So’zlashuv uslubi- umumiy so’zlashuv uslubidir. Bu uslubning o’z qonun-qoidalari bo’ladi:
1. So’zlar tarkibi erkin bo’ladi.
2. Asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo’lagi ajratib ko’rsatiladi, fikr so’zga mantiqiy urg’u berish bilan ifodalanadi.
3. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo’ladi.
4. Nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq so’zlovchi luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
So’zlashuv uslubda ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatilishi mumkin. Masalan:Mazza qildik.
II. Yozma nutq uslubi quyidagi turlarga bo’linadi: rasmiy ish qog’ozlari uslubi, ilmiy uslub , ommabop-publitsistik uslub, badiiy uslub.
Do'stlaringiz bilan baham: |