12. Iste’mol jamg‘arma va investitsiyalar reja: Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni va manbai


Iste’mol va jamg‘arma o‘rtasida optimal nisbat. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik



Download 249,53 Kb.
bet4/7
Sana14.04.2022
Hajmi249,53 Kb.
#550276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12 mavzu qayta topshirish

12.3. Iste’mol va jamg‘arma o‘rtasida optimal nisbat. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni talqin etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning yondashuvlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, insonlar o‘z daromadlarining bir qismini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirdagina jamg‘aradilar. Demak banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, insonlarning jamg‘arishga qiziqishlari shunchali kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Agar aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisiga teng ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, oshishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi, ya’ni C=f (r).
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qo‘shilmaydi, aholining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, insonlar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi va uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil deb hisoblaydi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi:
.

12.1- rasm. Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri

Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (12.1-rasm). Bunda tik o‘q iste’mol sarflari (S), yotiq o‘q esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdorini (Y) ko‘rsatadi.


Abssissa o‘qi sof daromadni (Y), ordinata o‘qi esa iste’mol xarajatlarini (S) ko‘rsatadi. 45 burchak ostida chizilgan to‘g‘ri chiziqda (F) yotadigan har qanday nuqta sarflar = daromad (S= Y) holatini aks ettiradi. Ammo amalda bunday holat kuzatilmaydi, daromadning faqat bir qismi iste’molga sarflanadi. SHuning uchun iste’mol chizig‘i 45 chiziqdan og‘adi. 45 chizig‘ining iste’mol chizig‘i bilan kesishgan V nuqtasi 0 ga teng jamg‘arishni ko‘rsatadi, ya’ni oilaning sarflar = daromad holati kuzatiladi. . Ushbu nuqtaning chap tomonida salbiy jamg‘arish kuzatiladi (ya’ni,xarajatlar daromaddan oshadi - "qarzga hayot kechiriladi»), o‘ngda esa - ijobiy jamg‘armalar. )daromadni bir qismi jamg‘ariladi.) E1E0 kesma istemol miqdorini, E0E2 jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi..
Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg‘arilgan daromadlari hisobiga, yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste’mol darajasi deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja S0 nuqtadan boshlanadi.

12.2-rasm. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri.
Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi (12.2 – rasm ).
Chizmadan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan pastki qismi manfiy jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E0E2 kesma sof daromadning Y1 darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Obyektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Subyektiv omillar asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga bo‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Daromadning mutloq o‘lchamda o‘sishi bilan iste’mol (ΔC) va jamg‘arma (ΔS) o‘sishi kuzatiladi: ΔY = ΔC + ΔS, ammo nisbiy o‘lchamda daromad o‘sishi bilan iste’mol o‘sishi kamayadi, jamg‘arish oshadi. Insonlarning iste’mol qilish va jamg‘arishga moyilligini qanday o‘lchash mumkin? Buning uchun iste’mol uchun o‘rtacha moyillik va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin.
Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o‘rtacha moyillik (APC) deyiladi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik (APC) iste’molning (C) daromadga (Y) nisbati bilan aniqlanadi:
APC = C / Y.
Aholi daromadining jamg‘armaga ketadigan ulushi esa jamg‘armaga o‘rtacha moyillik (APS) deyiladi. Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik (APS) jamg‘arishning (S) daromadga (Y) nisbati bilan aniqlanadi:
APS = S / Y.
Ammo bu ko‘rsatkichlar hozirgi paytdagi iste’mol qilishga va jamg‘arishga moyillikni ko‘rsata oladi.
Agar daromad o‘zgarishi iste’mol va jamg‘armaning o‘zgarishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rishni istasak (ya’ni, asosiy psixologik qonunni tasdiqlash uchun), biz iste’mol qilish uchun marjinal moyillik va jamg‘arish uchun marjinal moyillik deb nomlangan boshqa ko‘rsatkichlargan foydalanamiz. Marjinal moyillik bu keyingi qo‘shilgan moyillik.
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’molni hajmining o‘zgarishi darajasi iste’molga marjinal moyillik (MPS) deyiladi.  Iste’molga marjinal moyillik (MPS) iste’molning o‘zgarishiga (ΔC) uni keltirib chiqargan daromadning o‘zgarishiga (ΔY) nisbati orqali hisoblanadi.
MPS = ΔC/ΔY;
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma sarflari hajmining o‘zgarish darajasi jamg‘arishga marjinal moyillik (MPS) deyiladi.
Jamg‘arishga marjinal moyillik (MPS) jamg‘arish o‘zgarishini (ΔS) uni keltirib chiqargan daromadning o‘zgarishiga (ΔY) nisbati orqali hisoblanadi.
MPS = ΔS / ΔY.
Ushbu ko‘rsatkichlar birinchidan uy xo‘jaliklari qo‘shimcha daromadlarining qancha qismini iste’mol qilishga va qaysi qismini jamg‘arishga moyil ekanligini ko‘rsatadi, ikkinchidan esa daromadning o‘sishi iste’molga yoki jamg‘arishga ketadi, shuning uchun iste’mol qilingan ulush (MPC) va jamg‘arilgan ulush (MPS)daromadni oshishini ”yutib ” yuboradi shuning uchun MPC + MPS =1 teng bo‘ladi.

Download 249,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish