MB bilan ish jarayonida ma’lumotlar butunligi muhim o‘rin tutadi. Ma’lumotlar butunligi deganimizda, ma’lumotlaming to‘g‘riligi va mazmunan qarma-qarshi ma’noga ega emasligi tushuniladi. Masalan, “o‘qituvchi” jadvalidagi har bir o‘zgarish “Yuklama” jadvalida ham qayd etilishi kerak. 0’qituvchining
“Yuklama" jadvalida qayd etilmasligi ma’lumotlar butunligini buzilishiga olib keladi.
Ko‘pchilik hollarada MBning ma’lumotlari butunligi saqlashni tashkillashtirish uchun tranzaksiyalardan foydalanishadi. Umuman olganda tranzaksiya - bu mantiqan bo‘linmaydigan ish birligidir.
Bu jarayonda:
yoki tranzaksiyaga kiruvchi barcha amallar MBda aks etadi;
yoki bu amallar umuman bajarilmaydi.
Tranzaksiyaning bu xususiyati butunlik shartining buzilmasligini ta’minlaydi.
Ko‘pgina MBBTda tranzaksiyalaming ikkita modeli ishlatiladi:
1. Tranzaksiyalarning avtomatik bajarilish modeli; 2. Tranzaksiyalarning bajarilishini boshqarish modeli.
Tranzaksiyalaming avtomatik bajarilish modelida, tranzaksiya avtomatik ravishda ishga tushadi va quyidagi usullardan biri bilan tugaydi:
COMMIT - bunda MBdagi o‘zgarishlar doimiy bajariladigan bo‘ladi va yangi tranzaksiya COMMIT buyrug‘idan so‘ng boshlanadi.
ROLLBACK - bunda tranzaksiyada bajarilgan barcha o‘zgarishlar bekor bo‘ladi va yangi tranzaksiya ROLLBACK buyrug‘idan so‘ng boshlanadi.
Tranzaksiyalarning bajarilishini boshqarish modeli SUBD Sysbase dasturida qo‘llanilib, quyidagicha foydalaniladi:
BEGIN TRANSACTION - tranzaksiyaning boshlanishini bildiradi.
COMMIT TRANSACTION - tranzaksiyaning muvaffaqiyatli tuganini bildiradi. Bunda yangi tranzaksiya avtomatik ravishda ishga tushmaydi.
SAVE TRANSACTION - bunda tranzaksiya ichida saqlash nuqtasi tashkillashtiradi va saqlash nuqtasiga nom berish imkoniyati yaratiladi.
ROLLBACK - bunda barcha tranzaksiyadagi amallar bekor qilinadi va MB holati tranzaksiyadan oldingi holatga qaytariladi. Shunday qilib, tranzaksiya - bu
MBga tugallangan murojaat bo‘lib quyidagi to‘rtta shartning bajarilishini kafolatlaydi:
Bo‘linmaslik (atomarnost) - tranzaksiya boshi va oxiriga ega bo‘lgan bo‘linmas blok. Bu blok yoki to‘liqligicha bajariladi, yoki umuman bajarilmaydi;
Kelishuvchanlik - tranzaksiya tugaganidan so‘ng, hamma ob’yektlar kelishganlik holatini saqlab qoladi;
Himoyalanganlik - har bir tranzaksiya jarayoni boshqa tranzaksiya ishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Doimiylik - tranzaksiya jarayonida bajarilgan barcha o‘zgarishlar doimiylik xarakteriga ega.