12-ma’ruza. AVTOMATIKANING ESLAB QOLISH VA HISOBLASH USKUNALARI
Reja
Signalni yozish, saklash va tarkatish kurilmalari.
Katta ma’lumotlarni yozib oluvchi va saklovchi trigerlar.
Topshirish, takkoslash va teskari aloka funksiyalari.
Ma’lumotlarni saqlash qurilmalari Disketa - 1,4 Mb Kompakt – disk – 190-700 Mb DVD - 4,7 Gb Flash – 32Mb-1Gb CompactFlash – 512 Mb – kissali kompyuterlarda qo‘llaniladigan xotira MicroDrive – 5 Gb - kissali kompyuterlarda qo‘llaniladigan xotira Qo‘l (mobil) vinchester – 60-80 Gb ZIV saqlovchi – 10-100 Gb Disketalar Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5,25 va 3,5 dyuymli disketalardan foydalaniladi. 5,25 (133 mm) dyuymli disketalar hajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: 180,360 (Double Side/Double Density, DS/DD) Kbayt va 1,2 (Double Side/ High Density, DS/HD), 2 Mbayt. 1,2 Mbaytli disketalar maxsus magnit qoplamaga ega. Shuning uchun ularni 360 Kbaytli disklarni o‘qish qurilmasida o‘qish mumkin emas. Ular maxsus disk o‘qish qurilmasida o‘qiladi. Ular 360 Kbaytli disketalarni ham o‘qiy oladi. 360 Kbaytli disketalar ichki tirqishida qora tusdagi xalqachaga ega. 3.5 dyuymli (89 mm) disketalar hajmi 0.72, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq, chunki qattik plastmassa qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar kengrok tarqatilgan. 5.25 dyuymli diske-talarning maxsus himoya tirqishi bor, agar u berkitilsa, disketaga ma’lumot yozish mumkin bo‘lmaydi. 3.5 dyuymli disketalarda bu vazifani disketa pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma’lumotni saqlashi mumkin. 5.25 dyuymli disketalarni ehtiyotlik bilan ishlatish lozim, ochiq qismlariga kul tekkizmaslik maxsus konvertlarga saqlanishi zarur. Programmmalar kundan-kunga murakkablashishi va hajmi oshish bilan ularni saqlash uchun maxsus disketlar yaratilish zarurati tug‘iladi. Shuning uchun lazerli CD-ROM disklari yaratildi. Ularning hajmi 650 Mbaytgacha. Hozirgi kunda ular katta hajmdagi programmalarni, video va ensiklopedik ma’lumotlarni saqlashda keng qo‘llanilmoqda.
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo‘llaniladi. Ular operatsion sistema programmalari, tahrirlagichlar, programmalash sistemalari amaliy programmalar, ma’lumotlar va hokazolar. Qattiq disklarning hajmi turlicha bo‘ladi: IBM PC XT da-20 Mbayt, IBM PC ATda 40Mbayt, 80386SX, 80386DX, 80486SX mikroprotsessorli kompyuterlarda - 110-120 Mbaytgacha, 80486DX da 120-540, 640, 850 Mbaytgacha. Murakkab ishlar uchun, katta hajmli ma’lumotlar uchun 1-2 Gbaytli va bundan yuqori hajmdagi qattiq disklar mavjud. Zarur holda qattiq diskni kattaroq hajmdagisiga almashtirish yoki bir necha diskdan foydalanish mumkin. CD-ROM-qurilma – qattiq yiggich (vinchester), aylana, kabi kompakt-aylanalar yordamida axborot saqlashga imkon beradi. Kompakt-aylana CD-ROM-qurilmaga joylanadi. CD-ROM-qurilmani ikki turi mavjud: oddiy va axborotlarni yozish uchun. Agar shaxsiy kompyuteringizga oddiy CD-ROM-qurilmani urnatgan bo’lsangiz, siz faqatgina kompaktaylanalardan qattiq aylana (vinchester)ga axborotlarni ko’chirib olishingiz mumkin, aksincha esa imkoniyati mavjud emas. Agar shaxsiy kompyuteringizga yozuvchi CD-ROM-qurilmani urnatgan bo’lsangiz, siz nafaqat kompakt-aylanalardan qattiq aylana (vinchester) ga axborotlarni ko’chirib olishingiz mumkin, axborotlarni qattiq aylana (vinchester)dan kompakt – aylanaga yozib olishingiz ham mumkin. Bu ning uchun shaxsiy kompyuteringizda maxsus dasturlar urnatilgan bo’lishi shart. Operativ xotira. XOTIRA. Xotira – bu axborotlarni saqlovchi qurilma, IMS (integral mikrosxemalar) yordamida amalga oshiriladi. Asosan xotira tezkor va uzok vaqtli xotiralarga ajratiladi. Tezkor xotira protsessorning ish faoliyati uchun zarur bo’lgan axborotlarni saqlash uchun darkor (bajarilayotgan dastur va shu soniyada zarur axborotlarni). Juda yuqori tezlikka ega bo’lib, manbadan uzilgandan sung bor axborot uchib ketadi. Uzok vaqtli xotira asosan tashki qurilmalarda mavjud. Ular yuqori kirish tezligiga va katta axborotlar qabul qilish hajmiga ega bo’lib, o’lchamlari tez xotiraga nisbatan ancha ixchamlashtirilgan ko’rinishda bo’ladi. Xotiralar quyidagi ko’rinishlarga bo’linadi: 1) RAM (random access memory). Energomanbaga bog’lik xotira, axborotlarni ukish va yozish uchun barcha uyachalariga kirish imkoni bor. a). statik(SRAM) b). dinamik(DRAM) 2)ROM (read only memory). Energomanbaga bog’lik xotira, faqat axborotlarni ukish uchun barcha uyachalariga kirish imkoni bor. Yozish uchun esa maxsus qurilmalar (programmatoralar) talab etiladi. 3) Flesh xotira – yangi xotira ko’rinishi bo’lib, amalda ROM xotiralar o’rnini egallab bormoqda. Bu xotira bor axborotlarni manbadan uchrilgandan keyin ham saqlash imkoniga ega. Yordamchi qurilmalar yordamisiz qayta yozish imkoniyatiga egadir. Bu xossasi BIOS dasturini doimo yangilashga imkon beradi. 4) Kesh (cache) xotira – tizimlarning ishlash quvvatini oshirishga mo’ljallangan: sekin ishlaydigan qurilmalarni juda tez ishlovchi kurimalar bilan mos ravish-da ishlashini ta’minlaydi, misol uchun mikroprotsessor va dinamik xotirani. Dinamik xotira qurilmasini elementlarining ish tezligi mikroprotsessor elementlarining ish quvvatiga nisbatan pastligini inobatga olsak, ish davomida kesh xotirani qo’llash 37 mikorprotsessorni ishsiz bekor turib kolish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi va to’la quvvat bilan ishlashga sharoit yaratib beradi. hamda: a). Ichki b). Tashqi bo’ladi. Xotira tavsifi: 1) tanlash vaqti - erkin uyacha tanlash uchun sarflangan vaqt. 2) regeneratsiya chastotasi (DRAM uchun) – protsessor takt chastotasiga mos bo’lishi shart. 3) xotira hajmi –zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda tez xotira bir necha unlab megabaytni tashkil qiladi. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlayotgan programma va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Odatda Intel-8088 protsessorli shaxsiy kompyuter 1 Mbayt hajmdagi operativ xotiraga ega. Intel-80286 5 Mbayt, Intel-80386 16 Mbaytgacha operativ xotira bilan ishlaydi. Muhokama uchun savollar: 1. Operativ xotira qanday qismlardan tashkil topgan bo‘ladi? (muxokama) Savol yakuni: Har qanday ma’lumot kompyuter xotirasiga doimiy va vaqtinchalik saqlanishi uning qayta ishlanish tezligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |