Nutqning ta’sirchanligi.
Tinglovchi va o`quvchi ruhida o`zgarish, hayajon yasovchi nutq ta’sirchan
nutq deyiladi. Bunday nutq oldiga quyidagi talablar qo`yiladi:
1. Tinglovchi e’tiborini tortish.
2. Tinglovchi qiziqishini oshirish.
3. Nutq dalil, isbot misollarning yetarli bo`lishini ta’minlash.
4. Fikrni bayon etishda qiziqarli shakllardan foydalanish.
5. So`zlashda tabiiylikka erishish.
Mavzuni tekshirish uchun topshiriq.
Quyidagi savollarga yozma javob bering.
1. Nutqning asosiy xususiyatlari qaysilar?
2. Adabiy til me’yorlari haqida gapiring.
3. Nutqning aniqligi deb nimaga aytamiz?
4. Nutqning mantiqiyligi nima?
5. Nutqning sofligiga nimalar putur yetkazadi?
6. Fikrni bayon etishda qanday qiziqarli shakllardan foydalanish mumkin?