12-ma’ruza. Gidrotеxnika inshootlarida sodir bo`ladigan favqulotda vaziyatlarni kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari


Gidrotexnika inshootlaridagi falokatlarning sabablari va turlari



Download 110 Kb.
bet4/8
Sana13.07.2022
Hajmi110 Kb.
#786915
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 ma'ruza

Gidrotexnika inshootlaridagi falokatlarning sabablari va turlari:
Gidrotexnik inshootlarning buzilishi juda kata hududlarni, jumladan: shaharlar va aholi yashash joylarni, sanoat tarmoqlarini va moddiy resurslarni suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, oqibatda juda katta ham ma’naviy, ham moddiy zararlarni olib kelishiga sabab bо‘ladi. Jumladan, suv urib ketgan inshootlar, avtomobil va temir yо‘llar, elektr va aloqa uzatish simlarining zararlanishi, chorva mollari, qishloq xо‘jalik ekinlari hosili, ekinzorlar va boshqalarning nobud bо‘lishi, xom-ashyo, yoqilg‘i, oziq-oqat mahsulotlari, о‘g‘itlar va boshqa resurslarni yaroqsiz holga kelishi; aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish xarajatlari; yerlarning hosildor qatlamining yuvilib ketishi; suv bosgan hududlarda oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa kerakli mahsulotlarni olib kelish xarajatlari va boshqa salbiy talofotlarga olib keladi.
Bir qator gidrotexnika inshootlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida bo‘lib, yuqori darajadagi xavfli ob’ektlardir.
Bularning buzilishi juda katta hududlar, jumladan shaharlar va aholi yashash joylarini suv ostida qolishiga olib kelishi, natijada shoshilinch evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazishni talab etishi mumkin, bu esa o‘sha joylarni juda katta moliyaviy zarar ko‘rishlariga sabab bo‘ladi.
Gidrotexnika inshootlariga ularni buzilishiga olib keluvchi quyidagi emiruvchi kuchlar doimo ta’sir ko‘rsatib turadi: suv oqimi, tebranish, balchiq-cho‘kindilar, o‘zgaruvchi harorat, statistik va dinamik kuchlar, metall zanglashi, betonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, erning yuvilib ketishi va h.k. Shu sababli, vaqt o‘tgan sari, rejaga ko‘ra bajarish lozim bo‘lgan ta’mirlash ishlari amalga oshirilmasa inshoot emirilib, unga yondosh hududni suv bosish ehtimoli orta boradi. Tuzulishiga ko‘ra murakkab muhandislik inshooti bo‘lgan bunday qurilmalarni loyihalash va qurishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xam favqulodda vaziyatni sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Huddi shundan, ko‘p yillar oldin qurilgan bunday qurilmalarda, ularning uzoq muddatdan beri ishlatilib kelinayotgani uchun uskunalarning tabiiy yoyilishi va eskirishi tufayli ham nosozliklar kelib chiqishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga olib keluvchi sabablariga yana xavfli tabiat hodisalari, ya’ni tabiiy ofatlar (zilzila, ko‘chki, kuchli shamol, sel va h.k.) kiradi. Ularning ta’siri natijasida gidrotexnik inshootlar buzilishi, natijada ko‘lami turlicha bo‘lgan suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkin.
Ko‘lami va xarakteri qandayligiga qarab ehtimoli bor quyidagi favqulodda vaziyat bo‘lishi mumkin:
- to‘g‘on buzilgandagi toshqin - suvning bir qismi to‘g‘ondan o‘tib ketishi.
- suv bosishi - hududning asta-sekin suv ostida qolishi.
- halokatli suv bosishi - to‘g‘on buzilib, uni urib ketgan suv hududni shiddat bilan tez qoplab ketishi va toshqin sodir bo‘lishi.
Gidrotexnik xavfli inshootda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning shikastlovchi omillari va ko‘rsatgichlari: to‘g‘onni urib ketgan to‘lqinning balandligi - 2 va 20 m, tezligi 3-100 km/soat; to‘g‘onni urib ketgan to‘lqin cho‘qqisi va old tomonining etib kelish vaqti (to‘lqin tezligiga va joyning qancha oraliqda ekaniga qarab); suv bosish zonasining chegaralari (er yuzasi relefi qandayligiga qarab); suv bosishining maksimal va amaldagi chuqurligi (relefning qandayligiga, to‘g‘onni urib ketgan to‘lqinning balandligi qandayligiga qarab); suv bosish qancha davom etishi (bir necha soatdan bir necha kecha-kunduzgacha)dan iborat.
Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillari va ko‘rsatkichlari suv omborining o‘lchamlariga, to‘g‘onning balandligiga, urib ketgan to‘lqinning tezligi va balandligiga, er yuzasi qandayligiga va boshqa sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Suv bosish zonasi - hududning gidrotexnika inshootlariga tutash va suv tagida qolishi mumkin bo‘lgan qismi.
Favqulodda vaziyatni sodir bo‘lish ehtimolini tahminlash va unga baho berish.
Xavfli vaziyat o‘chog‘i bo‘lishi mumkin bo‘lgan gidrotexnika inshootlari va ularni buzilishi tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan suv bosish zonasi hududlari xaritalarga (rejalarga, sxemalarga) tushirilib, bunday ob’ektlarga xos ko‘rsatkichlar oldindan aniqlanadi.
Bu hujjatlar shu ob’ekt joylashgan hudud favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida va bo‘limlarida, shuningdek gidrotexnik xavfli ob’ektni quruvchi va ulardan foydalanuvchi vazirliklar (yoki idoralarda) va ularning joylardagi bo‘linmalarida turadi. SHu sababli oldindan tahminlashda falokat (yoki halokat)ning sodir bo‘lish ehtimolligi, ko‘lami va xarakteri hisobga olinadi
Ob’ektda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va uning ko‘lami quyidagi omillarga bog‘liq:
-inshootdagi suvning hajmi, to‘g‘onnning balandligi, qurilma mustahkamligi va h.k;
-ob’ektni buzilish darajasi va falokat ko‘lami;
-buzilish natijasida hosil bo‘lgan suv to‘lqini tavsifiga;
-ob’ekt joylashgan er yuzasi relefiga, qurilayotgan inshootlarni holati va miqdoriga, atrofda joylashgan bog‘lar, ekinzorlar va h.k.;
-favqulodda vaziyatni qaysi vaqtda bo‘lgani, yil fasli, kechasi yoki kunduzgi vaqti, ob-havo sharoiti va h.k.
-muhofaza inshootlari (aylanma kanallar, tanlamalar, ko‘tarmalar va h.k) mavjudligiga;
-ob’ektni boshqaruv tarkibini, boshqaruv organlarning, kuch va vositalarni tayyorgarlik darajasi;
-cheklangan xabar berish tizimining mavjudligi, ishlay olishi va samaradorligiga;
-favqulodda vaziyat chegarasida vaqt davomida avariya -qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarning mohirona boshqarilishi, uyushqoqligi va samaradorligi hamda aholining tayyorgarlik darajasiga bog‘liq.
Oldindan tahminlashda inshootdagi favqulodda vaziyat tufayli sodir bo‘lgan holat asosida inson hayoti xavfsizligiga zarar keltiruvchi holatlarni ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Jumladan, suv va er yuzasining turli zararli moddalar bilan ifloslanishi mumkinligi, yoki bo‘lmasa odamlar va hayvonlarning ommaviy kasallanishi, transport va energomagistral tizimlaridagi avariyalar, ko‘chkilar, o‘pirilishlar va h.k., imorat va inshootlarning chidamliligining yo‘qolishi, atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar, shuningdek halokat sodir bo‘lgan ob’ekt va joydagi aniq sharoitga bog‘liq boshqa salbiy oqibatlar.
Bulardan tashqari oldindan tahminlashda aholi orasidagi halok bo‘lganlar, bedarak yo‘qolganlar, shikastlanganlar, boshpanasiz qolganlar va h.k., qanchaligini hisoblab, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararga buzilgan, shikastlangan, ishdan chiqqan ob’ekt va inshootlar qanchaligini hisoblab baho beriladi; bundan tashqari, bevosita va bilvosita zararlar (ishlab chiqarishga aynan shu halokat etkazgan ziyon va shikastlanganlarni ta’minlash harajatlari) hisoblab chiqiladi.
Bevosita ko‘riladigan zararlar:
-gidrotexnik inshoot, imoratlar, avtomobil va temir yo‘llar, elektr uzatish va aloqa simlari, energotizimlar, sug‘orish tizimlari va h.k.buzilishi;
-chorva mollari, qishloq xo‘jalik ekinlari hosili, ekinzorlar nobud bo‘lishi;
-xom ashyo, yoqilg‘i, ovqat mahsulotlari, chorva ozuqalari, sanoat mahsulotlari, o‘g‘itlarni yo‘qotilishi va yaroqsiz holga kelishi;
- xavfsiz joylarga aholini vaqtincha evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni tashish xarajatlari;
- hosildor qatlam yuvilib ketishi va tuproq ustiga balchiq cho‘kib qolishidan iborat.
Bilvosita zararlar esa:
- ovqat mahsulotlarini, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish materiallari, texnika, chorva ozuqalarini sotib olish va shikast etgan joylarga etkazib berish xarajatlari;
-sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlab chiqarishni kamayishi hamda iqtisodiyotning rivojlanish sur’atini pasayishi;
- mahalliy aholining hayot kechirish sharoitini yomonlashuvi;
- suv bosish ehtimoli bor zonadagi hududdan unumli foydalanishning iloji yo‘qligi;
- shuningdek aniq mahalliy sharoitga bog‘liq boshqa noqulay omillardan iborat.
GTI ga quyidagi yemiruvchi kuchlar doimo ta’sir ko`rsatib turadi: suv oqimi, tebranishlar zirillashlar, balchiq cho’kindilar, o`zgaruvchan harorat, statistik va dinamik kuchlar, metal zanglashi, betonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, yerning uvilib ketishi va h.k.
Markaziy Osiyo hududida ma’lumotlarga ko`ra, qo`yidagi GTI ishlab turibdi: Qayroqum, Chordara, To`xtagul, Andijon, Karkidon, Tolimarjon, Nurek, Ragun va boshqalar.O`zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9 mlrd. 700 mln m3 suv sig`dira oladigan 53 suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv to`g`onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv inshootlari mavjud. Harbiy holat sharoitida yoki favqulodda vaziyat jarayonida ular ma’lum xavf to`gdiradilar. Masalan: Chorvoq suv omborida favqulodda vaziyat sodir bo`lib inshoot buzilsa, Toshkent viloyatining 25 km2 maydoni suv ostida qolishi mumkin, natijada, shu hududida joylashgan sanoat korxonalari moddiy zarar ko`radi.
Gidrotexnika inshootlarining ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida bo`lib, yuqori darajadagi xavfli ob’ektlardir. Bularning buzulishi juda katta hududlar, jumladan, shaharlar va aholi yashash joylarini suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, natijada shoshilinch evakuasiya tadbirlarini o`tkazilishini talab etadi, shuningdek, o’sha joylar iqtisodiga juda katta zarar yetkazishiga sabab bo`ladi.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish