12.2. Xo'jalik yurituvchi sub’ektning innovatsioninvestitsion strategiyasini shakllantirish Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish va modernizatsiyalash faqat iste’molchilaming ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirish nuqtai-nazaridan emas, balki yakuniy mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi moddiy va mehnat xarajatlarini qisqartirish hisobidan XYuS daromadini oshirish uchun ham muhim hisoblanadi.
Bozor sharoitida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun ular taraqqiyotning eng ilg‘or tendensiyalariga muvofiqligini aniqlash, ularni amalga oshirishning strategik yo'nalishlarini qidirib topish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan bozor samaradorligi va ish sifatining ijtimoiy-aruriy ko'rsatkichlarini ta’minlay olmaydigan ishlab chiqarishning past texnik-texnologik darajasiga iqtisodiy jihatdan yo‘l bermaydi. Ana shu shartga rioya qilingan holdagina iste’molchilaming ehtiyojlarini qondirish, ratsional nisbatlarga erishish, ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liqroq foydalanish va resurslami tejab-tergashga imkoniyat tug‘iladi. Ana shu muhim vazifani yechishga bozorning barcha iqtisodiy mexanizmi, shu jumladan baholar, soliqlar, kredit, bank foizi va boshqalar yo'naltirilgan bo'lmog'i lozim. Bunda iqtisodiyotning ijtimoiy sohasini yuqori sur’atlarda rivojlantirish, bosqichma-bosqich kishilaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirishga o'tish juda muhim.
Qattiq pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tadbiq etilishi, amaliyotning ko'rsarishicha, inflyasiya sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin, lekin bu narsa sifat jihatidan iqtisodiy o'sishga o'tishning, faol tuzilmaviy qayta qurishning va ishlab chiqarish taraqqiyotining investitsion jihatdan ta’minlashning mustahkam yo'nalishi bo'lolmaydi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuviga moliyaviy va investitsion bozorlaming shakllanishi o'zining
katta ta’sirini ko'rsatadi. Bu yerda o'z qo'lida juda katta texnologik va resurs salohiyatini mujassamlashtirgan yirik koiporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlari tomonidan qattiq raqobat namoyon bo'ladi. Bu salohiyatdan samarali korporativ foydalanish mexanizmlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarish, mamlakatning tashqi bozorlarga chiqishi bilan bog'liq bo'lgan strategik vazifalarning yechilishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi.
XYuSlarning innovatsion strategiyasi uchun ular investitsion faoliyatini rag'batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu samarali moliya-kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita bog'liq. Shuningdek, bu yerda xo'jalik faoliyatini rag'batlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning investitsion sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarishning barcha sikli va investitsion sohasining dinamikasini qamrab oluvchi asosiy prinsiplarni har bir XYuSda ishlab chiqish juda muhim.
Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni yangilash loyihalari davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash yo'li orqali va bir vaqtning o'zida bozorning o'z-o'zini tartibga soluvchilarining ta’siri ostida amalga oshirilmog'i lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning yangi texnikasi va ilg'or texnologiyasi faqat «innovatsiyalar - investitsiyalar- tarkibiy qayta qurish» bloklarining organik jihatdan bog'liqligi sharoitida yuqori natijalami berishi mumkin. Muammoni hal etishga bunday yondashuv korporatsiyalar, firmalar va XYuSlarning faqat uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o'rta muddatli davrda ham ishlab chiqarish- tijoriy faoliyatida integral samaraning o'sishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy jihatdan qayta qurishning informatsion qismi ham o'sib boruvchi ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay bozoriy transformatsiyalashuviga bog'liq asosiy yo'nalishlarini dasturiy ta’minlashning informatsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish-texnologik qarorlari qabul qilishni, buyurtmalar portfelini shakllantirishni va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni murakkablashtiradi.