12-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Reja



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana21.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#397685
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
12-ma'ruza (1)

 

u

ning  maqsadi  yurtimizda  olib  borilayotgan  islohotlar  samaradorligini  tubdan 

oshirish,  davlat  va  jamiyatning  har  tomonlama  va  jadal  rivojlanishini  ta’minlash 

uchun  shart-sharoitlar  yaratishdan,  mamlakatni  modernizatsiyalash  va  hayotning 

barcha  sohalarini  erkinlashtirishdir.  Dasturning  beshinchi  yo‘nalishi  xavfsizlik, 

millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro 

manfaatli  va  amaliy  ruhdagi  tashqi  siyosat  yuritishga yo‘naltirilgan  davlatimiz 

mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  O‘zbekistonning  yon-atrofida 




xavfsizlik, 

barqarorlik 

va 

ahil 


qo‘shnichilik  muhitini  shakllantirish, 

mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat. 

         Sirdaryo viloyatida ham dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar 

amalga  oshirilmoqda.  Xususan,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglikni 

ta’minlash,  ijtimoiy-ma’naviy  muhitni  sog‘lomlashtirish,  diniy  ekstremizm  va 

aqidaparastlik,  missionerlik,  giyohvandlik,  o‘z  joniga  qasd  qilish,  erta  turmush 

qurish,  ajrimlar  va  turli  jinoyatchiliklarni oldini  olish,  farzand tarbiyasida ota-ona 

va  jamoatchilikning  mas’uliyatini  yanada  oshirish  kabi  dolzarb  masalalarga 

alohida ahamiyat berilmoqda. 

      Darhaqiqat,  mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgan  kunlardan  boshlab 

xalqimizning orzu-umidlari amalga oshdi, qadriyatlari tiklandi. Masjid, madrasalar 

mo‘min-musulmonlarga qaytarib berildi. Qadriyatlarimizning asosini tashkil etgan 

Islom  dini ta’limotlaridan elimiz  yana  bahramand  bo‘la boshladi. Ma’naviyatimiz 

asoslarini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganishga, targ‘ib qilishga, 

ziyoratgohlarni  obodonlashtirishga,  ona  tilimiz  ravnaqiga  keng  sharoit  yaratilgani 

milliy taraqqiyot uchun qudratli omil bo‘ldi. 

       Xalqimizga  xos  bo‘lgan  diniy  bag‘rikenglik  tufayli  yurtimizda  turli  din 

vakillari  yonma-yon,  tinch-totuv  yashab  kelmoqda.  Har  kim  o‘z  e’tiqodiga  amal 

qilib,  bu  huquqqa  boshqalar  ham  ega  ekanini  e’tirof  etishi  chin  ma’nodagi 

bag‘rikenglikdir.  Bu  fazilat  xalqimizning  qon-qoniga  singib  ketgan.  Yurtimizda 

qadimdan ko‘p millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda. 

       Mamlakatimizning  Birinchi  Prezidenti:  «Bashariyat  murakkab  taraqqiyot 

jarayonini  boshdan  kechirayotgan  bir  paytda  diniy  bag‘rikenglik,  turli  dinlarga 

mansub xalqlar o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni kuchaytirish nihoyatda 

muhim ahamiyat kasb etmoqda», deb ta’kidlagan edilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko‘ra, hamma uchun 

vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Diniy  qarashlarni  majburiy  singdirishga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  Diniy  muassasalar  faoliyatining  qonun  asosida  olib  borilishi 

ta’minlanadi.  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida”gi  Qonunda 

fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-

ravshan  belgilab  qo‘yildi.  Ko‘pmillatli  davlatimizda  millatlararo  totuvlik  hamda 

diniy  bag‘rikenglik  ijtimoiy  barqarorlik  va  taraqqiyotni  ta’minlashning  asosiy 

sharti qilib belgilandi. 

        Millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglik  mamlakatimizda  qurilayotgan 

demokratik  jamiyatning  asosiy  tamoyillaridan  biri  sanaladi.  Zotan,  bag‘rikenglik 

fuqarolar  orasida  totuvlikni  ta’minlaydi,  jamiyatda  tabiiy  ravishda  uchraydigan 

ijtimoiy  farqlarning  keskinlashuviga,  ijtimoiy  nizolarning  yuzaga  kelishiga  yo‘l 

qo‘ymaydi. Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik, 




konfessiyalararo  o‘zaro  hurmat,  bir-birini  tushunish  asosiy  hayotiy  tamoyilga 

aylanmokda. 

     Bugun  diniy  bag‘rikenglikni,  mamlakatimizda  tinchlik,  barqarorlikni  yanada 

mustahkamlashda  turli  konfessiyalarning  tarixi,  ta’limoti,  ularning  jamiyat 

rivojidagi  ahamiyatini  o‘rganish  katta  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega.  Aynan 

bag‘rikenglik,  sabr-bardoshli  bo‘lish  kelib  chiqishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘pgina 

ixtiloflarni bartaraf etuvchi omillardan sanaladi. 

      Ma’lumki,  diniy  bag‘rikenglik  g‘oyasi  –  turli  dinlarga  e’tiqod  qiluvchi 

kishilarning  bir  zamin,  bir  vatanda  olijanob  g‘oya  va  niyatlar  yo‘lida  hamkor  va 

hamjihat  bo‘lib  yashashni  anglatadi.  Qadim-qadimdan  din  aksariyat  milliy 

qadriyatlarni  o‘zida  mujassam  etib  kelgan.  Milliy  qadriyatlarning  asrlar  osha 

bezavol  yashab  kelayotgani  ham  dinning  ana  shu  tabiati  bilan  bog‘liq.  CHunki 

samoviy  dinlarning  barchasi  ezgulik  g‘oyalariga  asoslanadi,  yaxshilik,  tinchlik, 

do‘stlik  kabi  fazilatlarga  tayanadi.  Odamlarni  halollik,  poklik,  mehr-oqibat  va 

bag‘rikenglikka chorlaydi. 

      O‘zbekistonda  Islom  dinining  insonparvarlik  falsafasi,  buyuk  g‘oyalari  yosh 

avlod  yuragidan  joy  olishiga  barcha  sharoit  yaratib  berilgan.  Boshqacha  qilib 

aytganda,  farzandlarimizni  dunyoviy  bilimlar  bilan  bir  qatorda  Imom  Buxoriy 

to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari 

asosida tarbiyalanmoqda. 

Mamlakatimiz singari Sirdaryo viloyati ham ko‘p millatlidir. Viloyatimizda 70 dan 

ortiq  millat  vakillari  totuvlikda,  o‘zaro  hurmatda  hayot  kechirishmoqda. 

Sirdaryoning eng katta boyligi shu yerda yashayotgan fidoiy insonlardir. Sirdaryo 

injiq tabiatiga qaramasdan, irodali va eng muhimi mehr–oqibatli insonlar vataniga 

aylandi.  Sirdaryoda  insonlarning  millati,  diniy  e’tiqodidan  qat’iy  nazar  haqiqiy 

insoniy do‘stlik muhim ahamiyatga ega. Bizda insonga uning millatiga qarab emas, 

avvalambor,  uning  odamiyligiga  qarab  baho  berishadi  va  shunga  qarab 

munosabatda bo‘lishadi. 

Sirdaryoni  o‘zlashtirishda  o‘zbek  G‘anisher  Yunusov,  Tursunboy  Latipov,  Lola 

Erbo‘taeva  bilan  bir  qatorda  qirg‘iz  Sattor  Usmonov,  Ahmad  Qulbekov,  qozoq 

Qinibek Ukuboev, rus Ivan Andreevich Bezdetniy, tojik Niyozxol Qodirov singari 

mehnat qahramonlari yelkama-elka turib mehnat qilganlar. Bir vaqtlar Mirzacho‘l 

bo‘lgan  bugungi  Guliston,  tom  ma’noda,  nomiga  munosib  turli  millat  vakillari 

do‘stligi timsolidir. 

Sirdaryoda  bugungi  kunda  istiqomat  qilayotgan  millatlar  o‘zlarini  hech  kimdan 

kam emasliklari va bu yerda o‘zlarini to‘la huquqli deb his qilishlari uchun imkon 

darajasida sharoitlar yaratilgan. 



         Ko‘p millatli viloyatimiz aholisi ichida musulmonlar, pravoslavlar, katoliklar, 

yaxudiylar,  koreys-protestantlar,  arman  apostol  cherkovi  vakillari  va  boshqa 

konfessiyalar a’zolari bo‘lib, ularning diniy e’tiqodiga hech qanday monelik yo‘k, 

aksincha,  ularning  vijdon  erkinligiga  doir  xuquqlaridan  foydalanishlari  uchun 

qonun  doirasida  barcha  imkoniyatlar  yaratib  berilmokda.  Jumladan,  bugungi 

holatga  ko‘ra viloyatda jami 82 ta diniy tashkilot ruyxatga olingan bo‘lib, ularning 

74 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi va uning 

tasarrufidagi masjidlar, qolgan 8 tasini noislomiy diniy tashkilotlar, ya’ni Koreys-

protestant, Rus-pravoslav va To‘liq Injil xristianlari cherkovlari tashkil etadi. 

         Millatlarlaro   munosabatlardagi   ibratli  ko‘rinishlar  yurtimizning  yaxshi 

kunlarida,  bayramlarda  ayniqsa,  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Navro‘z  bayrami  va 

Mustaqillik 

bayramida 

viloyatimizning 

barcha 

shahar 


va 

tumanlarida   ajoyib   tadbirlar  tashkil  etiladi.  Ularda  turli  millat  vakillari  faol 

ishtirok etishadi, ayniqsa, milliy-madaniy markazlar bayramga alohida tayyorgarlik 

ko‘rishadi.  Rus,  Koreys,  Azarbajon  milliy-madaniy  markazlari  o‘zlarining  milliy 

liboslari,  taomlari,  ko‘y-qo‘shiqlari  va  boshqa  o‘ziga  xos  ananalarini  namoyish 

etishadi.  Qozoq  va  qirg‘iz  milliy-madaniy  markazlari  qadimiy  an’analariga  ko‘ra 

o‘tovlar  tikib,  bezatishadi,  barchani  milliy  taomlar  bilan  to‘la  dasturxonga  taklif 

etishadi.  Baxshilar  do‘mbira  chertib,  mustaqil  yurtimizdagi  baxtli  va  farovon 

turmushni  madh  etishadi.  Yoshlar  esa  kattalardan  do‘stlikni  qadrlash,  o‘zaro 

hurmatda  ahil  yashash,  shu  muqaddas  zaminga  sadoqatli  bo‘lish,  unga  chin 

yurakdan  sidqidildan  xizmat  qilish  kabi  fazilatlarni   qalblariga  singdirib,  ularni 

namoyish etadilar. 



 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish