12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Download 0,82 Mb.
bet91/96
Sana19.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#151352
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
falsafa

O.Kont. Ijtimoiy tadqiqotlarning ob’ektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U sotsiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya’ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya’ni jamiyatning rivojlanish va o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o‘xshab ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi. Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi).

Marksizm. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni o‘z-o‘zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan o‘ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. SHu asosda jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi. Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, o‘ziga xos xususiyat»ga ega bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining dialektikasi bilan belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi.

G.Spenser. Sotsiologiyada organik yo‘nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820-1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, mazkur individlarning rivojlanishidagi farqlar jamiyat evolyusiyasining dastlabki shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning qobiliyatlari rivojlanish darajasining pastligi bilan tushuntiradi. Eng moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini o‘rgangan. Spenser yaratgan ta’limotni keyinchalik sotsiologiyadagi geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan.

E.Dyurkgeym. E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar tizimi bilan bog‘lagan, faqat shu yo‘l bilan tarixni uning o‘ziga xos xususiyatiga muvofiq tarzda o‘rganish mumkin, deb hisoblagan. E.Dyurkgeym ham qadriyatlarni jamiyat tuzilishini belgilovchi muhim omil deb bilgan. Jamiyat tuzilmasini o‘rganishga nisbatan u strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi bo‘lib, u o‘z qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Noijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan omillar jamiyat hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga qodir emas. Jamiyat tuzilmasiga Dyurkgeym o‘zaro ta’sirga kirishadigan va bir-birini vujudga keltiradigan ijtimoiy dalillar majmui sifatida qaraydi.

N.Jo‘raev (1952) fikricha, vaqt o‘tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va ob’ektiga aniqlik kiritiladi. SHu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, N.Jo‘raev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini belgilaydi:

- insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini o‘rganish;

- insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o‘tkazib kelapyotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo‘lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‘oyasi asosida o‘rganish va davrlashtirish muammosini hal etish;

- sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;

- tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‘tmish, bugun, kelajak tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish;

- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish;

- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va baholash;

- insoniyat tarixida to‘plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish; - tarixni anglashning yangi yo‘nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;

- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‘rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;

- tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa yo‘nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish1



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish