12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Download 0,82 Mb.
bet40/96
Sana19.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#151352
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
falsafa

38.Ilk Аrаb fаlsаfаsi.

O'rta asr arab falsafasining paydo bo'lishiga asos bo‘ladi.O'sha davrda yashagan, ijod etgan mutafakkirlardan biri Yoqub ibn Isoq al-Kindiy (800—879-yillar) falsafiy qarashlari o'z davrining eng ilg'or oqim sifatida tanilgan va M u’tazila ta’limoti bilan uzviy bog'liq holda yuzaga kelgan.

Arab falsafasi mutaxassislarining fikrieha, garchand musulmon Sharqida juda ko'p yirik mutafakkirlar o'tgan bo‘lsa ham, „faylasuf' degan nomga faqat al-Kindiy musharraf bo'lgan, xolos. Al-Kindiy falsafa bilan fan o'rtasidagi tortishuvni falsafa foydasiga hal qiladi. U falsafa fanining zarurligini isbot qilishga urinib, uni borliqni bilishning muhim quroli, hatto falsafaning dushmanlari ham falsafaga muhtojdirlar, deb uqtiradi. Al-Kindiy falsafaning zarurligini uqtiribgina qolmay, uning vazifasi nimadan iborat, inson o'z aqli, idroki bilan narsa va hodisalarning asl mohiyatini bilishga qodirmi, degan savollarga ham javob berishga harakat qiladi. „Falsafa, — deydi u, —narsa va hodisalarning mohiyatini, asosiy sabablarini tekshiradi, no’malum haqiqatning sababini topish orqaligina, uning mohiyatini bilish mumkin“.

Al-ICindiyning fikrieha, olam to‘g‘risidagi butun haqiqatni bir mutafakkirning o‘zi to'liq tushunib, egallab yetolmaydi. Haqiqat necha: necha asrlar davomida, qanchadan-qancha mutafakkirlar tomonidan to'planib kelingan bilimlar majmuasidan iborat. Bir odamning umri qancha uzun, aqli teran, ilmiy izlanishlari chuqur bo'Imasin, ко‘p mehnat qilmasin, baribir, olam to'g'risidagi bor haqiqatning hammasini to'liq anglab yetolmaydi. „Buning uchun, — deydi u, — yuzlab, minglab yillar, necha-necha avlodlarning matonatli izlanishlari, o'tkir fikrlari zarur bo'ladi. Shu tufayli biz biroz bo'lsa-da, haqiqatni bizga bildirib ketgan o'tmishdoshlarimiz, ota-bobolarim izdan m innatdor bo'lmog'imiz lozim", — degan xulosaga kelgan.

Al-Kindiy o'z qarashlarida, olam markazida Yer turadi, u esa osmon gumbazi bilan o'ralgan, deydi. U dunyoni ikki olamga — Yerdagi va falakdagi, olamlarga bo'ladi, Insonyashaydigan Yerdagi olam o'zgarish — rivojlanish, chirish.va o'lish kabi xususiyatlarga ega. Falakdagi olam esa, o'zining o'zgarmasligi, rivojlanm.asligi, chirimasligi va o'lmasligi bilan farq qiladi. Al-Kindiy olamning vujudga kelishida va harakatlanishida unga turtki bergan birinchi sabab deb Oil oh ni tushunadi. Uning fikrieha, Olloh azaliy, abadiy, yakka-yu yagonadir, butun koinotdagi umumiy tartibotning o'rnatuvchisidir.

Al-Kindiyning arab falsafasida sharq aristotelchiligi paydo bolishidagi roli g‘oyat kattadir. U Arastu falsafasini juda yaxshi bilgan va, hatto uning ba’zi bir g'oyalariga tanqidiy yondashgan. U Arastuning 10 ta kategoriyasi o-miga o‘zining 5 ta parasubstan- siyasini (materiya, shakl, harakat, makon va zamonni) ilgari surgan. Uning nuqtayi nazaricha, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan. Materiya esa to'rt unsur: olov, suv, havo va tuproqdan iboratdir. Materiya doimiy harakatda,, harakat esa narsalaming bir turdan ikkinchi turga o'tishidan iborat. Bu, o‘z navbatida, o‘zgarishlarga olib keladi. Harakatni u oiti turga bo‘ladi: 1) paydo bolish; 2) yo‘q bolish; 3) uzayish; 4) qisqarish; 5) o‘zgarish va nihoyat, 6) siljish. Vaqt harakatning sekin va tezligidan iborat bolib, u o‘tgan zamon va kelgusi zamonni boglaydi. Materiya shaklga ham ega. Faqat shakliy tafovut materiyani (xayulo) makon atributi ekanligini ham e’tirof etadi. Makon deb, jismni о‘z ichiga oladigan, jismdan tashqaridagi sathga aytamiz. Makon bilan uni to‘ldirib turadigan narsa bir-biriga bog‘liq. Agar makon boisa, uni to‘ldiruvchi biron narsa bo‘lishi kerak va aksincha, degan xulosaga kelgan. Al-Kindiyning falsafiy qarashlarida dunyoni ilmiy bilishning uch bosqichi haqidagi ta’limoti ham muhim o‘rin tutadi. Bunda bilishning birinchi bosqichi mantiq va matematika yordamida yuzaga kelsa, tabiatshunoslik bilimlari orqali inson bilishning ikkinchi bosqichiga ko'tariladi. Inson bilishning uchinchi bosqichiga esa, metafizika (falsafa) orqali ko'tariladi. U o'zidan oldin o‘tgan olimlar va zamondoshlarining qarashlarini umumlashtirib, tanqidiy ravishda qayta ishlab chiqqan, qadimgi faylasuflar, xususan, yunon falsafasining durdonalari bilan butun kelgusi avlodlarni bahramand qila olgan qomusiy mutafakkirdir.

0 ‘rta asr Sharq falsafasining Al-Kindiydan keyingi yana bir yirik vakili ar-Roziydir (864—925-yillar). Uning to‘liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziydir. U tibbiyot, kimyo, botanika, astronomiya, matematika, mantiq va falsafaga oid ilmlami chuqur egallab, Sharqning buyuk ensiklopedist olimi, tabib va mutafakkiri bolib yetishdi.

Roziyning falsafiy qarashlari ham Eron, Arab, Hind, Xitoy, Turon zaminidagi diniy-falsafiy sistemalari hamda qadimgi yunon falsafiy ta’limotlari asosida shakllandi. Roziyning ilmiy tadqiqotlari tajriba va kuzatishlarga asoslangan bolib, u o‘z davrining dogmatik qarashlaridan xolidir. Roziy o‘zining original falsafiy qarashlari bilan zamondoshlaridan ancha oldinga ketib, qator ilg'or g‘oyalarni ilgari suradi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish