12-mavzu: jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar



Download 12,24 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi12,24 Kb.
#822197
Bog'liq
12-MAVZU JAHON-WPS Office


.:
12-MAVZU: JAHON DINLARI: BUDDIZM VA XRISTIANLIK VA ULARDAGI TA’LIMIY-TARBIYAVIY QARASHLAR.
0

a‘naviy bo‘lsin Dxarma (element) lardan tuzilgan. Bu elementlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra harakatsiz bo‘lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning hayollari va so‘zlaridir. Ob‘ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg‘u, harakat, anglash. Bu 5 forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o‘limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o‘z navbatida qayta tug‘iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo‘luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess ―hayot g‘ildiragi‖ ni tashkil qiladi. ―Hayot g‘ildiragi‖da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqga duchor bo‘ladi. Ikkinchi haqiqat - ―qiynoqlarning sabablari mavjuddir‖. Inson moddiy narsalar yoki ma‘naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ula rga ega bo‘lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘lish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo‘l ish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.


Uchinchi haqiqat – ―qiynoqlarni tugatish mumkin‖. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to‘g‘ri keladi. Bu holatda inson qa yta tug‘ilishdan to‘xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, ―Hayot g‘ildiragidan‖ tashqariga chiqishdir. ―Men‖ degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg‘ularini to‘la tugatilishidir.

To‘rtinchi haqiqat – qiynoqlardan qutilish yo‘li mavjuddir. Bu yo‘l – quyida bayon etilgan uch narsaga amal qilish demakdir. Bu yo‘ldan brogan inson Budda yo‘lini tutadi. Buddaviylik ta‘limoti asosan uch amaliy qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik. 1. To‘g‘ri tushinish; 2. To‘g‘ri niyat qilish; 3. To‘g‘ri o‘zini tutish; 4. To‘g‘ri anglash; 5. To‘g‘ri harakat qilish; 6. To‘g‘ri muomalada bo‘lish; 7. To‘g‘ri fikr yuritish; 8. To‘g‘ri gapirish; Axloq normalari – Budda ―Pancha Shila‖ nasihati: 1. O‘g‘irlikdan saqlanish; 2. Gumrohlikdan saqlanish; 3. Yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish; 4. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish; 5. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish; 6. O‘yin – kulgidan saqlanish; 7. Zebu – ziynat, atir – upalardan saqlanish; Donishmandlik – bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo‘lib, narsalar tabiatini to‘g‘ri tushinish. Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim ―Xinayana‖ (kichik g‘ildirak) va ―Maxayana‖ (katta g‘ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi. Xinayana ta‘kidlashicha dxarmalar tabiatini o‘rganish va nirvanaga erishish ma‘naviy yo‘l bilan bo‘ladi. Bu yo‘l juda og‘ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o‘rganishi, anglashi mumkin deydi. 

3-MAVZU. Jahon dinlari: BUDDIZM VA Xristianlik

Reja:

1. Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti



2. Buddizmdagi oqimlar

3. Xristianlikning vujudga kelishi, ta’limoti

4. Xristianlikdagi asosiy oqimlar
Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bо‘lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma’noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma’noda kо‘p marta ilohiy tug‘ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yо‘lini kо‘rsata oladigan odam bо‘lgan.

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U vafot etgandan sо‘ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan. U ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug‘idan bо‘lgan eng obrо‘li Shakya qabilasini tanlagan. Ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga kо‘ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining о‘g‘li bо‘lib, u befarzand bо‘lgan, ammo uning xotini g‘oyibdan homilador bо‘lib, 45 yoshida о‘g‘il tuqqan. Bola tug‘ilganda mо‘jiza yuz bergan. Tabiiy hodisalar - yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan. Uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar. Chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qо‘yganlar. U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan.

Sidxartxaning otasi о‘g‘lini din yо‘liga bag‘ishlashga rozi bо‘lmay, unga yaxshi ma’lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday qiyinchilik kо‘rmay о‘sgan. Sidxartxa о‘spirinligidayok о‘zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U kasal yotgan kishini, о‘likni kо‘rgach hayotning mohiyati, maqsadi, og‘irliklari, kasallik va о‘lim bilan bog‘liqligini о‘ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligani anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yо‘liga kirgan. Bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutulish yо‘lini topmoqchi bо‘lgan. Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" yegasi bо‘lganligi ma’lum bо‘ldi. Shundan sо‘ng u Budda deb nom oladi. ("budda" sо‘zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma’noni anglatadi). Shu tariqa unda ulug‘vor haqiqat siri ochilgan, ular buddaviylik ta’limotiga asos qilib olingan.

Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlaridan izlash va topish lozim.

Qadimgi Hindistonda buddaviylik shakllanganga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, о‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, xarbiylar, о‘rta tabaqaga - dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, xizmatkor, chо‘rilar kiritilar edi.

Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bо‘lgan. U braxmanlikni jonning kо‘chib yurishi, jannat va dо‘zax qaqidagi aqidalarni saqlab qolgan. Buddaviylik Braxmanlikni jamiyatning tabaqalarga bо‘linishi tо‘g‘risidagi ta’limotga qarshi chiqib, barcha kishilar e’tiqodda teng huquqli deb e’tirof etgan. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi goyasi odamlarning kastalarga bо‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol’ о‘ynagan. Ayni paytda buddaviylik kishilar "azob-uqubat" chekishda va undan xalos bо‘lishda ham tengdirlar deb hisoblangan.

Buddaviylik diniy ta’limotining asosiy manbai muqaddas kitob - "Tripitaka" (Uch savat donolik) deb atalgan. Bu ta’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan deyiladi. Birinchi savat -Vinoyapitana (pand - nasihatlar, axloqiy meyorlar); ikkinchi savat Sutgapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat Abxidhammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni) lardan iborat.

Markaziy Osiyo xalklarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddaviylik muayyan о‘rin egallagan. U zardushtiylik dini ta’sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bо‘lgan. Buddaviylik miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan. Keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo xamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida rо‘y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar - urug‘-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bо‘lishi bilan bog‘liq edi. III-asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashoka) ning faol qо‘llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida yagona bо‘lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi-singxa) va diniy aqidachilik shakllangan.

Buddaviylikning Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan g‘rek-baqtriya podshohligining о‘rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga tо‘g‘ri keladi.

Kushon imperiyaoi о‘zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, ehtimol Uyg‘uristonni ham о‘z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddaviylik Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yо‘li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan.



Keyinga о‘n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tahmin qilish mumkinki, yaslomgacha bо‘lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyo g‘oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddaviylik faqat maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag‘al deqqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddaviylikni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqpari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar kurganlar.

Buddaviylik bilan bog‘liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim о‘rin egallaydi. Buddaviylik bilan bog‘liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham Shimoliy Qirg‘iziston, О‘zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, Tojikistonda va Qozog‘iston janubida mavjuddir. Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g‘or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta tepalik bо‘lib, unga qumtoshli g‘or binolar о‘yib solingan, yer ustida binolar barpo etilgan, bularning hammasi bir butun uyg‘un bо‘lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohligida buddaviylikning muhim ahamiyatga ega yekanligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg‘a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni о‘rganishlar qoratepaning milodning I asr oxiri va II asrning boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar О‘rta Osiyoga kirib kelganlaridan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi.
Download 12,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish