Sof monopoliya modelining asosiy xususiyatlari
Mukammal raqobatning qarama-qarshisi Sof monopoliyadir.
Sof monopoliya – ma’lum mahsulot turini ishlab chiqarish va sotish bo’yicha yakka hukmron bo’lgan bozor tuzilmasidir.
Yagona ishlab chiqaruvchi sifatida sof monopolistda unikal imkoniyatlar mavjud. Uning to’g’ridan-to’g’ri raqobatchilari yo’q. U o’zi xoxlagan narx va xajmda istalgan mahsulot turini ishlab chiqarishi mumkin. Monopolist ishlab chiqargan mahsulot bozorda unikal hisoblanadi, bozorda uni o’rnini bosuvchi xech qanday tovar bo’lmaydi. Bozordagi yuqori darajadagi yakka xukmronlik monopolist uchun ishlab chiqarish xajmi va narxini maksimal darajada nazorat qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |