Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari - Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |