12-Mavzu: Intellektual kamchiligi bo`lgan o`quvchilarga ta`lim berish metodlari Yordamchi maktablarda o'qitish uslubining qo'llanish xususiyatlari



Download 51,15 Kb.
bet4/5
Sana22.07.2022
Hajmi51,15 Kb.
#836923
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-Mavzu

5. Tekshirish va baholash darslari. Yordamchi maktab o'qituvchьari bunday
darslami o'rganilayotgan mavzu o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganiga ishonch
hosil qilgandan so'ng o'tkazadilar. Bunday darslar og'zaki, so'roq shaklida yoki
yozma ish shaklida o'tkazilishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan har
bir dars turida, uning tuzilishida umumiy elementlar mavjud bo'ladi. Biroq
dars turidan qat'i nazar, yordamchi maktabdagi darslar bir qancha qism:
tayyorgarlik, asosiy va xulosa qismlaridan iborat bo'ladi.
Tayyorgarlik qismining maqsadi o'quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga keltirish, ularni o'quv jarayoniga kirishishiga imkon yaratishdan iborat. Darsning bu qismi bir qancha elementlardan: a) o'quvchilar ishini uyushtirish va darsga tayyorlash; b) darsdagi mashg'ulotlarga o'quvchilarni psixologik tayyorlash; d) o'quvchilarning darsga didaktik tayyorgarligidan tashkil topadi.
O'quvchilarni o'quv ishiga tayyorlash uchun o'qituvchi ular diqqatini faollashtiradi, yordamchi maktab o'quvchilarining asab sistemasini optimal holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bog'liq bo'lishi kerak. Mazmunga ko'ra ular har xil bo'ladi: rasmlarni, buyumlarni ko'rish, ular to'g'risida suhbat o'tkazish. Nutq bilan bog'langan o'yinlar, ertak va hikoyalar eshitish, buyumni tanish, tasniflash, ajratish bo'yicha amaliy topshiriqlar, diafilmlar namoyish qilish.
Sinfda o'qituvchining uy vazifasini tekshirishi, o'tilganlarni takrorlash asosida yangi materialni o'zlashtirishga o'quvchilarni tayyorlashi katta ahamiyatga ega. Bu darsning tayyorgarlik bosqichiga jonli kirishib, o'quvchilarga savollar berib, mustaqil bajarilgan ishlarni ko'z yugurtirib tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil qilinadi. Tekshirish qaysi shaklda olib borilmasin, u yangi materialni o'rganishga kirishishda katta ahamiyatga ega. O'quvchilarning didaktik, psixologik tayyorgarligi ularni faqat yozuv asboblari bilan, ko'rgazmali qurollar bilan ta'minlash bilangina belgilanmay, balki dars mazmunini aniq ta'riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o'qituvchi bolalarga ular darsda nimani o'rganganlarini va buning amaliy ahamiyatini tushuntiradi.
O'quvchilarni yangi material bilan tanishtirish, uni o'rganish, sistemalashtirish va o'tilganlarni chuqurlashtirish, bilim, ko'nikma va malakani mustahkamlash va o'quv materiallarini takrorlash—bularning hammasi darsning asosiy qismiga kiradi.
Darsning yakunlovchi qismida esa o'quvchilarning ishlari baholanadi va ular mustaqil ishlarga jalb etiladi, ya'ni ularga uy vazifalarini bajarish bo'yicha aniq yo'llanmalar beriladi. Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim, chunki uy vazifasi dars davomida qoiga kiritilgan bilim, ko'nikma va malakani mustahkamlash va kengaytirishga, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga, ularda o'z-o'zini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi. Biroq rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo'lgan uy vazifasi, sinfda bajarilgan ishning davomi sifatida qaralganda va o'quvchilar uni mustaqil bajarishlari mumkin bo'lgandagina shunday hisoblanadi. Uy vazifalari o'quvchilarni qiyinchiliklami yengishga, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishga va mashqlami bajarishda eng unumli yo'lni topishga o'rgatishi lozim.
O'qituvchi o'quvchilarga uy vazifasini tushuntirib, uni bajarish yo'llarini ko'rsatib berishi kerak. Ba'zida butun sinfgagina emas, balki ayrim o'quvchilarga alohida tushuntirib, individual vazifalar harn topshiriladi. Bundan tashqari, I.G.Yeremenko darsning yakunlovchi qismida ish joyini tartibga keltirish, nafas olish uchun jismoniy mashqlar bajarish, didaktik o'yinlar, topishmoqlar topishni uyushtirishni tavsiya qiladi. Yordamchi maktabda qaytarish darsning zaruriy elementi bo'lib hisoblanadi. Qaytarish bola materialni esidan chiqarmasdan oldin bajarilishi kerak. A.N.Graborov iborasiga ko'ra, qaytarish — unutishning oldini olishdir. Shuning uchun yordamchi maktablardagi darsning har bir bosqichi, awal o'rganilgan bilimni yangi shakllarda qaytarish bilan, bilimni amaliy qo'llash jarayonida qaytarish bilan bog'liq bo'lishi kerak. Shunga ko'ra A.N.Graborov o'ziga xos, ammo majburiy bo'lmagan, qaytarish alohida o'rin tutgan dars tuzilishini taklif qiladi:

  1. Dars o'quvchilar tajribasini safarbar qilish bilan boshlanadi.

  2. Bu tajriba sistemalashtiriladi.

  3. Mavzu bo'yicha yangi material bayon qilinadi.

  4. Yangi va o'tilgan material orasida aloqa o'rnatiladi.

  5. Material takrorlanadi.

  6. Yangi qoidalarga misollar o'ylab topiladi.

  7. Material umumlashtirilib, yakunlovchi qaytarish o'tkaziladi.

  8. O'quvchilar ongida materialni mustahkamlovchi uy vazifasi beriladi. Yordamchi maktablardagi qaytarish o'zgaruvchan xarakterda bo'lib,

u bolaning rivojlanishiga imkon yaratishi kerak. U ayni o'tiladigan mavzu bo'yicha o'quvchilarda qanday ko'nikma va malakani ishlab chiqishi kerakligini, mustaqil ish turlarini belgilashi kerak. Darsga tayyorgarlik jarayonida o'qituvchi alohida e'tibor talab qiladigan o'quvchilarni belgilab, awaldan ular uchun alohida savol, uy vazifalari va topshiriqlar tayyorlab, uni o'quvchilarga tushuntirib, bajarish usulini ishlab chiqadi, ayrim o'quvchilar uchun individual topshiriqlar tanlaydi. Tayyorlanish davrida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasini hisobga olish va tekshirish usullari va turlari harn ishlab chiqiladi.
O'qituvchi dars rejasini tuzadi, agar o'quv materiali mazmuni talab qilsa uning qisqacha konspektini harn oladi. Bizningcha, dars rejasida quyidagi elementlar o'z aksini topishi kerak:
1. Dars mavzuining nomi.
2. Darsning asosiy didaktik maqsadlari, ta'limiy, tarbiyaviy va
nuqsonni tuzatish vazifalari.
3. Darsda foydalaniladigan jihozlar.

  1. 4. Darsning tuzilishi, ya'ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini,
    ularning ketma-ketligi va o'tkazish uchun ketadigan vaqtni taxminan
    aniqlash.Yangi materialni o'rganish, mustahkamlash, takrorlashga oid va navbatdagi mavzularni o'rganishga oid ishlarning mazmuni.

  2. Darsning har bir qismida bajariladigan o'quv ishining metod va usullari.

  3. Darsning borishida o'quvchilar olib boradigan individual ish so'ralishi kerak bo'lgan o'quvchilarning familiyalari.




  1. O'quvchilar bьimini baholash.

  2. Uy vazifasi.




Download 51,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish