Mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi
Vino (Iitr)
|
Mato (metr)
|
Angliya
|
12
|
6
|
Portugaliya
|
8
|
1
|
Ixtisoslashuv va savdo tufayli jahon yalpi mahsulotini ko‘paytirish mumkin (agar Angliya ko‘p mato va kam vino ishlab chiqarganidagi va Portugaliya kam mato va ko‘p vino ishlab chiqarganidagi foyda va zararlami aniqlasak). Angliyada mehnat resurslarining vino sanoatidan to‘qimachilik sanoatiga ko‘chib o‘tishi mato ishlab chiqarishni 6 metrga ko‘paytiradi va vino ishlab chiqarishni 12 litrga qisqartiradi. Portugaliyada 2 mehnat birligining vino sanoatiga o‘tkazilishi vino chiqarishni 16 litrga ko‘paytiradi va mato chiqarishni 2 metrga pasaytiradi. Bu ikki mamlakatdagi mehnat resurslarining ko‘chishidan keladigan sof naflilik vino bo‘yicha 4 litmi (16-12) va mato bo‘yicha 4 metmi (6-2) tashkil qiladi. Bir-birini o‘zaro ta’minlaydigan narxlami o‘matish juda oson. Biz qiyosiy ustunlik tamoyilini namoyish etish uchun Angliyada unumdorlikni ko‘targanimizda, Angliyadagi ichki narxlami o‘zgartirmadik: 16.1.va 16.2 jadvallar ma’lumotlari bizga Angliyada 2 litr vino 1 metr matoga teng kelishini aniqlashga imkon beradi. Angliya ham, Portugaliya ham savdodan 7,9 litr vino 1 metr mato uchun va 2,1 litr vino 1 metr mato uchun oralig‘idagi narxlarda foyda olishlari mumkin.
Raqobat ustunligi nazariyasi
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o‘rinda turadi. Jahon bozorida peshqadamlikni qo‘ldan bermaslik uchun yuqori sifatli mahsulotlami taklif qilish va baholi raqobatga bardosh berish qurbiga ega bo‘lish kerak. Shu narsa ayonki, hech bir mamlakat tovar va xizmatlaming barcha turlari bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi mumkin emas. Hech bir mamlakat o‘zi uchun mumkin bo‘lgan raqobatdagi ustunlikni doimo saqlab turishga kafolat bera olmaydi. Raqobatdagi ustunlikka erishish ilm-fan, texnika, texnologik yangiliklar asosida qoiga kiritiladi va keskinlashib boradi.
Alohida firmalar qoiga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan foydala-nish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ishni samarali olib borish yoii bilan ushlab turadi.
Davlatning raqobat ustunligini yaratishdagi qoilab-quwatlashi, o‘zgamv-chan va samarali tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat korxonalar faoliya-tini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirishga, qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan. Chet el raqobatchilari oldida ustunlikni qoiga kiritish va ushlab turishni korxonalar o‘zlari amalga oshirishi kerak.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar
Garbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ulaming ahvoli og‘ir bo‘ladi. ochlik-yalang‘ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'armalar paydo bo‘lishiga to'siqdir va kapital qo‘yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o‘sishiga yoi bermaydi, kambag‘allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsiz rivojlanish). Bu og‘ir ahvoldan chiqishning birdan bir yoii - tashqi «turtki yoii» hisoblanadi. Minimum kapital qo‘yilmalaming asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o'sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo‘yilmalar miqdori ma’lum kritik darajadan yuqori bo'lishi kerak, shu bilan turg‘unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Garbdagi ko‘p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka qaram mamlakatlari bilan metropoliya o‘rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo‘lmagan, noekvivalent almashuv yo‘li bilan qo‘shimcha boylik orttirish imkoni bo‘lgan. Ilgari mustamlaka bo‘lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko‘p vaqt davomida ko‘p jihatdan bog‘liq bo'lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo‘lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma’qul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo‘q, chunki an’anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlami almashib olish mumkin. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo‘l tutdi, faqat o‘z xomashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xomashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ham ustun hisoblanadi.
Ba’zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlaming «industrlashtirish» nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va boshqalaming fikricha shaxsiy iste’molni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni moliyalash uchun jamg‘armalar yetarli emas, davlat soliq tizimi orqali iste’molni majburiy yo‘l bilan qisqartirish kerak. Ayrim hollarda «me'yordagi inflyatsiya»dan foydalanish taklif etiladi.
0‘tish davri mohiyati, uning obyektiv zarurati
Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishda maxsus o‘tish davri zarur bo‘lib, bu davming mazmuni va asosiy belgilarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlaming alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri -ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalami qaytadan ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zamr qilib qo‘ydi. Chunki bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li -ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti, deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilma-xil bo‘lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
0‘tish davrining asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi to‘rtta asosiy turga bo‘linadi:
rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;
sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li.
Bu yo‘llar turli-tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjud. Ulaming umumiyligi shundaki, bu yo‘llaming hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlami birdaniga va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya»), deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlami bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish umkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyutsion yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlaming milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu bois bozor iqtisodiyotining rna'lum andozalari ulami amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ikkita muhim kamchiligi mavjud:
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi;
xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi, biroq bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlami tizimiy islohotlar, deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
0‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish bu xo‘ja!ik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U
butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga oladi:
-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
-resurslaming markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
-narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;
-ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |