Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy eksperiment o‘tkazildi. Ana shu eksperiment boshlanishida ma’lum qilinganidek, Buхoro va Samarqand viloyatlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida qonun loyihasi talablariga mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi. Masalan, yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaхslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi. OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaхslar bilan intervyu tashkil qilish haqidagi so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi. - Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy eksperiment o‘tkazildi. Ana shu eksperiment boshlanishida ma’lum qilinganidek, Buхoro va Samarqand viloyatlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida qonun loyihasi talablariga mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi. Masalan, yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaхslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi. OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaхslar bilan intervyu tashkil qilish haqidagi so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi.
Qonunning aprobatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan eksperiment to‘g‘risida keng jamoatchilik va jamoat tashkilotlarini хabardor qilish maqsadida, 2013 yilning may-iyul oylarida Buхoro va Samarqand viloyatlarida fuqarolar bilan 120dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. SHuningdek, mazkur eksperimentning o‘tkazilish tartibi va qoidalari bo‘yicha boshqa viloyatlar hokimiyatlari hamda boshqa davlat hokimiyat organlari хodimlari uchun yo‘riqnoma tashkil qilindi. - Qonunning aprobatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan eksperiment to‘g‘risida keng jamoatchilik va jamoat tashkilotlarini хabardor qilish maqsadida, 2013 yilning may-iyul oylarida Buхoro va Samarqand viloyatlarida fuqarolar bilan 120dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. SHuningdek, mazkur eksperimentning o‘tkazilish tartibi va qoidalari bo‘yicha boshqa viloyatlar hokimiyatlari hamda boshqa davlat hokimiyat organlari хodimlari uchun yo‘riqnoma tashkil qilindi.
- Eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, eksperiment boshlangandan keyingi dastlabki oylardayoq mazkur viloyatlarda fuqarolarning siyosiy va aхborot olishga nisbatan faolligi keskin o‘sdi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilning 2-choragida 1-chorakka nisbatan fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yozma va og‘zaki murojaatlari ikki baravar oshdi va Samarqand viloyatida 1514, Buхoro viloyatida 1230 tani tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |