12.1-rasm. Stratigrafik ustunning umumiy ko‘rinishi.
12.2. Shartli belgilar.
Geologik xaritalarda tog‘ jinslarining struktura shakllarini, yoshini,
tarkibini, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarini va boshqa xususiyatlarini
tasvirlashda shartli belgilardan (legenda) foydalaniladi (1 va 2-ilovalar).
Bunday shartli belgilar xaritaning miqyosiga qarab xaritalash bo‘yicha qabul
qilingan maxsus yo‘riqnomalar talabi asosida ishlatiladi. SHartli belgilar
rangli, chiziqli, harfli va raqamli bo‘lishi mumkin.
Rangli belgilardan qatlamli yotqiziqlarning yoshi va intruziv jinslarning
tarkibini ifodalash uchun foydalaniladi.
CHiziqli belgilar tog‘ jinslarining petrografik tarkibini tasvirlash uchun
qo‘llaniladi.
Harfli belgilar yordamida tog‘ jinslarining yoshi, genezisi va magmatik
tog‘ jinslarining tarkibi ifodalanadi.
Raqamli belgilardan (harfli belgilar bilan birgalikda) tog‘ jinslarining
yoshini ko‘rsatishda foydalaniladi.
Geologik xaritalashda tog‘ jinslari va ular hosil qilgan struktura
shakllarining yoshini aniqlash muhim masala hisoblanadi.
Yer
planetasining
rivojlanish bosqichlari uchun vaqt bo‘yicha geoxronologik shkala va bu
bosqichlarda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari uchun stratigrafik shkala qabul
qilingan bo‘lib, ular xalqaro ahamiyatga ega.
Eon (eonotema) kriptozoy va fanerozoyga bo‘linadi. Kriptozoy arxey va
proterozoy eralaridan (eratemalaridan) iborat bo‘lib, arxey yotqiziqlari to‘q
pushti rang va proterozoy yotqiziqlari och pushti rang bilan tasviralanadi.
Fanerozoy paleozoy (och jigar rang), mezozoy (yashil rang) va kaynozoy
(sariq rang) eralariga (eratemalariga) bo‘linadi.
Arxeyda erta va kechki bosqichlar ajratilgan, ammo uning pastki
chegarasi aniqlanmagan.
Proterozoyda erta, o‘rta va kechki bosqichlar ajratiladi va kechki
proterozoy o‘z navbatida rifey va vendga bo‘linadi.
Kriptozoydagi tog‘ jinslari kuchli metamorfizmga uchraganligi va ularda
organik qoldiliqlar deyarli uchramasligi tufayli mayda tabaqalarga
ajratilmaydi.
Paleozoy o‘z navbatida quyidagi davrlarga (sistemalarga) tabaqalanadi:
kembriy (ko‘k-yashil), ordovik (to‘q yashil-kulrang), silur (to‘q yashil) devon
(jigar rang), karbon (kulrang), perm (to‘q pushti rang).
Mezozoyda trias (binafsha), yura (ko‘k), bo‘r (yashil) davrlari
(sistemalari) ajratiladi.
Kaynozoy paleogen (och pushti), neogen (sariq) va to‘rtlamchi (havo
rang) davrlariga tabaqalanadi.
Stratigrafik tabaqalar faqat rang bilan emas, balki ularga qo‘shimcha
holda indekslar orqali ham ifodalanadi (1-jadval).
Xalqaro stratigrafik tabaqalardan tashqari mahalliy va mintaqaviy
stratigrafik tabaqalar ham qo‘llaniladi va ular asosida mahalliy va mintaqaviy
stratigrafik sxemalar yaratiladi.
Mahalliy (mintaqaviy) stratigrafik tabaqalar Xalqaro stratigrafik shkala
bo‘limi yoshiga mos keluvchi rang va tuslarga bo‘yaladi.
Hozirgi vaqtda mahalliy va mintaqaviy stratigrafik tabaqalarning
quyidagi sxemalari qabul qilingan:
Paleogen, neogen va to‘rtlamchi sistemalari (davrlari) uchun qabul
qilingan umumiy yaruslar (asrlar) yo‘q. O‘rta Osiyo mintaqasi uchun
quyidagi mahaliy stratigrafik birliklar ajratiladi:
R
1
- oqjar (R
1
a), buxoro (R
1
vh);
R
2
- suzoq (R
2
sz), oloy (R
2
al), turkiston (R
2
trk),
rishton (R
2
rch), isfara (R
2
isf), xonobod (R
2
hb).va
R
3
- sumsar (R
3
sm) qatlamlari;
N
1
-keles (N
1
k), chirchiq (N
1
cr) va.
N
2
-mirzarobod (N
2
m) seriyalari;
Q
1
-nanay (Q
1
n), toshkent (Q
2
ts), mirzacho‘l (Q
3
gl) va
sirdaryo (Q
4
sd) komplekslari.
1-ilova
Nazorat savollari
1.
Stratigrafik ustun qanday elementlardan iborat bo‘ladi?
2.
Shartli belgilar qanday guruhlarga bo‘linadi va qaysi tartibda
joylashtiriladi?
3.
Stratigrafik shkala qanday tabaqalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |