12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Ekskursiya ob’ektlarini baholash mezonlari



Download 11,96 Mb.
bet43/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Ekskursiya ob’ektlarini baholash mezonlari




5.1. Ekskursiya ob’ektlarini tasniflashning ahamiyati
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish uning asosiy elementi hisoblanadi. Ob’ektlarning to‘g‘ri tanlanishi, soni, ko‘rsatish ketma-ketligi ekskursiya xizmatining sifatiga ta’sir etadi. Ekskursiya xizmati ob’ektlari sifatida quyidagilarni tanlash mumkin:

  • xotira maydonlari – mahalliy xalq hayotidagi tarixiy voqea joylari, jamiyat va davlatning rivojlanishi bilan bog‘liq joylar va h.k.;

  • bino va inshootlar, memorial yodgorliklar - mashhur shaxslar hayoti, arxitektura yodgorliklari, turar joy va jamoat joylari, sanoat inshootlari va h.k.;

  • ko‘rgazmalar - davlat va xalq muzeylari, rassomchilik galereyalari, doimiy va davriy ko‘rgazmalar va h.k.;

  • arxeologiya yodgorliklari - shaharlar, qadimiy karvonsaroylar, qo‘rg‘onlar, yo‘llar, qo‘riqxonalar, sardobalar, kanallar va h.k.;

  • san’at asarlari - tasviriy san’at, dekorativ san’at namunalari, haykaltaroshlik, bog‘lar va h.k.

Demak, ekskursiya xizmati mavzusini yoritishga yordam beruvchi har qanday predmet, joy, shaxs, hodisa ekskursiya xizmati ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Ekskursiya xizmati ob’ektlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Tarkibiga ko‘rabir rejali (rassomchilik ishlari, ko‘llar, o‘simliklar, hayvonot bog‘lari) va ko‘p rejali (arxitektura ansambllari, o‘rmon, maydonlar, ko‘chalar);
Funksional vazifasiga ko‘raasosiy ya’ni, mavzuni yoritishga xizmat qiladigan va qo‘shimcha, asosiy ob’ektlarning biridan ikkinchisiga harakatlanish oralig‘ida ko‘rsatiladigan ob’ektlar.
Saqlanganlik holatiga ko‘rato‘liq saqlangan, bizning davrgacha ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan, qisman saqlangan, saqlanmagan.
Yangi ekskursiya mavzusi ustida ishlayotgan ijodiy guruhning vazifasi mavzuni to‘liqroq yoritadigan va tashqi ko‘rinishi bilan jalb qiladigan ob’ektlarni tanlashdir. Ob’ektlarning to‘g‘ri tanlanishi uni ekskursantlar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga va mavzuni to‘liq yoritishga yordam beradi. Imkon qadar har bir mavzuning o‘z ob’ekti bo‘lgani ma’qul.
Agar ob’ektning g‘aroyibligini hisobga olgan holda uni boshqasi bilan almashtirishni iloji bo‘lmasa, (Samarqanddagi «Registon» maydoni, Toshkentdagi «Mustaqillik» maydoni) unda ushbu ob’ektlar uchun alohida ekskursiya xizmatini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bu ob’ektlarni ko‘rsatish jarayonida ekskursiya mavzularida aytilmagan o‘ziga xos xususiyatlariga chuqurroq to‘xtalib o‘tiladi va ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonida mavzudan kelib chiqib, har safar turli hajmdagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shundagina bunday ob’ektlarni takroriy ko‘rish ekskursantlarda qiziqish yo‘qolmaydi.
Ekskursiya xizmati metodikasi ob’ektlarni ko‘rsatishda ketma-ketlikni ta’minlashni talab qiladi. Ob’ektlarni ko‘rsatishda gid harakatlarining ketma-ketligi taxminan quyidagicha bo‘ladi:

  • aniqlash, gid ekskursantlarga qanaqa predmet (ob’ekt) ko‘rsatilishini aniqlaydi;

  • tavsiflash, gid ob’ektning o‘ziga xos jihatlarini tavsiflaydi;

  • yaratilish maqsadi, gid ob’ektning mazmun mohiyati haqida hikoya qiladi;

  • ekskursiyali tahlil, taqqoslash, gid ob’ektning alohida qismlarini izohlab o‘tadi;

  • ma’lumot berish, gid yodgorlik, me’moriy inshoot muallifi, qurilgan yili, sababini hikoya qiladi;

  • tarixiy voqeani baholash, gid ob’ekt bilan bog‘liq voqea, hodisani hikoya qilib beradi, mohiyatini yoritadi.

Ob’ektlarni ko‘rsatishda sanab o‘tilgan bosqichlardan foydalanish taassurotlar kuchayishini ta’minlaydi, xulosa va umumlashtirishga yordam beradi.



Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish