III juft, ko’zni harakatlantiruvchi nerv (p. osi!oto(ogsh8) (142-rasm) tarkibida harakat va
vegetativ tolalari bor. Ular o’rta
miyaning turt tepaligini yuqori tepachalari sohasida joylashgan harakatlantiruvchi va vegetativ
(Yakubovich) o’zaklaridan boshlanadi. Ko’zni harakatlantiruvchi nerv miya oyoqchalarining
medial yuzasidan chiqadi.
U oldinga yo’nalib, ko’z kosasining ustki yorig’i orqali kuz kosasiga kiradi va ikki shoxg’a
bo’linadi. Ustki shox (g. airepog) sof harakatlantiruvchi bo’lib, yuqori qovoqni ko’taruvchi va
ustki to’g’ri muskulni innervatsiya qiladi. pastki shox (g. tG’epog) aralash. Uning harakat
tolalari pastki va ichki to’g’ri muskullar, hamda pastki qiyshiq muskullarni innervadiya qiladi.
Vegetativ tolalari pastki shoxdan chiqib kiprikli tugunga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |