12-mavzu: buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi. Reja: 1



Download 344,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana14.07.2022
Hajmi344,21 Kb.
#801590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12-Mavzu (1)

Xinayana
(sanskritcha "kichik arava" yoki najot topishning "tor yoʻli") — buddizmyaatsh (maxayana 
bilan birga) ikki asosiy oqimdan biri, uning monaxlik shakli. X.da sansara iskanjasidan xalos boʻlishga 
intiluvchining oʻzi qiladigan harakati asosiy ahamiyatga ega. X.ning asosiy qoidalari mil. av. 1-asrdan 
ilgariroq yozilgan matnlarda, shu jumladan, tripitakada bayon qilingan. 
Mahayana
(sanskritcha — katta arava, najot topishning keng yoʻli) — buddizmtt 2 asosiy oqim 
(xinayana bilan birga)dan biri. Milodning boshlarida keng tarqalgan. Mahayana ruhiy kamolot ahsiga 
rioya etuvchi, xudoga ilti-jo qiluvchi, rohiblarga inʼomlar berib yordam qiluvchi har qanday dindor najot 
topishi mumkin, deb hisoblaydi. Mahayana taʼlimotiga koʻra, dunyo — bir roʻyo, faqat nirvana realdir. 
Mahayanada jannat haqidagi taʼlimot muayyan oʻrin egallaydi. Mahayanaga koʻra, jannat bir nechta, ular 
Mahayana adabiyotida va lamalar vaʼ-zlarida mukammal va jozioali qilib taʼriflanadi, ikona va katta 
hajmli koʻrgazma maketlarda tasvirlanadi. Mahayanada Budda donishmand-ustozdan tipik xudoga 
aylangan. Mahayana Hindistondan tashqaridagi keyingi buddizmning , jumladan, lamaizmning bir necha 
maktablari va yoʻnalishlari uchun asos boʻlib xizmat qildi.
[1]
 
Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddada hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, 
deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin 
beradi. Budda taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. 
Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. 
Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam 
ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya 


(ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga 
(azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik 
bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Budda zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va 
Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. 
Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 
1) azob-uqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) 
mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos 
solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan asrlarda 
"oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni 
ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon 
soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) 
kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech 
narsa bilan tanani bezamaslik; 8)ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida 
qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. 
txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: 
rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq 
qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Budda — Buddaga ergashib, Dharma 
talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir. 
Budda tarixi 2500 yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit 
taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida B. kuchli mustaqil din sifatida 
shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va 
pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va 
Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va 
Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B. txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, 
Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo 
boʻlgan yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda 
oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va 
AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari 
hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Budda jamoalari tashkil topdi. 
Buddaning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud. 
Buddada kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va 
xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, 
yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi 
umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — 
rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar. 
20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning 
oʻzida ham B. dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi 
dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) 
tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan. 

Download 344,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish