12-mavzu: Qang’, Dovon, Kushon davlat



Download 44,08 Kb.
Sana18.12.2019
Hajmi44,08 Kb.
#30831
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

12-mavzu: Qang’, Dovon , Kushon davlatlari.

1.Qang’ va Dovon davlatlari.

Reja


  1. Qang‘ davlatining o‘rganlish tarixi.

  2. Qang‘ davlati davrida O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

  3. Davan davlati haqida yozma manbalar va ularning o‘rganilish tarixi.

  4. Davan davlatining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy tarixi.

Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rta Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan fitkrlarni berishgan.

Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatni Avestoda berilgan Kanx bilan bir deb hisoblashadi.Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh bo’lgan. Uning hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan1.

Avestoda bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning Shohnomasida ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi.

Qang‘ davlati O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri milodiy I-II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Orol bo‘yigacha xududni egallagan. Rivojlangan davrda uning xududi - Sharqda Farg‘ona va Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural oldi xududigacha, ya’ni sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi cho‘llargacha, janubda Sug‘dgacha borgan. Bu еrda u Kushan davlati bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan.

Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km) hududdagi qang‘arlar еrida mil. avv I –milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan3.

Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari uchun ularda 2 markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu еrdan 7 kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin uning geografik tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham deyishadi.

Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan.

Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam uchraydi. To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir ma’lumotda Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan maslahat kengashi bilan ish tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning fikrlari еtakchi mavqega ega bo‘lgan. Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya bo‘lgan.

Qang‘ davlatiga qarashli еrlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar boshqargan. Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan. Qang‘arlarga qarashli tub еrlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan.

Tarixchi Sima-Syan mil. avv. II asrning ikkinchi yarmigaga oid ma’lumotida Qang‘uy haqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlar mamlakati» degan fikrni bildiradi4. Biroq To‘ng‘ich Xan sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida milodiy I asrning boshlarida qang‘uylarning yarim o‘troq xalq bo‘lganligiga ishora qilinadi. Bu sulola tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, qang‘uylarda chorvachilik rivojlangan bo‘lib, qoramol va qo‘ylari ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘plab zotli otlar еtishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish kuchayib, chorva mollarining ko‘pchiligi podsholar va ularning qarindosh-urug‘lari hamda yirik qabila boshliqlari va harbiylarga tegishli bo‘lgan. Aholining asosiy qismi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahor kelishi bilan xoqon va uning urug‘lari qishgi qarorgohdan yozgi qarorgohga, ya’ni Sirdaryoning quyi oqimidagi o‘tloq еrlarga borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini orqaga qaytarishib, Keles cho‘liga va tog‘ yon bag‘irlaridagi yaylovlarga joylashganlar. Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Bu vaziyat qang‘lilarning kambag‘al qismini o‘troq, yarim o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Toshkent vohasida yashagan dehqonlar arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar еtishtirganlar, mevali daraxtlar va uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l bo‘lgan.

Miloddan oldingi II asr- milodiy III asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda qang‘arlar (qang‘uylar) Farg‘onaning shimoli-g‘arbida, unga chegaradosh rayonlarda joylashganligi eslatib o‘tiladi. Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 128 yili Dovon (Farg‘ona)ning markazi Ershida va Qang‘uy hududlarida bo‘lgan. Uning ma’lumotida «Qang‘uy Dovon bilan chegaradosh» bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy solnomalarida qang‘arlarga qarashli beshta viloyat – Suse (Kesh), Fumu (Zarafshon vohasida, hozirgi Qattaqo‘rg‘on tumani hududlari Miyonqoldagi Kushaniya shaxri),, Yuni (Toshkent vohasi) Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi aytilgan..

Qanxa, Shoshtepa, Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar tarixini o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan.

Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan xalqlarning So‘g‘d, Farg‘ona, Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashagan xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi samarali ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi manbalarda ko‘rsatilishicha qang‘uylarning shimoli-sharqiy qo‘shnisi Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda yozilishicha qang‘uylarning urf-odatlari, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va Sharqiy Turkistonda yashagan katta yuechjilarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘lilarning qo‘shni xalqlar bilan moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan.

V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati eftaliylarning hujumi natijasida еmirilgan. Oqibatda, Qang‘ davlati tarkibida bo‘lgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar (qang‘li, pecheneg)ning katta qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga borib joylashgan. Bu еrda yashagan bir qancha qabilalar birlashib, yangi qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi bilan saqlanib qolgan.

Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir.

Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan».

Farg‘ona so‘zi so‘g‘d manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “tog‘lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik” ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayyuan, ya’ni Davan” deb yuritilgan. Dayyuan ham “tog‘lar orasidagi vodiy”ma’nosini beradi.

Farg‘ona haqida ko‘plab ma’lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoyda yilnomalar tuzish an’anasi miloddan avvalgi III asrdan keyin ya’ni Xitoydagi mayda davlatchalar birlashgandan keyin shakllanadi. Unga ko‘ra har bir imperator devonxonasida maxsus bo‘lim bo‘lib, uni xodimlari davlat boshqaruvi bo‘yicha hujjat-materiallarni to‘plashgan. Keyinchalik ular har bir imperatorning hukmronlik davri yilnomasiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ulardan birortasi hali xitoy tilidan boshqa tillarga to‘liq tarjima etilmagan. Yevropa tillaridan tashqari rus tiliga N.Ya. Bichurin, N.V. Kyuner, V.S. Taskin, A.G. Malyavkin kabi xitoyshunoslar (sinologlar) tarjimalari ma’lum va mashhur. Mamlakatimizda keyingi paytlarda A.Xo‘jaev, A. Abdurasul o‘g‘li tarjimalari va izohlaridan foydalanilmoqda.

Yilnomalar ichida



  1. Sima Syanning “Tarixiy xotiralar”- Shi-szi (afsonaviy davrlardan to miloddan avvalgi II asr oxirigacha voqealar tafsiloti),

  2. Ban Gu (Min Gyan)ning “Ilk Xannoma” – Xan shu (miloddan avvalgi I asrdan to eramizning 25 yilgacha voqealar bayoni)

  3. Fan Ye (Yuy-Szun)ning “Keyingi Xannoma” – Xouxan shu (milodiy 25 yildan to 220 yilgacha tarixiy jarayonlar tafsiloti)

  4. Ilk o‘rta asrlar tarixi Bey-shu ( 7 asr) va Tan-shu (10 asr) yilnomalarida yozilgan.

Bular ichida Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” asari katta ahamiyatga ega. Ushbu asarning 123-bobi Markaziy Osiyoga ikki marta (miloddan avvalgi 136-128 va 115 yillari) tashrif buyurgan elchi Chjan Szyanni hisoboti asosida bitilgan. Aynan shu shaxsning Xitoydan Farg‘ona orqali Markaziy Osiyoga tashrifi paytidan e’tiboran – mil. avv. II asrdan Buyuk ipak yo‘liga rasman asos solinadi. Chjan Szyan o‘z hisobotida “g‘arbiy o‘lkalar” – Ustrushona, Sug‘d, Baqtriya, Choch va b. to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Xitoylik sayyoh Farg‘ona vodiysi haqida ham yozib qoldirgan. U ma’lumotlarda Davan yoki Dayuan yuksak rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilik mamlakati ekanligini, Farg‘ona vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi va ulardan Ershi, Yuchen, Guyshuan (Guyshan) muhim markazlar bo‘lganligi ta’kidlanadi. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Syan qadimgi Farg‘o­na xalqi bilan, uning xulq-atvori, urf-odatlari, kuch va qudrati, tabiati va hayvonot dunyosi yoritilgan. Xitoy manbalarini o‘rganishda Bichurinning tarjimasi muxim ahamiyatga ega. Ko‘pgina tadqiqotchilar qadimgi davr tarixini yortishda uning asaridan keng foydalanadilar. Bichurin Nikita Yakovlevich (Iakinf) 1777 - 1853 , hoz. RFning Chuvashiya muxtor respublikasi Chebok-sari tumani —1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos. Peterburg FA muxbir a’zosi (1828 y.dan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazir-ligida tarjimon bo‘lib ishlagan. B. ning ilmiy ishlari mo‘g‘ul va turkiy-zabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalq-lari qad. tarixiga bag‘ishlangan «Qadimgi davrda O‘rta Osiyoda yashagan xalklar haqida ma’lumotlar to‘plami» nom-li uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham xitoy manbalari tarjimasi bilan shug‘ullanayotgan olimlarimiz bor. Ular A.Xo‘jaev va Abdurasul o‘g‘lidir. Ular «24 tarix»ning Markaziy Osiyoga tegishli barcha boblarini «Qadimgi Farg‘ona tarixidan» risolasida tarjima qilib chop etishgan. Ana shu «24 tarix»ning 1-3 jildlaridagi Markaziy Osiyoga tegishli qismlari 1987 yildan boshlab uyg‘ur tiliga tarjima qilina boshlandi. Natijada Farg‘ona-Xitoy munosabatlariga doir yangi malumotlar olish imkoniyati tug‘ilgan. Xitoy manbalarida Farg‘ona Davan-Dayuan (Da-Van-katta Van) tarzda berilgan. 1756-1758 yillarda fransuz xitoyshunos olimi M. Degin dastlab Davanining Farg‘ona ekanligini isbotlab bergan. Keyingi davrlardagi tadqiqotlar ham buni tasdiqlagan. Xitoy manbalarida Farg‘ona turli davrlarda turlicha nomlangan. Milodiy 5 asrda –Lona yoki Polona, 6-7 asrlarda Baxon, 7-8 asrlarda Ninyuan. Tadqiqotlar davomida bu nomlarlarning barchasi Farg‘ona bilan bog‘liq ekanligini isbotlangan. Milodiy VII asrga oid xitoy manbasi Bey-shida qadimgi Farg‘ona – “Pakanna”, “Boxan”, "Feyxan" nomlari bilan tilga olinadi. Bey-shida Feyxan bekligi poytaxtining aylanasi 4 li (1 li 576 m.ga teng) deyilgan. Bey-shida "xukmdor taxti oltin qo‘chqor qiyofasida ishlangan" deb tarif beriladi. Boshqa bir xitoy manbasi Tan-shuda (X asr) "Mamlakatni milodiy III asrdan to VII asrgacha bir sulola boshqargan"ligi qayd qilinadi. Demak, oltin qiyofasida ishlangan taxtda o‘tirgan xukmdor mahalliy dehqonzodalardan biri bo‘lib, to‘rt asr davomida Farg‘ona mulkini boshqarib kelgan va nihoyat VII asrdan boshlab Farg‘ona mulki turk sulolalari tomonidan boshqarila boshlagan (Asqarov, 2003, 3 sahifa). Arab tarixchilari Yaqut va Kudamolarning xabar berishiga qaraganda ilk o‘rta asrlarda nafaqat Farg‘ona mulki, balki uning bosh shahri ham Fraganik deb yuritilgan, aniqrog‘i viloyat uning bosh shahri nomi bilan yuritilgan. Davan davlatning chegaralari to‘liq aniqlangan emas. Chjan Szyanning ko‘rsatmasiga binoan, uning shimoli g‘arbida Qangyuy bilan, janubda yuechjilar bilan, shimolda usunlar bilan chegaradosh bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Davan Xitoy poytaxtidan 10 000 li uzoqda joylashgan. 1 li 576 m.ga teng

Farg‘ona xududida ilk davlatchilikning shakllangan davrni mil.avv. V-IV asrlar bilan bog‘lashadi. Chunki xuddi shu davrga oid arxeologik yodgorlik – Shurabashatda ilk davlatchilik elementlari topilgan. Shurabashad O‘zgan shahri yaqinida joylashgan. 70 gektar maydonni egallagan. Chust madaniyatining oxirgi bosqichida esa, ilk davlatchilik elementlari - Chifdom shakllangan.

Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa, oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda iste’qomat qilgan.Qadimgi Farg‘ona podshosini –Van deb atashgan. Bir necha hukmdorning ismlari saqlanib qolgan - Mosay, Chan Fin, Mugua, Yanlyu.

Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan.Hattoki hukmdorning taqdirini ham hal etishgan. Urushdagi mag‘lubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni ham o‘limga mahkum etadilar.

Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki. voha-davlatlarning erkin ittifoqidan tashkil topgan konfederatsiya edi. Har bir shaxarni mustaqil faoliyat yurituvchi hokim boshqargan.

Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Davanda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha, Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil o‘z xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va rivojlangan. Farg‘ona aholisi eroniy tilda so‘zlashgan2.

In Ferghana an early farming life-style was established at oases of the Chust culture (e.g.

Dalverzin and Chust) which had underground structures dating from the tenth to the eighth

centuries b.c.20 In the subsequent (Eylatan) period (seventh to fourth century b.c.) agricultural

settlements with traces of ground-level architecture and defensive dykes appear

Davan aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan.

Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.

Antik davrda Farg‘onada hunarmandchilik keng rivojlangan. To‘qimachilik va kulolchilik rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarix­chilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshiriq qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham kelti­ra olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Farg‘ona aholi­sini tashqi qiyofada qang‘arlarga o‘xshab ketadi. Ular cho‘ziq yuzli va qalin soqolli bo‘lganlar, deb tariflay­di. Chjan Syan Davandan (Farg‘onadan) to An’se (Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo ular bir- birlarini tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini ta’kidlaydi.

Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo‘shin harbiy mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib, orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan qolishmagan.

Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlarning o‘rni qaerda bo‘lganligi va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida ko‘plab baxslarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ba’zi tarixiy asarlarda ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil qilgan. Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni solishtirgan holda isbotlab bergan. Davan davlati poytaxti masalasi o‘zoq yillar davomida bahslarga sabab bo‘lgan. Manbalarda biron bir shahar poytaxt deb tilga olinmagan. Sababi xitoyliklar poytaxt deganda faqat o‘z poytaxtini tushunganlar. Qolgan davlatlarni poytaxtlarini du – qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan fikrni qoldirgan Bichurin. Bichurin yozma manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan. Guyshan shahrining o‘rni haqida ham bir fikr yo‘q. Ya’ni u Mug‘qala (hozirgi Kosonsoy) (Bernshtam A.N., Zadneprovskiy Yu.A.), O‘ratepa (Tojikiston), O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlari (Borovkova L.A.), Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Munchoqtepa (Matboboev B.) va Axsiket (Anarboev A.) bilan taqqoslanadi. Ushbu tadqiqotchilar keltirayotgan dalil-isbotlarning kuchli tomonlari ham bo‘sh tomonlari ham mavjud. Ammo, bir narsa aniqki, Guyshan vodiy shimoliy hududida joylashgan bo‘lishi va miloddan avvalgi birinchi asrda bosh shahar bo‘lgan. Sharqshunos A. Xo‘jaev yaqinda e’lon etilgan maqolasida poytaxt shahar deb Yuan-cheng degan shahar nomini keltiradi. XX asrning 70-80-yillarida Sankt-Peterburglik farg‘onashunos Yu.A. Zadneprovskiy yozma manbalarni diqqat bilan o‘rganib, Davanda xuddi qo‘shni Kanguy davlatiga o‘xshab ikkita poytaxt mavjud edi va ulardan biri qarorgoh (rezidensiya) bo‘lishi kerak degan fikrni bildirgan (Zadneprovskiy Yu.A., 2000). Kanguyda yozgi va qishki qarorgohlar mavjudligi tarixiy fakt. Shu nazardan qaraganda Yuan-cheng qarorgoh bo‘lishi mumkin. Chunki, tadqiqotchilar N.Ya. Bichurin tarjimalarida Yuan-cheng toponimi “rezidensiya davanskoy” yoki “davanskaya rezidensiya” deb olinganini ta’kid etadilar (Xo‘jaev A., 2011. S.26). Yuan-cheng shahri haqida qiziqarli g‘oyani ilgari surayotgan A. Xo‘jaev uni Andijon o‘rnida bo‘lishi mumkin degan fikrni bildiradi. Eski shahar qismidan aniqlanayotgan arxeologik topilmalar buni tasdiqlaydi. Hozirda Andijon shahrining100 sm.gacha va undan ziyod qalinlikdagi quyi qatlamlaridan 2400-2600 yillik arxeologik kompleks topib o‘rganildi (Matbabaev B.X, Mashrabov Z.Z., 2011). Qadimgi davrda Davanning poytaxti Ershi shahri bo‘lgan. Ershi bu Andijon viloyatining Marhamat shahri yonida joylashgan Mingtepa yodgorligidir.

1. Mingtepa arxeologik kompleksi (mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt (mil. avv. II) – miloddan avv. 136-115 yillarga to‘g‘ri keladi va ular salmog‘i ham еtarlicha.

2. Xitoy manbalari xabar bergan Ershining «o‘rta shahri» qoldiqlari (bu haqda qarang: Bichurin N.Ya., 1950. S. 165) faqat Mingtepada saqlangan (maydoni yangi ma’lumotlarga ko‘ra40 gektar). O‘rta shahar ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan (Bernshtam A.N., 1948. S. 155-161, ris. 2).

3. Ershi xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi. Yodgorlikning yana bir muhim jihati uni geostrategik muhim nuqtada joylashgan.



Hozirda bu shaharning faqat 15-20 foizigina saqlanib еtib kelgan, xolos. 2011 yildagi samodan olingan surat va o‘tgan asrdagi ma’lumotlar solishtirilganda yodgorlikning maydoni 150-160 gektar bo‘lgan. Ichki qal’a 40 gektarni egallagan. To‘rtburchak shaklidagi burjlar bilan mustahkamlangan mahobatli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Ichki shahar markazida hukmdor qarorgohi bo‘lmish ark qad ko‘targan edi. 1985-1986 yillardagi arkdagi qazishmalarga ko‘ra unda mahobatli binolar qoldig‘i aniqlangan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda u miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan ikki qator mudofaa devori bilan o‘ralgan ichki hamda tashqi shaharlardan iborat edi. Yodgorlik rejasini o‘rganishda yaqinda muhim yangilik qo‘lga kiritildi. 2011 yili samodan olingan suratlar tahlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi shu vaqtgacha kitoblardagi to‘g‘ri to‘rtburchakli emas, balki parallelogramma ko‘rinishdagi ekanligi ayon bo‘ldi. Uning rejasida ko‘plab belgilariga ko‘ra ilk temir davrinng eng yirik yodgorligi Eylatan bilan o‘xshash tomonlari aniqlangan. Buni keng o‘rganish yodgorlikning ko‘pgina tarixiy jihatlari yanada aniqlashtiriladi. Shu maqsadda Xitoy Farg‘ona xalqi ustiga qo‘shin tortib borishga bahona qidirardi. Miloddan avvalgi 104 yilda bahona ham topildi. Farg‘onaliklar tomonidan Xitoy fuqarosi She Linning o‘ldirilishi ularga Davanga qo‘shin tortib borishga bahona bo‘ldi. Qo‘shinga bosh qo‘mondon qilib Li Guangli tayinlangan. Xitoyliklar Davan ustiga birinchi bor harbiy urushi, mag‘lubiyatga uchrab, miloddan avvalgi 102 yilda Xitoyga qaytadilar. Birinchi yurishda Xitoy istilochilari Ershi shahrigaga еtmasdanoq qo‘shinlarining anchasidan ayrilgan. Yo‘lda charchagan, och qolgan qo‘shin O‘zgan shaxriga bo‘lgan xujumda katta talafot ko‘rgan. Li Guangli qolgan kuchlari b-n Dungxuangga qaytib kelgan. Xitoy qo‘shinining Fargonaga 1-yurishi 2 yil da-vom etgan. l-hujum Xitoy askarlari-ning mag‘lubiyati b-n tamom bo‘lgan. U-dining farmoniga binoan, zudlik b-n qaytadan urush tayyorgarligi kurilib, bir yildan so‘ng, miloddan avvalgi 101 yilda 60 ming kishilik qo‘shin bilan Farg‘ona yurtiga ikkinchi marta xarbiy yurish uyushtiradi. Bu safar urushga maxsus tayyorgarlik ko‘rildi. Bu yurishda xitoyliklar 60 ming askar, hamda ularni oziq-ovqat va qurol-yaroq bilan ta’minlab turish, shuningdek, urushda ko‘maklashish uchun yana 130 ming kishi jalb qilingan edi. Qo‘shinga 50 dan ortiq tajribali lashkarboshilar boshchilik qilgan. Armiyaga shaharlar qamal holatga o‘tganda suvsizlikdan taslim etish choralarini ko‘ruvchi mutaxassislar arg‘umoq otlarni tanlay oladigan mutaxassislar jalb etildi, otlar uchun quruq еm-xashak g‘amlandi. Birinchi jangdayoq xitoyliklarning qo‘li baland kelib, davanliklar chekinadilar. Yerli aholi ko‘p sonli Xitoy askarlari bilan ochiq maydonda jang qilishdan qochib, mayda-mayda guruhlarga bo‘linib qal’alarga yashirinadilar.Tashqi shaharni bosib olgach, ichki shaharga bostirib kira boshlaydilar. Nihoyat Xitoy qo‘shinlari Ershini qamal qiladilar. 40 kuncha davom etgan qamaldan so‘ng dushman shahar tashqi devorini buzib, shahar ichiga kiradi va uning bir qismini egallaydi. Ammo mudofaachilar ham bo‘sh kelmaydilar. Davan podsholigining oqsoqollar Kengashi o‘z vakillarini xitoyliklar huzuriga yuborib, dushman oldiga o‘z shartlarini qo‘yadilar. Ular, agar Xitoy armiyasi xarbiy harakatni to‘xtatsa o‘z hukmdori qaysar Muguani o‘ldirishni hamda bir necha “samoviy otlarni” va Xitoy armiyasi uchun еtarli oziq-ovqat berishlarini va’da qiladilar. Agar bu shartlarga ko‘nmasa mudofaachilar qarshilik ko‘rsatishni davom qildirishini va oldindan kelishuvga ko‘ra, ularga Qang‘uy qo‘shinlari yordamiga yaqin kunlar ichida kelishini xabar qiladilar. Xitoy qo‘shini, o‘zlariga eng yaqin hisoblangan Usun xonligidan yordam kelmagandan so‘ng, Qang‘ davlati qo‘shini Farg‘onaga yordamga ke­lib qolishidan xavotirlanib, farg‘onaliklar qo‘ygan shart b-n sulh tuzishga majbur bo‘lganlar. Holdan ketib, tinkasi qurigan xitoyliklar bunga rozi bo‘lib, bir necha arg‘umoq otlar va 3ming boshqa turdagi otlar olib qaytadilar. Xitoy tarixchisi Sima Syanning xabariga ko‘ra, Mugua o‘ldirilib, uning o‘rniga Farg‘ona davlatining sobiq keksa hukmdori Mosay taxtga o‘tqaziladi. Shundan so‘ng ikki oradagi urush tuxtaydi va Xitoyning qoldiq askarlari yo‘l-yo‘lakay kutilmagan to‘sqinliklarga uchrab, Sharqiy Turkistonga yo‘l oladilar. O‘zgan aholisi xitoyliklar qoldirib ketgan qo‘shinni oziq-ovqat va еm-xashak bilan ta’minlashdan bosh tortib, butun otryadni qirib tashlaydi. Buni eshitgan Xitoy qo‘shini yana orqaga qaytib, O‘zganni qattiq jang bilai qo‘lga kiritadi. Qang‘ davlatiga qochib ketgan shahar hokimi xitoyliklarga topshirishni talab qiladi va uni qo‘lga kiritgach boshini tanasidan judo etadi. Biroq bu tadbirlar еrli aholini tinchitmaydi. Xitoy armiyasi Davandan chiqib ketishi bilanoq aholi Mosayni taxtdan tushi­rib, Muguaning inisini, hukmdor qilib ko‘taradi. O‘rta Osiyo hududlarida Efta­litlar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgan.

  1. Kushon davlati

Reja

  1. Kushon davlatining tashkil topishi

  2. Kushon davlatining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli

  3. Kushon davlatining madaniy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari


Kudzula Kadfiz (15-51)

Vima Kadfiz (51-78)

Kanishka (78 -123)

Vasishka (123-127)

Xuvishka (127-159)

Vasudeva I (159-193)

Kanishka III (193-222)

Vasudeva II (222-244)

Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo`shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G`arbga tomon siljiy­dilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko`l atrofida sak qabilalari bilan to`qnashib, ularni janubiy-g`arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabila­lari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So`g`di­yona hududiga kirib keladilar. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta`kidlashicha, Sug`diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag`daradilar. Yuyechjilar Farg`ona vodiysini ham egallaydilar.
Xitoy manbalarida ta`kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Go`yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo`lib, yagona hukmdorga bo`ysunmagan holda faoliyat yuritadilar.

Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78—123 davrlar hisoblanadi. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston.



Xorazm xududlari kirmagan. Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan.

Kushon davlatining tarixi asosan, arxeologik tadqiqotlar va xitoy manbalari asosida yoritilgan. Kushon davlatining keng xududni egallagan:

Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati еtakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi.

Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida, Xitoy yilnomalarida yuedjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Tur­kistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bulgan xudud­larga ketib qolgan edilar. O‘sha vaqtlarda xunlar Bal­xashdan to Xitoygacha bulgan hududda yashab kelardi. Yue-chjilar Sharqiy Turkistonni olishga intilganlar. Bu, ayniqsa mi­loddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan namoyon bula boshlaydi. Yunon-Baqriya davlati podshosi Evtidem miloddan avvalgi 206 yilda sa­lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq tuzadi. Xunlar yuedjilar ustiga dastlab 206 yilda hujum qilgan. Shu yili Xun shaxzodasi Mode Yue-chjilar qulidan garovdan qochib, uz otasini xokimiyatdan agdarib, katta qo‘shin bilan yuedjilar ustiga xarbiy yurish boshlaydi. Miloddan avvalgi 176 yilda, xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat, miloddan avvalgi 165 yilda xunlarning qo‘li baland kelib, yuedjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Ular maglub bulgan Yue-chjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar.

Bu to‘qnashuv oqibatida yuechji (toxarlar) ikki guruhga bo‘linib ketadi, qabilalardan bir guruhi Sharqiy Turkiston tomon ketsa, ikkinchi ko‘pchilik bir guruhi janub tomon yo‘l oladi. Bu guruh manbalarda Buyuk yuechji deb nomlangan.

Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo­mat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgula­ri (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili Sug‘d еrlari orqali Baqtriyaga kirib keladi. Yunon-Baqtriya podsholigi esa 100 yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shi­moliy Baqtriya еrlarini esa bu еrga yopirilib kelgan 5 ta yue-shji qabilalari egallab, uz yabg‘ulari qo‘l ostida yashay boshlaydilar. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, Yue-chjilar Baqtriya­ga kelgandan sung 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bu­linib yashagan. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘r­chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Par­fiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan utadi. Uning davrida kushonlar uz pullarini zarb etmaganlar. Kudzula Kadfiz tangalari Rim imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan. Shuning uchun podsholik tangalarida Kudzula Kadfiz yabg‘u degan yozuvlar uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi. Kudzula Kadfizning ulimidan sung uning o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) taxtga utiradi. Uning davrida Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Uning tosh xaykali esa Hindistonning Matxura shahrida qad kutaradi. U 30 yil podsholik qiladi. Uning davrida pul islohati o‘tkaziladi. pul islohoti natijasida 8 gramlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so‘g‘dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ijobiy natijalarga erishdi.

Vima Kadfizdan s`ong kushonlar saltanati Kanishka 78-123 qo‘liga o‘tadi. Uning davrida Hindistonning janubiy xududlari, O‘rta Osiyoning Sug‘diyona, Shosh vi­loyatlari kushonlar qo‘liga o‘tadi. Kanishka nomidan «shohlarning shohi-ulug‘ haloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etila boshlaydi. Bu tangalar Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo‘lgan hududlarda kuplab topilgan. Kanishka davrida Kushon davlati juda gullagan hamda hududi kengaygan edi. U budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb elon qiladi.

Budda dini mil. avv. I ming yillik o‘rtalarqda Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956 yilda o‘z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar. Hindlar bu dinning asoschisi Shak’ya Muni, ya’ni hind shahzodasi Siddxartma Gautama Budda deb hisoblaydilar. Buddaviyliqda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan. Ular: bironta ham tirik mavjudotni o‘ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik, birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik, yolg‘on gapirmaslik, spirtli ichimlik ichmaslikdan iborat. Uning xinayama, maxayama, keyinchalik lamaizm yo‘nalishlari vujudga keldi. Kushonlar davrida Termiz shahrining buddaviylik tayanchiga aylangan. Kanishka Kadfiz 78 yilda Panjob viloyatida buddaviylarning umumjahon yig‘ilishini chaqirtiradi va buddaviylikning Maxayama yo‘nalishini targ‘ib qiladi, unga binoan Maxayama «hamma uchun birdek ulug‘ yo‘l» deb biladi. Kushonlar e’tiqod erkinligini joriy etgan bo‘lsalar~da, buddaviylikni kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli shaharlarda takyagoh, xonaqoh, ibodatxonalar qurib, buddaviylikning muqaddas kitoblari («Tripitaka»)ni ko‘paytirish, ularni o‘rganish, tarjima qilish va izoxlash, yangi tafsirlar еzish kabi diniy-falsafiy tafakkur rivoji uchun sharoit yaratib berishdi. Bunday siyosat natijasida Tarmita o‘z davrining yirik iqtisodiy, madaniy va buddaviylik dini markaziga aylandi. Kushonlar davrida budda dinining ravnaqiga baqtriyalik rohiblar ham juda katta hissa qo‘shadilar.

Xitoy, Tibet manbalarida buddaviylik dini targ‘ibotchilari qatorida tarmitalik Dxarmamitara va toxaristonlik Gxoshakalarning nomlari ham qayd qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan Xinoyama va Maxayama yo‘nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi.

Kanishka davrida poytaxt Baqtriyadan Peshavor(Pataliputra-Pokiston)ga ko‘chiradi. Kanishka saklar bilan ittifoq tuzgan. Uning davrida mamlakat to’liq birlashtirirladi3. 1 asrning 70-80-yillarida Sharqiy Turkiston еr­lari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari kelib chiqadi. Kushonlar dastlab xitoyliklarning Sharqiy Turkiston еrlarini egallash uchun qilgan harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Hatto ular 84 yilda Qashg‘ar hukmdoriga harbiy tomonidan xitoylarga qarshi kurashish uchun yuborgan qo‘shinini tezda chaqirib olishni Qang‘uy podshosiga tavsiya etadi. Shundan sung Qang‘uy podshosi uz qo‘shinini chaqirib oladi, Qashg‘ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim buladi, keyin Kushonlar Xi­toyning Turfonni bosib olishiga yordam qiladi. Biroq Xitoy-Kushon aloqalari 2-3 yil o‘tgach buziladi. Bunga Xitoy tomonidan Kushon davlati elchisining qamab qo‘yilishi sabab buladi. Elchi katta sovg‘alar bilan Xitoy imperatorining qizini Kushonlar podshosiga unashti­rish uchun borgan edi. Haqoratlangan Kushon hukmdori 70 ming kishilik qo‘shin bilan Xitoyga yurish qiladi, ammo mag‘lubiyatga uchrab, zo‘rg‘a sharqiy Turkistondan qochib qoladi. 102 yilda Xitoyning еngilmas lashkarboshisi Ban Shao o‘lgach, Sharqiy Turkiston viloyatlari birin-ketin Xitoyga qarshi qo‘zg‘alon kutaradilar. Bundan foyda­langan Kushonlar 102 yilda Sharqiy Turkistonga bos­tirib boradi. Kushonlarning Sharqiy Turkistonda pay­do bulishi bu mamlakatga buddizmning faol kirib bo­rishiga imkoniyat yaratadi. Keyingi yillardagi Xitoy­ Kushon mojarolari kushonlarning Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronligini urnatishga imkon bermaydi. Ammo Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida suz yuritilgan. Soson podshosi Shopur 1 (241-242 yillar) yozdirgan “Zoroastr Kaabasi”da kushonlar imperiyasining hududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshavor, Qashg‘ar, So'g‘d va Shoshgacha chuzilgan»,-deyiladi.

Kanishka davrida Kushon imperiyasi chegarasi Baqtriyadan Benaresgacha , Kashmirdan Sindgacha borgan. Kanishka davridagi Kushon tangalari Xorazm, Xo’tan va sharqiy Erondan topilgan4.

The date of Kanishka does not stand in isolation. In his time the Kushan Empire covereda vast amount of territory from Bactria to Benares and from Kashmir to Sind, and Kushancoins have also been found in recent excavations in Chorasmia, Khotan and eastern Iran.

O‘rta Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bulgan: Kushon shahri (Ko­son) –Farg‘ona vodiysida; Kushon shahri (Kattaqo‘rg‘on yaqinida)-Zarafshon vohasida; Kushon shahri (Kesh)­Qashqadaryo viloyatida.

Kanishka 23 yil poddsholik qiladi. Kanishkadan so‘ng kushonlar taxti uning o‘g‘li Vasishka qo‘liga utadi. Biroq u 4 yilgina podsholik qiladi, xolos. Sung hokimiyat Xuvishka quliga utadi. U 32 hukmronliq qiladi. Undan sung podsholik Vasudeva quliga o‘tadi. Vasudeva esa 34 yil podsholik qiladi. Uning davrida Kushon pod­sholigi ikkiga bulinadi. Mamlakatning bir qismida Vasudeva, ikkinchi qismida esa Kanishka III podsholik qilgan. Bu haqida ularning nomidan zarb etalgan tanga pullar guvohlik beradi.

Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrida Kushon podsholigida markazdan chetlashgan kuchlarning mavqei ortib, ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj oladi. Bundan tashqari, janubi-g‘arbiy hududlarda qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina еrlari Sosoniylar qo‘liga o‘tadi.

Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ushbu sohalar yuqori darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo hamda elchilik munosabatlari o‘rnatilgan. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O‘rta еr dengizi atrofi hududlaridan esa Kushon davlati tangalari topilgani buning isbotidir. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo‘jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning‘ kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirganlar.

Kushon davlati ijtimoiy tuzumida qullar ikkiga: xususiy egalikdagi, ya’ni patriarxal oila qullari va davlat qullariga bo‘lingan. Xususiy qullardan asosan dehqonchilik, xonadon ishlarida, ov, chorvani boqishda foydalanilgan. Qullarning jamiyat hayotidagi mavqei juda past bo‘lib, ular hech qanday huquqiy imtiyozga ega bo‘lmagan. Shuning uchun ularni urish, o‘ldirish, sotish va birovga hadya qilish mumkin bo‘lgan.

Davlat qullari esa jamoada askarlik xizmati bilan bog‘liq ishlarni bajargan. Ularning mehnati bilan yangi shaharlar bunyod etilgan.

Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylanadi. Bu paytda oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud bo‘lgan, me’morchilik va tasviriy san’at yuksak darajada rivojlangan. Ayritom, Ko‘hna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari, Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalar buning dalilidir. Afg‘oniston xududidagi (Baglan provinsiyasi) yirik ibodatxonalari-Surxko‘tal, Rabatak, Janubiy Tojikistonda(Kofirgixonning quyi oqimi) Taxti-Sangin ibodatxonalari topilgan.

Kushon davlat boshqaruvi shakli yakkahokimlikka asoslangan monarxiya edi. Davlat boshqaruvida markazlashtirish siyosatini ko‘proq podshoh Kanishka olib borgan. davlat satraplarga bo‘lingan.Davlat boshlig‘i – podshoh juda katta mavqe va vakolatga ega bo‘lgan. U oliy kohin hisoblanib, podshoh huzuridagi oqsoqollar kengashi maslahat beruvchi organ sifatida faoliyat yuritgan. Oqsoqollar kengashida podshohning yaqin qarindoshlari, ishonchli kishilari va urug‘ boshliqlari ishtirok etsa-da, shaxsan uning o‘zi qonun va farmonlarni mustaqil qabul qilgan.

Kushon davlati hududining kengayib, siyosiy-harbiy salohiyatining o‘sib borishi bilan birga tangalarda «shoh», «shohlar shohi» atamasi ko‘p uchraydi. Bunday o‘zgarishlar davlatning harbiy qudrati ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganini bildiradi.

Davlatni boshqarish san’ati ko‘proq podshoh Kanishka tomonidan takomillashtirilgan. U o‘zidan oldingi boshqaruv an’analarini davom ettirdi. Viloyat va shaharlar davlat boshlig‘ining noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lpon to‘lab turgan.Kushonlar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo‘lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan.

Viloyat hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo‘lib, shundan 80 tasi qishloklar ko‘rinishidagi manzilgohlar hisoblanadi. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo‘jalikning ravnaqiga sabab bo‘lgan. 1936 yilga kelib M.E.Masson boshchiligida tashkil etilgan TAKE kushon davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib quydi. Xususan, Termiz shahrining rivojlanish pallasi kushoshtar davriga to‘g‘ri kelishi va uning tarixiy topografiyasi aniklandi. TAKE ishlari Ayritom, Chingiztepa va qoratepada olib borildi hamda tadqiqotlarda M. I. Vyazmitina, G.A.Pugachenkova, B.B.Piotrovskiy singari olimlar ishtirok qildilar. Ayritom peshtokdarining topilishi Shimoliy Baqtriyaning antik davr musiqa san’ati haqida ham so‘z yuritish hamda ularni Afg‘oniston, Hindiston va Sharqiy Turkiston haykaltaroshligida uchraydigan shularga aynan o‘xshash musiqa asboblari bilan qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari mavjud bo‘lib, daryoning o‘zi Yuqori Panj va Xorazm vohalarini bog‘lovchi qulay suv yo‘li bo‘lganligi aniklandi. Ko‘xna shahar hududlaridan kushon podsholari Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka va Vasudevalarning ko‘plab tangalari topildi. TAKEning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va qa^ tomonlama o‘rganilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Usha yillari bu yodgorliklarning joylashgan o‘rni, ularga asos solingan vaqg, ularning boshqa hududlar bilan munosabatlari hamda moddiy madaniyati masalalariga aniqdiklar kiritildi.

Shimoliy Baqtriyaning tarixi va madaniyatini o‘rganishda Hamza nomidagi O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (O‘zSE) tadqiqotlarining o‘rni va ahamiyati masalalari ham ko‘rib chiqildi. 1959 yidda GL.Pugachenkova tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ekspeditsiya izlanishlarida turli davrlarda E.V.Rtveladze, B.A.Turg‘unov, A.S.Sagdullaev, Z.A.Hakimov, Ye.Nekrasova, V.A.Luneva, S.V.Levushkina, T.V.Belyaeva, S.A.Savchuk, D.Ilyosov singari olimlar ishtirok etdilar. Shimoliy Baqtriya hududidagi Dalvarzin, Xolchayon, Ko‘hna Termiz, Kampirtepa, Zartepa, Ayritom kabi yodgo^liklarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. UzSE xodimlari tomonidan baqtriya yozuvi yodgorliklarining topilishi, ayniqsa muhimdir. Bu borada 1977 yilda Ayritomdan topilgan haykal qoldiqlari va uning ostidagi olti qatorli baqtriya yozuvi fan olamida muhim voqea bo‘ldi. Bu Surxkutal (qiziltog‘) yozuvlaridan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi, aniq tarixiy mazmundagi Kushon-Baqtriya yozuvi bo‘lib, unga ko‘ra, inshoot majmuini o‘rab turuvchi to‘siq Shodiya (shaxsi noma’lum) tomonidan qayta tiklangan va bu voqea Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to‘rtinchi yilida sodir bo‘lgan. Yozuv va haykal Mirzod ismli usta tomonidan amalga oshirilgan.

II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko‘targan. Sh asrda Eronda moniylik dini vujudga keladi, lekin u Eronda uzoq tura olmaydi, uning tarafdorlari Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga qochib o‘tadi, ko‘proq savdo yo‘li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatadilar. Ba’zi arxeolog olimlar Markaziy Osiyoda topilgan ko‘plab suratkashlik, rassomlik xamda haykaltaroshlik yodgorliklaridagi syujetlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog‘lashga harakat qiladilar. Aslida bu xrl Kushon imperiyasi davri (IIII asrlar) quldorlik tuzumining Markaziy Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo‘lganligi bilan bog‘liqsir. Bu davrda, birinchidan, ko‘chmanchi qabilalarning‘ sug‘oriladigan еrlarda joylashishi kuchaygan bo‘lsa, ikkinchkdan, quldor zodagonlar jamoalar еrini tortib olib, o‘zlashtira boshlaydilar. Shu tariqa jamoalar o‘zichidan buzilib, butunbutun qishlokdar quldor zodagon dehqonlarga tobe bo‘lib qoladi.

Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan 1 asrda tiklangan Budda ibodatxonasi, shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning‘ ikki donasi topildi. Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo‘lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi. Bodxisatvaning (o‘sha davrga oid) haykali ham loy va gipsdan yasalib, rang bilan bo‘yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Budda butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko‘hna topilmalar boshqa yodgorliklar bilan birgalikda 1988 yili Yaponiyaning Nara shaqridagi «Ipak yo‘li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan edi. 1995 yili esa ular Parijdagi muhtasham «GrandPales» («Katta saroy»)ning nodir galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Kampirtepaning o‘rganilishi natijasida yozma manbalarda qayd qilingan Oks bo‘yidagi Paradagvi Kampirtepa o‘rnida bo‘lganligi taxmin qilindi. Bu borada Kampirtepadan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan iskandar tangasining topilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xullas, uzoq yillar fanga noma’lum bo‘lgan antik davr, xususan, kushon davri tarixi va madaniyati O‘zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga mashhur bo‘ldi hamda tarix faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

O‘sha davrga oid yana bir yodgorlik Xolchayon bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959 yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960 yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu еrdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa, qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi. Xonaqohtepadash saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04 2,30 m) xom g‘ishtdan ishlanganligi aniklandi. Xolchaendagi tekshirishlar BaqtriyaKushon zamonining binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh solingan.Termiz yaqinidagi Ayritomda topilgan toshga o‘yilg‘an bo‘rtma suratlar, haykallar va devoriy rasmlar hamda Denovdagi Xolchayon va Dalvarzintegtadan topilgan loy va ganchdan yasalgan ko‘pdanko‘p turli haykallar Surxon voxasida qadimda o‘ziga xos yuksak tasviriy san’at madaniyati yaratilganligini isbotlaydi. Surxondaryoda topilgan qadimg‘i san’at obidalari Markaziy Osiyo xalklari madaniyati bilan Eron, Hindiston, Yaqin Sharq va Kavkaz xalqlari madaniyatining birbiriga ta’sir ko‘rsatganidan hamda dune xalqpari madaniyatining yaratilishida Markaziy Osiyo xalqyaari ham faol qatnashganligidan darak beradi. qoratepadagi budda ibodatxonalaridan chiqqan qimmatbaho haykallar va boshqa tasviriy san’at obidalari, ayniqsa nodir va noyobdir. Bunday tasviriy san’at va haykaltaroshlik yodgorliklari o‘z davrining hayotiy, mafkuraviy va diniy e’tiqodlari, madaniy va maishiy hayoti to‘g‘risida ma’lumot beruvchi qimmatbaho manba hisoblanadi.

1998 yilda qoratepadagi budda ibodatxonalari guruhini o‘rganish bo‘yicha Sh.R.Pidaev rahbarligida o‘zbek-yapon qo‘shma ekspeditsiyasi tashkil etilib, hozirga qadar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilayotgan hamkorlikdagi tadqiqotlar natijasida antik davrda Surxon vohasida ro‘y bergan tarixiymadaniy jarayonlar aniqlanib, fanga tatbiq etilmoqda.

Kushon davri arxeologik yodgorliklaridan biri Fayoztepa, Eski Termiz devorlarining shimolig‘arbida, qoratepa tekisligining shimolig‘arbidan janubisharqqa yo‘naltirilgan holda qurilgan Budda ibodatxonasidir. Bu to‘rtburchakli ziyoratgohning ichkari hovlisi ikki tomondan tirgak vazifasini o‘tavchi yo‘g‘on ustunlar bilan ko‘tarilgan bo‘lib, maxsus ayvon bilan o‘ralgan imoratdir. Ushbu Budda obidasining qurilgan payti uysozlik, binokorlik, haykaltaroshlik, tasviriy san’at, umuman, shaharsozlik va me’morchilik rivojlangan Kushon-Baqtriya davlati davriga, ya’ni milodning 111 asrlariga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksak rivoj­langan kushonlar saltanati Kanishkaning vorisi Xuvishkadan keyin asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi. 226 yilda kushonlar saltanatidan g‘arbda- Parfiya davlatining urnida Sosoniylar davlati paydo buldi. Bu davlatning asoschisi Artashir 1 Parfiyaga qaragan, lekin har xil sabablar bilan undan ajralib ketgan viloyatlarni qaytarishga kirishdi. Bunday vaziyat kushonlarni befarq qoldirmadi. Kushon podshosi Vasudeva sosoniylar tomonidan buladigan xavfga qarshi ittifoq qidirib, 230 yilda Xitoyga elchi yubordi. Lekin kushonlar sosoniylar bilan qattiq jang bulishini kutardi. 242-243 yillarda ikki urtada bulgan jangda sosoniy Shopur 1 ning qo‘shini Kushonlar ustidan g‘olib chiqadi. Shu jangdan sung sosoniylar Sharqiy Xuroson hududla­rida «kushonshoh» unvoniga ega buldilar. 252 yilga kelib esa ular «Kushion shohlarining ulug‘ shohi» degan unvonni ham oladilar. Xuddi shu yillarda kushonlar Hindistondagi katta еrlaridan ayriladilar. Masalan, bir budda matnida (III asr o‘rtalariga oid) «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan, ammo «os­mon ug‘lonlari» (imperaratorlari) turtta: Xitoy, Rim, Kushan va hind» deb xabar beriladi.Hind manbalariga ko‘ra III asr o‘rtalarida Hindistonda Kushonlardan mus­taqil davlat tarkib topgan. Lekin Kushonlar boshiga tushgan bu qiyinshiliklar Kushon davlatini batamom yo‘q qilib yubormadi. Kushon davlati O‘rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq vaqt yashadi. Soson podsholarining kushayishi Kushon­larning RIM imperiyasi bilan aloqasini yanada mustahkamlashga olib keldi. Kushon elchilari 274 yilda Rim Imperatori Avrelinning Palmir ustidan g‘alabasiga bagishlangan tantanalarda qatnashdi. Sosoniylar Rim ­Kushon dustligidan xavfsirab, endi Kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo‘lida siyosat olib bora boshlaydilar. Sosoniylar shohi Xormuzd II (301-309) Kushonlar ma­likasiga uylandi. IV asrning urtalarida kushonlar va sosoniylar urtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi. Shopur II (309-379) kushonlarga qattiq zarba berib, Shimoliy Baqtriya еrlarini tortib oldi. Ammo kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar. IV asrning oxirida Balxda sunggi kushonlar sulolasi sifatida kidariylarni taxtga o‘tirishi tantanalari buldi. Shundan boshlab tarix sanasiga yangi kushonlar chiqdi. Bu kushonlar o‘z vaqtida Kumonlar imperiyyasi tarkibiga kirgan ko‘chmanchilar bulib, ular bu buyuk imperiyaning tarix sahnasida chiqishiga olib keldi.

Kushon podsholigi va kushonlar davri - O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda O‘rta Osiyo shaharlari hayotida yuksak ri­vojlanish ruy berdi. Dehqonchilik vohalarida qator yangi shaharlar qad kutardi. Eski shaharlar taraqqiyoti yangi bosqishlarga kutarildi. Kushon podsholigining dastlabki yillaridanoq O‘rta Osiyoga Baqtriya orqali budda dini kirib keldi. Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududlarida olib borilgan arxeologig izlanishlarning guvohlik berishicha, bu zaminda buddizmga xos memoriy va haykaltaroshlik sanati uzining klassik darajasiga kutarilgan. Arxeologlar bu еrlardan bud­dizmga doir kuplab yodgorliklarni oshib urganganlar. Ulardan biri, Ayritom yodgorligidir. Bu yodgorlik Termiz yaqinida, Amudaryo bo‘yida qad kutargan. Ayritomdan topilgan memoriy sanat asarlarida qadimgi musiqa sbobi - arfa shalib utirgan musiqashilar tasviri berilgan. Eski Termiz shahri hududida Qoratepa yodgor­ligi oshilgan. Arxeologlar bu yodgorlikni budda dinining ibodatxonasi ekanligini aniqlaganlar. Qoratepa tabIIy tepa bulib, uning shor atrofida qazib qurilgan unlab galereyalar - budda va badisatvalar haykallari turgan. Qoratepa yaqinida Fayoztepa nomi bilan yana bir bud­da yodgorligi urganilgan. U еrda olib borilgan arxeolo­gig izlanishlar shuni kursatdiki, Fayoztepa budda dini ibodatxonasi va o‘quv maktabi ekan. Talabalar bu еrda yashab budda ta’limoti buyisha talim olganlar. Buddizm davriga oid yodgorliklar Surxondaryo viloyatida yana Dalvarzintepa, Zartepa, Kuyovqo‘rg‘onda ham oshib urganildi. Bu yodgorliklarning ko‘pshiligi II-IV asrlarga oid bulib, ular kushon davriga oid o‘tmish madaniyatimizning durdonalari hisoblanadi.



1History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996442 р. 545 р.

33 Шониёзов К.Қанг давлати ва қанглилар. –Т.: «Фан», 1990, – Б. 35.

44 Бичурин Н.Я. Кўрсатилган асар, II-жилд, – Б. 150.

2History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996, p.444.

3History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadiccivilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 242 р.

4History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadiccivilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996.243 р.


Download 44,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish