12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Ekskursiya ob’ektlarini baholash mezonlari



Download 11,96 Mb.
bet44/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

5.2. Ekskursiya ob’ektlarini baholash mezonlari

Ekskursiya xizmati amaliyotida ob’ektlarni baholashning aniq metodikasi ishlab chiqilgan. Bu metodikani qo‘llash ayniqsa, marshrutda tuzilishi jihatidan o‘xshash ob’ektlar bo‘lganda foydalanib, ularning ichidan mavzuni yoritishda eng qiziqarli bo‘lgani tanlanadi. Ekskursiya mavzusi uchun tanlangan ob’ektlarni baholashda quyidagi mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • ilmiyligi - ya’ni, ob’ektning ma’lum bir davr tarixi, mashhur arbob hayoti bilan bog‘liqligi, uning tasviriy qadr-qimmati, ekskursantni estetik tarbiyalash qobiliyatidir;

  • mashhurligi - ya’ni, ob’ektning aholi, turistlar orasida taniqliligi inobatga olinadi (masalan: Registon maydoni (Samarqand), Ichan qal’a (Xiva), Ark (Buxoro) va b.);

  • jozibadorligi – ya’ni, ob’ektning betakrorligi, binolar, tarixiy-madaniy yodgorliklarning o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. (Masalan: o’z davrida O‘rta Osiyoda eng baland minora bo‘lgan Buxorodagi 50 metrli Minorai Kalon). Ushbu binoda, yodgorlik o‘rnatilgan joyda tarixiy voqea sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin( «Buyuk Ipak yo‘li» karvon yo‘li, Shoxi Zinda ansambli, dunyoda atigi 5 dona bo‘lgan astronomik stansiyalardan biri «Kitob» astronomik stansiyasi). Tabiatdagi tabiiy ko‘rinishdagi jozibadorlik (Xatirchidagi Sangijumon toshi, Nuroboddagi Hazrati Dovud ziyoratgohi va sh.k.);

  • ta’sirchanligi - ya’ni, ob’ektning tashqi jilosi, uni atrofdagi bino-inshootlar, landshaft bilan uyg‘unligi inobatga olinadi.

  • saqlanganligi- ya’ni, ekskursantlarga ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan ob’ektning hozirgi holati baholanadi.

  • joylashuvi - ob’ektlarni tanlashda ular orasidagi masofa, yo‘llar holati, guruhni joylashtirish uchun qulay joyning mavjudligi e’tiborga olinadi.

  • ob’ektni ko‘rsatishdagi vaqt cheklovlari – ya’ni, ob’ektlarni ko‘rsatishda mavsumiylikni, kunning ma’lum bir soatini, oyning ma’lum bir kunini hisobga olishni nazarda tutadi.

Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqishni pasayishiga olib kelmasligi uchun ko‘p sonli ob’ektlar bilan to‘ldirib qo‘yilmasligi kerak. Ekskursiya xizmatining eng optimal davomiyligi 2-4 soat bo‘lib, bu vaqt ichida ekskursant 10-20 ta ob’ektlarni ko‘rishi mumkin. Ekskursiya xizmatiga bitta ob’ekt (arxitektura yodgorligi) va ob’ektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, tabiiy ob’ektlar, muzey eksponatlari) kirishi mumkin. Ob’ektlar jamlanmasi ekskursiya mavzusi va ishtirokchilar tarkibidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro‘yxatida 7 mingdan ortiq tarixiy arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda esa 10 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda.
Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy yodgorliklarni ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar marshrutda yodgorliklardan tashqari boshqa inshootlar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorliklari kiritilsa bu ekskursantlar taassurotini boyitadi.
Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida ob’ektlarni joyida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zarur ma’lumotlarni kitob, albom, rasm kabi manbalardan olish mumkin. Gidning ekskursiya ob’ektini bevosita o‘z joyida o‘rganishi guruhni to‘g‘ri joylashtirishga, uni samarali ko‘rsatishga yordam beradi. Ob’ektlar tanlangandan so‘ng, har bir ob’ektga kartochka(pasport) tuziladi. Ob’ekt kartochkasi ma’lumotlaridan shu va kelajakdagi mavzularni tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
Ob’ekt kartochkasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  1. Ob’ekt nomi (dastlabki va zamonaviy ) shuningdek, aholi orasida ishlatiladigan nomi;

  2. Ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar, uning vaqti;

  3. Ob’ektning joylashgan joyi, uning pochta manzili, hududi (shahar, qishloq, sanoat tashkiloti);

  4. Ob’ekt tavsifi (borish yo‘li, muallifi, qanday materiallardan tayyorlanganligi, memorial taxtadagi yozuvi);

  5. Ob’ekt haqida ma’lumot beruvchi manbalar (adabiyotlar, arxiv ma’lumotlari, og‘zaki ijodiyot, bosmadan chiqarilgan asosiy ishlar va chiqarilmagan qo‘lyozmalar);

  6. Ob’ektning saqlanganlik holati(yodgorlik ahvoli va hududi, oxirgi restavratsiya va ta’mirlash ishlari sanasi);

  7. Ob’ekt qaysi tashkilot himoyasida;

  8. Ob’ekt qaysi mavzudagi ekskursiyalarda foydalaniladi;

  9. Kartochkani tuzish sanasi va tuzuvchining ismi, familiyasi.

Kartochkaga ob’ektning oldingi va hozirgi ko‘rinishdagi rasmi tikiladi. Tabiiy, arxitektura, arxeologik yodgorliklar kartochkasiga boshqa ma’lumotlar ham ilova qilinishi mumkin, masalan, me’moriy ob’ekt kartochkasiga u yerda yana haykal mavjudligi, devordagi yozuvlar va yodgorliklarning dekorativ bezaklari (ichki va tashqarisi), bino konstruksiyasi, texnik holati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi. Mintaqadagi barcha ekskursiya ob’ektlariga kartochkalarning mavjudligi yangi ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonini tezlashtiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ekskursiya xizmati jarayonida ob’ektlar mavzuni yoritadi, ekskursantlarning diqqat markazida turadi, gidning hikoyalarini isbotlaydi.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish