12-MA`RUZA. Sud biokimyosi va unda qo`llaniladigan tahlil usullari
Ma'ruza rеjasi:
1. Sud biokimyosining maqsad va vazifalari
2. Biokimyoviy tahlil usullari
3. Glikogenni biologik ob`yektlarda aniqlash reaksiyalari
Tayanch so`z va iboralar:
Sud biokimyosi
Sud biokimyosi organizmning o`limdan keying jarayonlarni o`rganadi va postmortal tahlil deb nomlanadi. U qisqa vaqt ichida biokimyoviy izlanishlar asosida organizmning o`limdan keying ichki holatini yoritib beradi. Uning asosida o`limning aniq vaqti va sababi aniqlanadi. Bu esa jinoyat sababini aniqlashga yordam beradi.
Postmortal biokimyoviy diagnostika uchun ixtiyoriy biologik ashyolarni olish mumkin. Eng ko`p olinishi mumkin bo`lgan ob`yektlarga qon, peshob, pericardial suyuqlik, jigar va muskullardan olingan materiallar.
Qonning postmortal biokimyoviy tahlili uning tarkibida uglevodlarni aniqlashga asoslangan. Avvalo qondagi glyukoza miqdoriga e`tabor qaratiladi. Odatda tirik organizmning normal holatida qondagi glyukoza miqdori 3,3-5,5 mmol/l tashkil qiladi. Bu ko`rsatkich qabul qilinadigan oziqalarga bog`liq holda 10 mmol/l atrofida farqlanadi. O`limdan so`ng qondagi glyukoza konsentratsiyasi pasayadi. Bu eritrosidlardagi anaerob glikoliz jarayoniga ko`ra kechadi. Eritrosidlardagi glikoliz to`qimalardagiga qaraganda boshqacha kechadi, chunki ularda bisfosfogliseratmutaza fermenti mavjud bo`lib, u 1,3-bisfosfogliseratdan 2,3-bisfosfogliserat hosil bo`lishini katalizlaydi. Shu tariqa gemoglobinning kislorod bilan bog`lanishini nazorat qiluvchi modda hosil bo`ladi. Glyukoza eritrosidlar uchun asosiy energiya manbai bo`lgani sababli eritrosidlar glyukozani NADF hosil bo`lishida pentozofosfat sikli uchun ishlatiladi. U esa glyutationning oksidlanishida ishtirok etadi.
Anaerob glikolizdan so`ng laktat hosil bo`ladi, qaysiki qon plazmasiga chiqib, to`qimalarda qo`llaniladi. Qondagi glyukoza miqdori o`limning sababiga ko`ra o`zgarishi mumkin. Masalan, turli sabablarga ko`ra qon ketishi oqibatida glyukoza miqdori 1,2-3,14 mmol/l tashkil qiladi. Agoniya tezligi biokimyoviy ko`rsatkichlarga ta`sir ko`rsatadi. To`qimalarga yetkazilgan jarohatlar oqibatida bevaqt o`lim (tezkor sodir etilgan) holatida glyukoza miqdori uzoq muddat davomida yuz bergan o`limga nisbatan kamroq bo`ladi. Bunga sabab eritrosidlarning glyukozaga ehtoyoji ko`payadi, chunki jigardagi uning zahirasi tez tugaydi.qondagi qand miqdori standart glyukoksidaz test yordamida amalga oshiriladi. Natijalarning aniqliligini ta`minlash maqsadida qonni son venasidan (bedrennaya vena) olish maqsadga muvofiqdir. Qonni organizmning turli qismlaridan olgan holda glyukoza va laktatni aniqlab, o`lim sababi kasallik oqibatida yoki tashqi ta`sirdan bo`lganini aniqlash mumkin. Agoniyaning uzoq davom etishi qonda qand miqdorini 20-30 marta ko`p bo`lishiga olib keladi. Masalan, ko`z shishasimon tanasidan glyukoza miqdori aniqlanmasa inson o`zini osgan, yani suisid bo`lib, o`lim tez yuzaga kelgan, organism stressga uchramagan bo`ladi. Ko`z shishasimon tanasida glyukoza miqdori juda ko`p bo`lsa boshqa shaxs tomonidan bo`yinga arqon tortilgan bo`ladi. Bu jinoyatni isbotlaydi. Faqatgina qandli diabet holatida bemor o`lganda ko`z shishasimon tanasida glyukoza miqdori ko`p bo`ladi/ hayot uchun kurash qancha uzoq davom etgan bo`lsa, jigarda shuncha ko`p glikogenoliz jarayoni bo`ladi va qonda hamda ko`z shishasimon tanasida glyukoza miqdori ko`p aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |