12-mavzu: Dasturiy boshqarish tizimlari. Reja


Dasturiy boshqarish tizimlarining klassifikatsiyasi



Download 210,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.04.2022
Hajmi210,55 Kb.
#549745
1   2
Bog'liq
12m

Dasturiy boshqarish tizimlarining klassifikatsiyasi. 
Boshqarish tizimini yaratishning boshlang‘ich bosqichida ko‘p jihatdan 
bo‘lajak tizimning qiyofasini belgilovchi qarorlar qabul qilinadi. Asosiy 
masalalardan biri boshqarish tizimiga yuklanadigan vazifalarni aniqlashdan 
iboratdir. Bu masalani hal qilish texnologik jarayonni va boshqarish vazifalarini 
tahlil qilishga asoslanadi. Natijada quyidagilar aniqlanishi kerak: — jarayonni 
optimallashtirish imkoniyatlari va samaradorlik mezoni; — inson boshqarish 
vazifalarini bajara olmagan hollarda bevosita avtomatlashtirilishi kerak bo'lgan 
texnologik jarayon qismlari (masalan, boshqarish tezligi bo‘yicha qattiq talablar 
bo‘lgani uchun); — faqat xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yordamida avtomatik 
qurilmalar ishtirokisiz boshqarish mumkin bo‘lgan texnologik jarayonlar qismlari; 
— boshqarilishi insonga yuklanishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayon qismlari, 
lekin bunda ular u yoki bu hollarda optimal amalga oshirilmaydi. Hamma masalalar 
uchun va dastawal odam ishtirokida hal qilinadigan masalalar uchun tizimning 
axborot vazifalarini aniqlash zarur, ya’ni qaror qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan 


yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga m a’lumot uchun beriladigan axborotni 
berishning umumiy hajmi va shakli. 
12.2-rasm. Avtomatlashtirilgan boshqarishni markazlashtirishning turli darajalariga 
misol. 
Tizimning vazifalarini aniqlash uchun birinchi yaqinlashishda avtom 
atlashtirilgan boshqarishni markazlashtirish darajasini ham aniqlash zarur, ya’ni 
hamma vazifani BHMga va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga yuklash (3- rasm, a), 
yoki mustaqil ishlay oladigan yoxud BHM dan boshqarilishi mumkin boigan (3-
rasm, b) mahalliy avtomatik qurilmalarga qoldirish ham zarur.
Tizimning vazifalari belgilangandan so‘ng bu vazifalarning qaysi biri 
texnologik jarayon uchun muhim va javobgarli ekanini aniqlash lozim. Tizimning 
hamma vazifalarini ulaming muhimligi va tizim bajarishi zarurligi darajasi bo‘yicha 
ko‘rib chiqish zarur, ya’ni ular orqasidan texnologik jarayonni tahlil qilish asosida 
va boshqarishning umumiy maqsadli vazifasiga ega bo’lib, biror afzalligini aniqlash 
zarur. Keyin ba’zi qiymati bo‘yicha baholar olish kerak:
— har bir boshqaruvchi va axborot vazifasi uchun talab qilingan amalga oshirish 
tezligi;
— boshqarishning hamma vazifalarini va har birini ayrim tizim tomonidan 
avtomatik amalga oshirib boim aslik maksimal vaqti;
— u yoki bu vazifani bajarish ishonchliligi bo‘yicha tizimga qo‘yiladigan taxminiy 
talablar.
Boshqarish obyekti xususiyatlariga bog’liq bolmagan holda TBJAT ga odatda 
quyidagi vazifalar yuklanadi:
1) turli jarayonlarni m aium berilgan rejimda stabillash (rostlash);


2) obyekt mexanizmlarini texnologik jarayonning joriy holatiga bogiiq holda turli 
dasturlar bo‘yicha boshqarish;
3) avariyaga qarshi tadbirlarni, shuningdek, boshqarish obyektini shikastlanishdan 
himoya qilishni tashkil etish;
4) ishlab chiqarish jarayonini berilgan samaradorlik mezoni bo‘yicha 
optimallashtirish;
5) turli xil signallash, qayd qilish va shu kabilarni ko‘zda tutuvchi axborot vazifalari;
6) boshqarishning yuqori darajali nerarxiyalari bilan operativ aloqa. Bu 
vazifalarning hammasi odatda axborot tarzidagi va boshqaruvchi guruhlarga 
bo'linadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
Texnologik mashinalarning asosiy elementlari nimalardan tashkil topgan? 
2.
Dasturiy boshqarishning kamchiliklari? 
3.
Avtomatlashtirilgan boshqarishni markazlashtirishning qanday darajalari mavjud? 

Download 210,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish