12. Mavzu: Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi kelib chiqishi, sistematikasi va ahamiyati


Anamniyalar (Anamnia) va amniotalar (Amniota) guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari



Download 62,39 Kb.
bet4/4
Sana22.05.2023
Hajmi62,39 Kb.
#942201
1   2   3   4
Bog'liq
12 мавзу. Маъруза

Anamniyalar (Anamnia) va amniotalar (Amniota) guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari. Umurtqali hayvonlar tuzilishi va hayot kechirishi tarziga ko‘ra sistematik holatiga aloqasi bo‘lmagan holda ikkita guruhga bo‘linadi: 1. Anamniyalar (Anamnia) guruhi. Bu guruhga to‘garak og‘izlilar, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar kiradi. 2. Amniotalar (Amniota) guruhi. Bu guruhga sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Anamniyalar va amniotalar guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlar birbirlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi. Ekologik farqlari. To‘garak og‘izlilar, baliqlar va amfibiyalar birbiridan farq qilsada lekin, bir qator o‘xshash tomonlari ham borki, ana shu o‘xshash tomonlarini hisobga olib ularni anamniyalar guruhiga kiritiladi va amniota deb ataladigan yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlar guruhiga (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarga) qarshi qo‘yiladi. Anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning hayoti suv bilan ozmi –ko‘pmi bog‘langan bo‘lib, ular butun umrini yoki hech bo‘lmasa hayotining ilk rivojlanish davrini (tuxumlik, lichinkalik davrini) suvda o‘tkazadi. Ayrim tur amfibiyalar kamdan-kam hollarda bu qoidadan chetga chiqadi, lekin bu ikkilamchi holat hisoblanadi. Demak, bundan ko‘rinadiki, anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlar, asosan birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi, ya’ni ajdodlari bir umr suvda yashab o‘tgan hayvonlardir. Amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlar esa aksincha, haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar hisoblanadi. Hayotini bir qismini, ba’zi turlari esa hayotini bir umr (kitsimonlar) suvda o‘tkazishlari bu ikkalamchi holat hisoblanadi. Bu guruhga kiruvchi umurtqali hayvonlardan kitsimonlar turkumining vakillarigina suv muhitida tirik tug‘ib ko‘payadi. Guruhning boshqa vakillarida esa urug‘lanishi ichki, lichinkalik davri yo‘q, rivojlanishi metamorfozsiz o‘tadi. Bu esa amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarni birlamchi quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar ekanligidan dalolat beradi. Tuxum pardasining farqlari. Anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tuxumlari yopishqoq, yupqa parda bilan o‘ralgan bo‘ladi, amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tuxumlari esa juda qattiq po‘st bilan o‘ralgan bo‘lib, bu po‘st tuxumni atmosfera ta’sirida qurib qolishdan saqlaydi. Tuxum po‘sti pergamentsimon yoki ohak shimib qattiqlashgan bo‘ladi. Embrionlarining farqlari. Ikkala guruhga kiruvchi umurtqali hayvonlarda ham embrion dastlab faqat tuxum pardasi bilan o‘ralgan holda, tuxum ichida rivojlanadi. Anamniyalarda rivojlanishning keyingi davrlarida embrion tuxum pardasini yorib tashqariga, suvga chiqadi. Lichinka dastlab tuxum sariqligi bilan oziqlanadi va jabra orqali nafas olib, rivojlanishini suvda davom ettiradi. Amniotalarda esa rivojlanishning ilk davrlarida embrion atrofida tuxum yuzasidan halqasimon burma ko‘tarilib chiqa boshlaydi. Bu burma borgan sari kattalashib, embrionni o‘rab oladi, uchlari bir-biriga yaqinlashib qo‘shilib ketadi va natijada ichki hamda tashqi varaqlari tutash bo‘lib qoladi. Bunda tashqi varag‘i seroz parda va ichki varag‘i amnion parda deb ataladi. Natijada embrion amniotik bo‘shliqning ichida qoladi, bu bo‘shliq ichida maxsus amnion suyuqlik yig‘iladi va embrion xuddi anamniyalarning embrioni suvda suzib yurganidek, amnion suyuqlikda suzib yuradi. Demak, anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning embrionini suv qurib qolishidan saqlasa, amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning embrionini amniotik suyuqlik qurib qolishidan va har xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Lekin, amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning embrioni kichkina bo‘shliqda bo‘lganligi uchun anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlar embrioni singari nafas ololmaydi va parchalanish mahsulotlarini ularga o‘xshab tashqi muhitga chiqarib tashlay olmaydi. Shuning uchun ham amniotalar guruhiga kiruvchi hayvonlar embrionida amnion pardasi hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda alohida embrion organi – allantois yoki embrion siydik pufagi (qovug‘i) ham hosil bo‘ladi. Embrion siydik pufagi embrion ichagi keyingi qismining bo‘rtib chiqishidan hosil bo‘ladi va kengayib, amnion bilan seroz parda orasidagi bo‘shliqdan joy olgan katta pufakka aylanadi. Embrion o‘zidan ajraladigan parchalanish mahsulotlarini shu allontoisga chiqaradi. Allantois embrionning nafas olish organi bo‘lib ham xizmat qiladi. Chunki allantoisning tashqi devorlari qon tomirlariga boy bo‘lib, seroz parda bilan qo‘shilgan va allantois kapillyarlari ichidagi qon bilan tashqi muhit o‘rtasida tuxumning mayda-mayda teshikchali qattiq po‘sti orqali gaz almashinadi. Tuban amniotalarda shunday hol yuz beradi, sutemizuvchilarda esa allantois yo‘qolib, uning o‘rniga yo‘ldosh yoki plasenta hosil bo‘ladi. Voyaga yetgan individlarining farqlari. Anamniyalar bilan amniotalar o‘rtasidagi farqlar voyaga yetgan shakllarida ham kuzatiladi. Anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning terisi doimo nam bo‘lib turadi, suv va gazni yaxshi o‘tkazadi, ko‘p hujayrali teri bezlari ishlab chiqqan shilimshiq modda terini qoplab turadi. Himoya qiluvchi tangacha va qoplovchi suyaklar terining biriktiruvchi to‘qimasidan kelib chiqqan. Amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning terisi quruq bo‘lib, undagi bezlar keskin qisqaradi (sutemizuvchilardan tashqari), epidermisning yuza qatlamida shox moddalar hosil bo‘ladi, ya’ni hujayralarida keratogiolin to‘planadi. Natijada teri suv va gazlarni deyarli o‘tkazmaydi, hamda bunday shox qoplag‘ich terini qurib qolishidan saqlaydi. Amniotalarning himoya qiluvchi terisidagi shox hosilalari - tirnoqlar, tangachalar, patlar va junlar epidermis hosilalari hisoblanadi. Anamniyalarda bo‘lgan yon chiziq organlari amniotalarda hech qachon bo‘lmaydi. Amniotalarning gavda bo‘limlari ham ko‘p darajada differensiallashib, tayanch funkitsiyasini bajaradigan juft oyoqlarining o‘q skeletiga mahkam birikkanligi ham ularning quruqlikda hayot kechirishiga bog‘liq. Amniotalarning skeleti to‘liq suyakka aylangan, umurtqa pog‘anasining bo‘yin bo‘limida atlas va epistrofey umurtqalari boshining harakatchanligini ta’minlaydi. Bo‘yin umurtqalarining birinchisi – atlas halqa shaklida bo‘lsa, ikkinchisi – epistrofeyda atlasning halqasiga kirib turadigan tishsimon o‘simtasi bor. Bo‘yin umurtqalarining shu xilda tuzilganligi uchun ham ularning boshi juda harakatchan bo‘ladi. Oyoq skeletining kamarlari o‘q skeletiga kuchli birikadi. Tana umurtqalari o‘z navbatida ko‘krak va bel bo‘limlariga ajraladi va qovurg‘alar ko‘krak bo‘limining skeletini tashkil qiladi, ular to‘sh suyagi bilan qo‘shilib amniotalarga xos bo‘lgan ko‘krak qafasini hosil qiladi. Buning natijasida ularning oldingi oyoqlari kuchli tayanchga ega bo‘ladi. Kamida ikkita umurtqadan tashkil topadigan dumg‘aza chanoq bilan mahkam birikib, orqa oyoqqa katta tayanch bo‘ladi. Qovurg‘alar umurtqa pog‘anasiga ham to‘sh suyagiga ham harakatchan birikkanligi sababli, amniotalarning ko‘krak qafasi kengayib torayadi. Bu esa o‘pkani kengayishiga va torayishiga sabab bo‘ladi. Amniotlarning qon aylanish va siydik-tanosil sistemalari ham ancha differensiallashgan. Qon aylanish sistemasida yurak qorinchasi qisman bo‘lsada, o‘ng va chap bo‘laklarga ajralgan hamda arterial stvol o‘pka arteriyalari bilan aorta yoyiga bo‘linadi. Bu esa arterial qon bilan venoz qonning alohida-alohida oqishiga sabab bo‘lgan. Siydik-tanosil sistemasida tana buyragining o‘rniga chanoq buyragi hosil bo‘ladi va shu buyrak ayiruv organi vazifasini bajaradi, tana buyragi esa Volf nayi bilan birga yo tamomila yo‘qolib ketadi (urg‘ochilarida) yoki urug‘ chiqarish funksiyasini bajaradigan Volf nayigina saqlanib qoladi (erkaklarida). Nihoyat, amniotalarning bosh miyasi ancha kuchli rivojlangan. Ayniqsa ularning oldingi miya yarimsharlari bilan miyachasi yaxshi taraqqiy etgan.
Download 62,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish