SHahar –
aholisining 2/3 qismi
qishloq xo‟jaligidan boshqa tarmoqda band bo‟lgan aholi manzilgohlaridir.
Shaharlar turli
makon va zamonlarda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqaruv markazi rolini o„ynagan. Shahar
aholi punktlapi o„lchami jihatidan yirik va unda yashovchi aholi, qishloq aholi punktlapidagiga
nisbatan ko„p sonliligi hamda zichligi bilan tavsiflidir. Shaharlarning qudrati ularda
mujassamlangan iqtisodiy, intellektual va demografik salohiyat bilan belgilanadi.
Dunyo miqyosidagi shaharlarni aholiyligiga ko„ra maqom berishda aniq chegaralangan
bir xil miqdordagi senz mavjud emas. Har bir davlatdagi shaharlar bajaradigan funktsiyasi va
aholi punktlapining roli va aholi soniga qarab ajratiladi. Masalan, Daniya va Islandiyada aholisi
200 kishi va undan ko„p bo„lgan aholi punktlapi shahar, deb ataladi. Bundan tashqari
Yaponiyada–30 mingdan oshiq, Niderlandiyada 20 ming, Turkiyada – 10 ming, Hindiston va
Pokistonda – 5 ming, Meksikada – 2,5 ming, Fransiyada 2 ming, AQShda 2,5 ming, Xitoyda 3
ming, Germaniyada 5 ming kishi va undan ko„p aholi yashaydigan aholi punktlari shahar
qatoriga kiritiladi. Rossiyada – 12 ming, O„zbekistonda esa 7 ming aholisi bor punktlap shahar
hisoblanadi. Ammo, dunyoda shunday aholi punktlapi borki, ular faqat ma‟muriy markaz
bo„lganligi bois shahar, deb nomlanadi. Chunonchi, ayrim mamlakatlardagi barcha aholi
punktlapining ma‟muriy markazlari, poytaxtlari shaharlar sirasiga kiritiladi. Masalan, Jazoir,
Ekvador shular jumlasidandir.
Aholi punktlapi shaharga aylanishida ularning iqtisodiy salohiyati, funktsiyasi ham muhim
mezonlardan biri. Shahar aholi punktlapida yashovchilar qishloq xo„jaligi tarmoqlarida band
bo„lmasligi yoki juda kam sonlini tashkil etishi kerak. Masalan, Rossiya shaharlaridagi aholining
atigi 15 foizga yaqini qishloq xo„jaligida band bo„lishi mumkin. Hindistonda esa mehnatga
layoqatli erkaklarning 3/4 qismi qishloq xo„jaligida band bo„lmagan aholi punktlapida yashasa
bunday punktlap shaharlar sifatida qabul qilinadi.
O„zbekistonda ishchi, xizmatchi va ularning oila a‟zolari shahar aholisining 2/3 qismidan
ko„prog„ini tashkil etishi hamda bunday aholi punktlarida sanoat korxonalari (og„ir industrial),
kommunal xo„jalik tashkilotlari, davlat uy-joy fondi, o„quv yurtlari, madaniy-ma‟rifiy, tibbiy,
savdo va maishiy xizmat ko„rsatish muassasalari mavjud bo„lishi
lozim. Bu mezon ham barcha
davlatlarda bir xil emas.
Iqtisodiy geografik o„rni (IGO„) shahar va shahar aholi punktlari tarkib topishida muhim
omil hisoblanadi. Ma‟lumki, IGO„
Do'stlaringiz bilan baham: |