19-rasm. Izobutanni n-buten bilan aikillash texnologik sxemasi: 1-kompressor; 2-idish; 3-kondensator; 4-reaktor; 5-drosel ventil; 6-depropanizator; 7,9-separatorlar; 8-neytralizator; I O-debutanizator; 11-issiqlik almashtirgich; 12-kondensator deflegmatorlar; 13-qaynatgichlar. 4-reaktor aralashtirgich bir nechta seksiyaladan iborat (kaskadlar).
Sulfat kislota va izobutan 1-seksiyaga chap tomondan yuboriladi va emulsiya vertikal to'siqlar orqali bir seksiyadan boshqasiga oqib o'tadi. Ikkinchi o'ng tomondan seksiya separator vazifasini bajaradi, unda kislota uglevodorodlardan ajratiladi va aikillash uchun qaytariladi. Oxirgi to'siqdan uglevodorodlar aralashmasi oqib tushadi va keyingi qayta ishlashga yuboriladi.
Izobutanni n-buten bilan aikillash texnologik sxemasi 36-rasmda ko'rsatilgan. 4-alkilatorga (birinchi chap seksiya) suyuq izobutan, toza sulfat kislota yuboriladi, har bir seksiyaga suyuq n-buten yuboriladi. Ajralayotgan issiqlik hisobiga ortiqcha izobutanning bir qismi bug'lanadi, uning bug'lari 2-idishga yig'iladi, u bir vaqtning gaz uzluksiz ravishda 1-kompressor yordamida 0,6 MPa bosim bilan siqiladi va shu bosimda 3-suv sovutgichda kondensatsiyalanadi 5-drossel ventilida bosim 0,2 MPa gacha kamayadi, bunda izobutanni bir qismi drossellanganda bug'lanadi va 2-idishda ajratiladi. U yerdan suyuqizobutan yana alkilatorga qaytariladi. Qurilmani uzluksiz ishlash mobaynida izobutanda uglevodorodlar destruksiyasi hisobiga hosil boigan miqdori ko'payadi. Shuning uchun izobutan sovutgicn sikliga depropanizator 6-rektifikatsiya kolonnasi qo'shiladi. Rektifik.'tsiya kolonnasida izobutan propandan tozalanadi va 2-idishga yuboriladi. 4-alkilatorning oxirgi seksiyasidan chiqayotgan aralashma tarkibida ortiqcha izobutan, oktanlar, C5H7 uglevodorodlar bo'ladi. Aralashmani 7-separatorga sulfat kislota qoldiqlaridan tozalash uchun yuboriladi. Kislotani alkilatorga qaytariladi, lekin uning bir qismi reaksiya muhitidan chiqariladi, uning o'rniga tozasi yuboriladi 7-separatordan kelayotgan uglevodorod qatlami 8-apparatda 10% li ishqor eritmasi bilan neytrallanadi va hosil boigan emulsiyani 9-separatorda ajratiladi. Neytrallangan uglevodorodlar aralashmasini ajratish uchun 10-rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi.
Izobutan kondensatsiya uchun arzon sovutish vositasi suvdan foydalanish uchun, kolonnadagi bosim -60 MPa ortmasligi kerak. Kolonnaga toza izobutan fraksiyasi yuboriladi. Izobutanning bir qismi 10-kolonnaga yuboriladi, qolgan qismi drossellangandan so'ng 2-idishga keladi, u yerdan yana reaksiyaga qaytadi. Shunday qilib, izobutan sirkulatsiyasi sodir boiadi. 10-kolonna kubidan tayyor alkilat olinadi.
Bunday jarayonlar turiga aromatik birikmalar va parafinlarni alkillash reaksiyalarini olish mumkin. Umumiy holda ularni quyidagicha ajratish mumkin:
aromatik uglerod atomi bo'yicha alkillash;
to'yingan uglerod atomi bo'yicha alkillash.
Sanoatda aromatik uglevodorodlarni (benzol, toluol va h.k.) xlorli birikmalar bilan alkillash reaksiyalarida katalizator sifatida alyuminiy xloriddan foydalaniladi, chunki u barcha aproton kislotalarga nisbatan arzon turadi. Uglevodorod larni olefmlar bilan alkillashda ham A1C13 qo'llaniladi, lekin bu jarayonda boshqa katalizatorlardan foydalanish mumkin (kislotali katalizatorlardan H2SO4, HF, BF3,.H3PO4, seolitlar va h.k.
Lekin A1C13 katalizatori ishtirokida maxsus shart-sharoitda reaksiya qaytar bo'ladi (disproporsionirlash reaksiyasi):
Aromatik uglevodorodlarni aikillash texnologiyasi. Aromatik uglevodorodlarni aikillash orqali etil va izopropilbenzol olinadi.
Etilbenzol C6H5C2H5 rangsiz o'ziga xos hidli suyuqlik bo'lib, 136.2°C qaynaydi.
Etilbenzol stirol olishda muhim ahamiyatga ega. Riforming yoki piroldagi ksilol fraksiyasidan 10-15% etil benzol ajratib olish eng arzon usullardan biri hisoblanadi. Asosan, benzolni etilen bilan aikillash orqali kerakli miqdordagi etil benzol olish mumkin.
Xomashyolar. Aikillash reaksiyalarida qo'llaniladigan benzol yoki boshqa aromatik uglevodorodlar kuritiladi. Buning uchun aromatik uglevodorod bilan suvdan azetrop aralashma hosil qilinadi va undagi suv haydaladi. Bunday azeotrop haydash natijasida aromatik uglevodorod tarkibidagi namlik 0,002-0,005% gacha kamayadi.
Oxirgi paytlarda kompleksni tayyorlash markaztashtirilgan holda olib boriladi. Bunday alyuminiy metalli chiqindisi, aromatik uglevod-rodlar va suvsiz HC1 qo'llanidi.
2A1 + 6ArH + 7HC1 → (ArH)6*A12C16*HCI
Do'stlaringiz bilan baham: |