2.Agrar sektorni modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish va qishloq xo‘jaligida eksportbop mahsulotlar etishtirish tizimining yo‘lga qo‘yilishi .
Agrar sektorni modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishshlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasiga tayangan holda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini oshrish va ularning narxlarini barqarorligini saqlash paxta xomashyosini etishtirishni moliyalashtirish tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan7.
2017 yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qo‘mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Qishloq tumanlarida hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi. O‘zbekiston Fermerlari kengashi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi sifatida qayta tashkil etildi. Joriy yilda mamlakatimizda 8 million 377 ming tonna g‘alla, 2 million 900 tonnadan ziyod paxta, 12 ming 450 tonna pilla, 500,8 ming tonna sholi, 22 million tonna meva-sabzavot, 12,3 million tonna go‘sht va sut mahsulotlari etishtirildi. Bu yil birinchi marta g‘alladan bo‘shagan qariyb 1 million gektar maydonga sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq mahsulot etishtirildi. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, er-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar etishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Masalan, joriy yilda 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar erda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. SHuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Bu borada Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, mamlakatimizda birinchi marta shafran kabi noan’anaviy ekin ekish yo‘lga qo‘yildi, soya ekish kengaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. 856 million dollarlik 724 ming tonna ho‘l meva chetga sotildi.Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal etishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko‘plab xo‘jaliklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Zotdor qorabayir otlarini ko‘paytirish va ot sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va boshqa hududlarda ham bunday majmualar barpo etilmoqda. Pillachilikda yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ammo deyarli yo‘qolib borayotgan an’analar qayta tiklanmoqda. Eng muhimi, qimmatbaho xom ashyo bo‘lgan ipak etishtirishning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu sohada ishlarni mutlaqo yangi asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etildi. Bu yil mamlakatimizda birinchi marta pilladan yiliga ikki marta hosil olish tajribasi sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natija berdi. Har bir viloyatda pila xom ashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. Natijada shu yilning o‘zida ipakni qayta ishlashga ixtisoslashgan 10 ta korxona ishga tushirildi. Baliqchilik sohasini tiklash uchun “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi.Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo‘jaligi kiritildi. Joriy yilda 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun’iy ko‘llarda 100 ming tonnadan ortiq baliq etishtirildi. YAna bir muhim yo‘nalish – asalarichilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi tashkil etilib, unga asal etishtiradigan 14 mingdan ortiq tadbirkor a’zo bo‘ldi. Hosildorligi past erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta etishtiradigan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan mablag‘ ajratish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. 2008 yilda ushbu maqsadlar uchun 80 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 300 milliard so‘mni tashkil etdi.Yil davomida qilingan mashaqqatli mehnat, agrotexnik tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi natijasida gektaridan o‘rtacha 50 sentnerdan ziyod hosil olgan fermerlar 1 ming 121 tani, 45 sentnerlik marrani egallagan fermerlar 2 ming 130 tani, 40 sentnerchilar 7 ming 208 tani tashkil etdi. Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlar qo‘llab-quvvatlanib, ularning tashabbuskori bo‘lgan xo‘jalik va tashkilotlarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratib berilmoqda. Natijada, bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar erda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi.
Qishloq xo‘jaligining rivoji aholi ijtimoiy ahvolining yaxshilanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.Shahar va qishloqlarda aholining haqiqiy ehtiyoji va milliy an’analar to‘la hisobga olingan holda turar joy qurilishi va tegishli infratuzilma tarmoqlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.Jumladan, qishloqlarda yangi ikki tipdagi yosh oilalar uchun maqbullashtirilgan er uchastkasiga ega bo‘lgan 2 va 3 xonali turar joy binolari loyihasi ishlab chiqildi.Bu esa, ularning narxini qishloq aholisining barcha qatlamlari uchun maqbul tarzda arzonlashtirish imkonini berdi8.
Shaharlarda yangi, zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurish dasturi qabul qilinib, unga ko‘ra shaharlarda yuzlab besh va etti qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Yangi qurilayotgan shahar va qishloq hududlarining infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 2017 yilda mamlakatning bir qator shaharlarida davlat-xususiy sektor sherikchiligi asosida maishiy chiqindilarni kompleks qayta ishlash klasterlari tashkil etildi.Har bir tuman va shaharda “Toza hudud” korxonalari tashkil etilishi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishga imkon yaratdi. Minglab kilometr ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashga davlat mablag‘lari yo‘naltirildi9.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yangi tashkil etilgan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi oldiga respublika aholisini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olish vazifasi qo‘yildi. Moliya vazirligi huzurida “Toza ichimlik suvi” fondi tashkil etilib, uning hisobidan 2018 yilda 584,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |