12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Ekskursiya texnologik xaritasining namunasi



Download 11,96 Mb.
bet50/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Ekskursiya texnologik xaritasining namunasi:



Marshrut

To‘xtash joyi

Ko‘rsatiladigan ob’ektlar

Vaqt

Mavzuostilar va asosiy yoritiladigan savollar

Tashkiliy ko‘rsatmalar



Uslubiy ko‘rsatmalar

1

2

3

4

5

6

7

Universitet xiyoboni

Yo‘l- yo‘lakay

Amir Temur haykali

10 daq.

Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati va uni shahar taqdirida tutgan o‘rni haqida hikoya qilish

Avtobusning sekin harakati davomida hikoya qilinadi.

Sharhlash usulidan foydalanib, Amir Temur shaxsiyatiga tavsif beriladi, hikoya va ob’ektni ko‘rsatish uyg‘unligiga rioya qilinadi.

Ruhobod ko‘chasi

Maqbara yonida
to‘xtash

Amir Temur maqbarasi

30 daq.

Temuriylar sulolasi maqbarasi
1) maqbara qurilishi tarixi;

2) maqbaraning devoriy bezaklari;


3) Temuriylar
maqbarasi tarixi

Guruh avtobusdan tushadi, maqbara darvozasi oldida yig‘iladi.

Guruh ichkariga kiritilib, devorlarga yaqin joylashtiriladi.


Barcha qabrtoshlar ko‘rinib turishi uchun guruh qulay joylashtiriladi.



Shaxzoda Muhammad
Sulton maqbara(madrasa) va xonaqosi so‘zli rekonstruksiya qilinadi. Tushuntirish usuli yordamida maqbara qurilishi tarixi haqida hikoya qilinadi.
Tasvirlash usuli yordamida gumbazning ichki qismi, devordagi yozuvlar, qandil
haqida hikoya qilinadi.
Ekskursiya ma’lumoti usuli yordamida Temuriylar sulolasi haqida hikoya qilinadi.
Amir Temur qabrtoshi va o‘g‘illari, nabiralari va ustozi Mirsaid Baraka qabr toshlari ko‘rsatiladi.

Ruhobod ko‘chasi

Maqbara yonida to‘xtash

Ruhobod maqabarasi

20 daq.

Shayx Burxoniddin Sog‘arjiy

  1. Burxoniddin

Sog‘arjiy shaxsiyati

Guruhni maqbara gumbazini ko‘rish mumkin bo‘ladigan joyda to‘planadi.

Taqqoslash usuli yordamida Ruhobod va Amir Temur maqbarasi taqqoslanadi.
Burxoniddin Sog‘arjiy, xotini va o‘g‘illari qabrtoshi ko‘rsatishda ekskursiya ma’lumoti usulidan foydalaniladi.

Registon ko‘chasi

Registon maydoni yonida to‘xtash

Registon maydoni

45 daq.

Registon maydoni savdo, hunarmandchilik va ilmiy markaz sifatida
1) Ulug‘bek madrasasi
2) Sherdor madrasasi
3) Tillakori majmuasi

Guruh avtobusdan tushadi va maydonni panoramali ko‘rsatish uchun maxsus joyda yig‘iladi. Madrasalar quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi va hikoya qilinadi:
1.Ulug‘bek.
2. Sherdor.
3.Tillakori

Ob’ektlarni ko‘rsatishda quyidagi usullardan foydalaniladi: maydonni panoramali usulda ko‘rsatiladi.
Maydon, madrasaning funksional mohiyatini voqealarni jonlantirish usuli yordamida yoritiladi.
Hikoya qilishning quyidagi usullaridan foydalaniladi. Madrasa, hujralarning tashqi ko‘rinishini tasvirlash usuli bilan hikoya qilinadi.
Har uchala madrasaning farqli jihatlarini hikoya qilishda tavsiflash usuli yordamida hikoya qilinadi.
Savol- javob usuli yordamida ekskursantlar faollashtiriladi.















Texnologik xaritaning samaradorligi barcha grafiklarni to‘liq to‘ldirilishiga bog‘liq. Odatda ishlanma hajmi ekskursiya ob’ektlari va mavzuostilari soni, davomiyligi, masofasidan kelib chiqib kompyuterda terilgan 6-12 bet bo‘ladi.
Texnologik xaritaning ekskursiya marshruti grafasida ekskursiya boshlanishi nuqtasi va birinchi mavzuosti tugashi joyi yoziladi.
To‘xtash joyi grafasida marshrutda ekskursantlarni avtobusdan tushishi rejalashtirilgan nuqtasi yoziladi; avtobusdan tushmasdan oynadan ob’ektlarni kuzatish yoki piyoda ekskursiyada to‘xtash nuqtasi yoziladi.
Ko‘rsatiladigan ob’ektlar grafasida to‘xtash joylarida guruhga ko‘rsatiladigan joylar, asosiy va qo‘shimcha ob’ektlar yoziladi.
Ekskursiya davomiyligi grafasida ma’lum ob’ektni ko‘rsatish, hikoya qilish va ekskursantlarning marshrut bo‘ylab keyingi to‘xtash joyigacha sarflanadigan vaqt ko‘rsatiladi. Bu vaqtlar summasi ekskursiyaning umumiy davomiyligini belgilab beradi.
Mavzuostilar va asosiy yoritiladigan savollar grafasi qisqa yozishmalardan iborat. Birinchi navbatda marshrutning shu kesimida, vaqtida yoritiladigan mavzuosti beriladi(uchinchi grafada keltirilgan ob’ektlar bo‘yicha). Shu yerda mavzuostini yorituvchi savollar shakllantiriladi. Mavzuostiga tegishli savollar soni beshtadan ortmasligi kerak.
Tashkiliy ko‘rsatmalar grafasida guruhning harakatlanishi, xavfsizligi, sanitariya gigiyenik talablar, memorial, diniy, tarixiy, madaniy ob’ektlarda o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar yoziladi. Tabiatni asrash va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ekskursantlarga qo‘yilgan talablar ham shu yerda ko‘rsatiladi. Bu grafada ekskursiyani olib borish texnikasiga kiruvchi barcha masalalar kiritiladi. Masalan, «guruh shunday joylashtiriladiki, barcha ekskursantlar binoga kirish yo‘lini ko‘rishsin», «ushbu to‘xtash joyida ekskursantlarga suratga tushirish uchun vaqt ajratiladi». Shahardan tashqaridagi ekskursiyalarda sanitar to‘xtashlar, tabiatni asrash bo‘yicha tavsiyalar ham shu grafada yoziladi. Ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladigan ekskursiyalarda ish joylardagi texnika xavfsizligi qoidalari, ekskursantlarga qo‘yilgan majburiy talablar, ob’ektni ko‘rsatish va hikoyadagi tanaffuslar joyi yoziladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar grafasi ushbu hujjatning yo‘nalishini belgilaydi, ekskursiyani olib borish uslubiyati bo‘yicha gidga qo‘yilgan talablarni shakllantiradi, ekskursiya jarayonidagi hikoyasi va ob’ektlarni ko‘rsatishning usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Mantiqiy o‘tishlar variantlari, «gid portfeli» materiallarini ko‘rsatish hamda ekskursantlar harakatini yo‘naltirish bo‘yicha gidga tavsiyalar beriladi(masalan, «hikoya tugaganidan so‘ng ekskursantlar ob’ektni mustaqil kuzatishlari mumkin», «gid .....terminlarni izohlashi kerak» va sh.k.).




    1. Download 11,96 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish