Bog'liq 12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi
Investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklar YUqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklarning quyidagi guruhini keltirish mumkin:
Loyiha ishtirokchilari riski- bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyixa ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasining pastligi, moliyaviy holatining nobarqarorligi, ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha sug‘urtalanmaganligi natijasida kelib chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning etarli tajribaga ega emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Loyixa smeta qiymatining oshish riskigaquyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi va boshqalar.
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyasiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtashi mumkin. Kapital qurilish bilan bog‘liq risklar quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
loyiha - smeta hujjatlaridagi xatolar tufayli;
mutaxassislar malakasi etarli bo‘lmaganligi sababli;
fors- major holatlari;
qurilish materiallar, texnologik mahsulotlarning sifati pastligi sababli;
shartnoma shartlari buzilishi tufayli;
ta’minotning kechikishi tufayli va h.k.
Ish va ob’ekt sifatining pastligi riskipudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo‘ladi. Bu harajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‘shimcha harajatlar qilish kerak bo‘ladi.
Konstruksion va texnologik risk. Konstruksion risk - bu investitsiya bosqichidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha xujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu xujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya harajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi.