3-bob. Davlat talablarining tarkibi
7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonini rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
9. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.
10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
“Men” konsepsiyasi;
hissiyotlar va ularni boshqarish;
ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
11. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
nutq va til;
o‘qish malakalari;
qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.
12. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
intellektual-anglash malakalari;
elementar matematik malakalar;
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
13. “Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
dunyoni badiiy tasavvur etish;
badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan.
16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan.
2.Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga tasiri
O’zbekistan Respublikasida ijtimoiy munosabatlar mazmuni yangilanayotgan ayni paytda o’sib kelayotgan yosh avlodni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashni yangicha asoslarda, bir tomondan, milliy pedagogik qadriyatlarimiz zaminida, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan xolda olib borishga ijtimoiy zaruriyat sifatida qaralmoqda. Chunki mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai, barcha moddiy va ma’naviy extiyojlarni qondirishning asosiy shart- sharoitidir. Demak, mehnat inson faoliyatining asosiy shakli, kishi hayotining mazmuni, har bir jamiyat a’zosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy tamoyili hisoblanib kelgan, moddiy va ma’naviy madaniyatning hamda ijtimoiy taraqqiyotning negizi hamdir. Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina bo’lib qolmay, balki xalqqa xizmat qilish, vatan uchun qayg’urish, shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo’yishning asosi hamdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnatbtarbiyasini bolalarga yangicha singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o’stirish, mehnat natijasidan zavqlana bilish kabi xislarni tarkib toptirish orqali ularda mehnat ahliga xurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim. Bolalarni mehnatga o’rgatishda, eng avvalo, ularni psixologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash muhim rol o’ynaydi. Mehnatga ruxiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, xalollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy- irodaviy xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan insondan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalanganligi avvalo, mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigan insonning hayoti zerikarlidir. Unday inson ma’naviy qashshoq va jismonan zaif bo’ladi. Uzok umr ko’rishning siri ham mehnatdir. Mehnat qilmasang xatto iste’dod ham so’nadi. Mehnatkash qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Mehnatga bolalar dastlab oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining butun tizimida o’rgatilib boriladi. Bolalar bog’chasida va oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va madaniyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishishi, ularning tevarak-atrofdagi hayot, kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari, qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan taassurotlarga ega bo’lishlariga yordam beradi. Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zexn, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, biror bir shaklni andozaga qarab qirqish, kerakli uzunlikni o’lchash kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni berishga to’g’ri keladi. Bu bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi, fikrlashi, dunyoqarashini shakllantirishga imkon beradi. Mehnatkash bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to’g’ri nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. V.I. Loginovning ta’kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar tizimini o’zlashtirib olishlari kerak bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |