishi va faoliyat usullari bo’yicha etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun turli xildagi, hajmdagi va murakkablikdagi bilim va mehnat topshiriqlari sistemasini qamrab oladi. Faqatgina modulli o’quv dasturi o’quv-uslubiy majmuasining asosiy komponenti bo’lib xizmat qiladi va o’quv materialini uzatishning esa etakchi vositasi hisoblanadi.
Shuning uchun ham mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv uslubiy majmuasining mazmuni mustaqil va tugallangan o’quv jarayonini belgilovchi modul yoki bo’lim ko’rinishida ishlab chiqilishi kerakligi tavsiya etiladi. Modulli tuzilmali o’quv-uslubiy majmua o’qituvchi uchun metodik apparat bo’lib xizmat qiladi, chunki o’qituvchi unga kerakli qo’shimchalar kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi. O`quv-uslubiy majmualarni modulli tuzilmasini ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarning individual ishlash, o’quv materialini samarali o’zlashtirish, mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni faollashtirish kabi asosiy jihatlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Modul tizimi asosida mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasining modeli 1-rasmda keltirilgan.
Ushbu model bo’yicha modulli o’quv dasturida har bir faoliyat usuli bo’yicha nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan o’zaro bog’liq mavzular alohida modullarga guruhlashtiriladi. Har bir modul bo’yicha o’quv maqsadlari va mazmunlari belgilanadi. Har bir modul o’zining o’quv-uslubiy ta’minotiga ega bo’lishi kerak.
O`qitish metodikasida mutaxassislik fanni ushbu o’quv-uslubiy majmua asosida o’qitishni tashkil etish va o’tkazish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, talabalarning bilim, hamda ko’nikmalarini baholash metodlari beriladi.
Modulli tuzilma ko’rinishidagi o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish imkonini beradi.

1-rasm. Mutaxassislik fan o’quv- uslubiy majmuasining modeli


O`qitish jarayonini elektron vositalari yordamida qo’llab-quvvatlash sohasidagi tizimli izlanishlar 30 yildan ko’proq tarixga ega. Bu vaqt davomida AQSh, Kanada, Angliya, Frantsiya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarda axborot va telekommunikatsion texnikaning turli tiplariga mo’ljallangan o’quv komp’yuter tizimlari ishlab chiqilgan. Dastlab elektron vositalar yirik sanoat korxonalarida, harbiy va fuqarolik tashkilotlarida qo’llanilgan. Xorijiy davlatlarda uslubiy va axborot-dasturli vositalarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali psixologlar, pedagoglar, komp’yuter dizaynerlari va boshqa mutaxassislar jalb etilgan. etakchi korxona va firmalar o’quv yurtlarida komp’yuterli o’quv tizimlarini yaratish loyihalarini moliyalashtirishgan va bu sohada izlanishlar olib borishgan. Ilk o’quv elektron dasturli vositalarni yaratish uchun bevosita dasturlashtirish texnologiyasidan foydalanilgan. Dasturchi sifatida ko’pincha oliy o’quv yurtlarining yuqori bosqich ta’lim oluvchilari va ilmiy xodimlar ishtirok etishgan. Keyinroq o’zida universal muhitni tasvirlaydigan, ularni o’quv-uslubiy materiallar bilan to’ldirish imkoniyatini beradigan qatlamlar yuzaga keldi. Qatlamlar bevosita dasturlashtirishni talab qilmasa ham yoki har bir o’qituvchi elektron o’quv dasturli vositasini tayyorlay olsa ham bunday muhitlar keng tarqalmadi. Elektron o’quv vositalarini ishlab chiqish va foydalanish dastlab ikkita asosiy yo’nalish bo’yicha rivojlangan. Birinchi yo’nalish doirasida turli o’quv fanlari bo’yicha avtomatlashtirilgan ta’lim berish tizimlari ishlab chiqilib o’quv jarayoniga tadbiq etilgan. Bunday avtomatlashtirilgan ta’lim berish tizimlarining yadrosi bo’lib, pedagoglarga o’z o’quv-uslubiy materialini o’rganishni maxsuslashtirilgan tillar yoki boshqa asbobli vositalar yordamida dasturlashtirish imkonini beruvchi mualliflik tizimlari hisoblanadi. Komp’yuter texnologiyasini ta’lim berishga joriy qilishning ikkinchi yo’nalishi turli sohalarni axborotlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog’liq. Ushbu yo’nalish doirasiga alohida komp’yuterli o’quv dasturlari, avtomatlashtirilgan tizimlar elementlari, ob’ektlar va jarayonlar tarkibini matematik modellashtirish kiradi. O`tgan asrning 80-chi yillaridan boshlab o’qitishni axborotlashtirishning san’at intellekti ishlanmalariga asoslangan intelektual o’qitish tizimlarini yaratish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan yangi yo’nalishi jadal rivojlangan. XX asrning 80-chi yillarida komp’yuterlarning keng tarqalishi ta’lim sohasida nafaqat yangi texnikaviy, balki didaktik imkoniyatlarni ham yaratdi. Komp’yuterlarning asosiy afzalliklari ularning yaqinlashuvchanligi, muloqotning oddiyligi va albatta, grafikaviy imkoniyatlaridir. O`quv komp’yuter tizimlarida grafikaviy illyustratsiyalarni qo’llash faqat ta’lim oluvchilarga axborotni uzatish tezligini oshirish va uni tushunish intensivligini oshirish imkoniyatini berib qolmasdan, balki, ularda intuitsiya, sezgirlik, obrazli fikrlash kabi qobiliyatlarni ham rivojlantiradi. Xotira hajmi katta bo’lgan elektron vositalar va global telekommunikatsion muhitlarning paydo bo’lishi o’z ichiga gipermatnli, mul’ti va gipermedia texnologiyalarni, virtual tizimlarni qo’llaydigan o’quv dasturli vositalarni yaratishga olib keldi. Bunday tizimlardan foydalanish lazerli kompakt disklarda elektron dasturlar, ma’lumotnomalar, kitoblar va boshqa manbalarni ko’plab adadlashtirish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda elektron o’quv vositalari sohasida o’quv-uslubiy ishlanmalar texnologik ishlanmalardan keyinga qolmoqda. Bunday ortda qolish tabiiydir, chunki ta’lim jarayonini elektron vositalari yordamida qo’llab-quvvatlash fanlararo integratsiyalashuvni ta’minlashni talab etadi. Aynan uslubiy muammolarni echishdagi ortda qolish ta’limda yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarni qo’llashning potentsial va real imkoniyatlari orasidagi uzilishning asosiy sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish zamonaviy bosqichining tendentsiyalaridan biri bo’lib, elektron ma’lumotlarni, entsiklopediyalar, ta’lim beruvchi dasturlar, ta’lim oluvchilar bilimini avtomatik nazorat qilish vositalari, elektron o’quv nashri sifatida ko’rib chiqiladigan yagona dasturli uslubiy majmualardagi elektron darsliklar, trenajerlar va virtual stendlar kabi elektron vositalarni yaratishga intilish hisoblanadi.
Mamlakatimiz o’quv yurtlariga kirib kelayotgan zamonaviy komp’yuterlar asosida o’quv yurtlarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’limda elektron ta’lim resurslarini yaratish uchun yo’l ochib berdi.
Asosiy elektron ta’lim resurslari bo’lgan elektron o’quv adabiyotlari ( elektron darslik yoki o’quv qo’llanma) ga to’xtalamiz.

Download 54,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish