Vaziyatli masalalar
Vaziyatli masala 1
Bemorda ko’z soqqasining lateral to’g’ri muskuli va yuqori qiyshiq muskulidan tashqari
barcha muskullari falajlangan. Ko’zning parasimpatik innervatsiyasining buzilishi
ko’zatilmayapti. Bu holatda qaysi nerv yoki nervlarning zararlanishi hakida taxmin qilish
mumkin? Zararlanish joyini anatomik asoslasa bo’ladimi?
Javob: Ko’z kosasidagi ko’z soqqasiga taalluqli muskullarni 3,4,6 juft bosh miya nervlari
innervatsiya qiladi. Ko’zning lateral to’g’ri muskuli, yuqori qiyshiq muskuli 4 va 6 juft nervlar
bilan innervatsiyalanadi. Bu ikki muskul falajlanmagan ekan,4,6 juft nervlarda patologik
o’zgarish yo’q. 3 juft nerv qolayapti xolos, qolgan falajlangan muskullarni shu nerv innervatsiya
qiladi. Ko’z qorachig’i sfinkteri va kiprikli tana muskullari innervatsiyasi saqlanib qolgan. Bu
holatda ko’zni harakatlantiruvchi nervdan parasimpatik tolalar ajralib chiqqan joydan keyingi
qismdan zararlangan.
Vaziyatli masala 2
Bemorda ko’z qorachig’i ichkari (medial) tomonga siljigan. Ko’z soqqasi (lateral)
tomonga harakatlanmayapti. Qaysi nervni zararlanishiga taxmin qilsa bo’ladi? Anatomik izoh
bering.
Javob: Uzoqlashtiruvchi nervni. Bu nerv ko’z soqqasini lateral to’g’ri muskulini
innervatsiya qiladi. Lateral to’g’ri muskul falajlanganda medial to’g’ri muskul tonusi ko’z
qorachig’ini medial tomonga tortib ketadi.
Vaziyatli masala 3
Bemor ko’z qorachig’i kengayib ketgan va yorug’lik nuriga javob reaktsiyasini
bermayapti. Bunday holatda qanday nerv tuzilmalarining zararlanishi to’g’risida fikr yuritish
mumkin? Anatomik izoh bering.
Javob: Bu holatda ko’z qorachig’i reflektsiyasining yo’qolganligi to’g’risida gap
ketayapti. Uning afferent zvenosi to’r parda nerv elementlari, ko’ruv nervi, ko’ruv traktidan
iborat. Efferent zvenosi ko’z qorachig’iga boruvchi yo’llardan- 3 juft nervning qo’shimcha
o’zagi (Yakubovich)n.accessorius, nervning parasimpatik tolalaridan, kiprikli tugun va undan
chikuvchi nerv tolalaridan iborat. Bizga berilgan vaziyatli masaladagi holatda refleks yoyining
yuqorida sanalgan har qanday zvenosida o’zilish bo’lishi mumkin. Bu holatda o’rta miyadagi
qo’shimcha o’zak (Yakubovich) zararlanganligi extimoli ko’proq.
Vaziyatli masala 4
Bemorda bosh miya shikastlanishidan so’ng, vaqt o’tgach tilning harakati buzilgani,
tilning yarmini yassilangani va atrofiyalangani aniqlandi. Bu holatda qaysi nerv shikastlangan?
Anatomik izoh bering.
Javob: Til osti nervining shikastlanishi. SHu nerv til muskullarini innervatsiyalaydi.
Keltirilgan simptomlar xuddi shu nervning shikastlanishiga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |