3. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizi.
Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlarning (NH4CN, (NH4)2CO3, CH3COONH4) gidrolizlanishi qiyinroq kechadi. Bu holda tuzning anioni ham, kationi ham suv bilan o’zaro ta’sir qiladi. SHu xildagi tuzlar eritmasining reaktsiyasi tegishli kislota va asoslarning nisbiy kuchiga bog’liq bo’lib, neytral, kuchsiz kislotali yoki kuchsiz asosli bo’lishi mumkin. Masalan, ammoniy atsetat suvda eriganda quyidagi reaktsiya sodir bo’ladi:
CH3COONH4 + H2O ↔ CH3COOH + NH4OH
Sirka kislota va ammoniy gidroksidining dissotsilanish konstantalari quyidagicha: K(CH3COOH)=1,76·10-5 va K(NH4OH)=1,79·10-5. SHuning uchun eritma neytral reaktsiyaga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |