Tyuring mashinasining ishlashi. Barcha komandalar majmuasi Tyuring mashinasining dasturini tashkil qiladi. Dastur ikki o‘lchovli jadval shaklida bo‘lib, u Tyuring funksional sxemasi deb ataladi. Bunday sxema 12.1-jadvalda misol sifatida berilgan. Ravshani, Tyuring mashinasining ishi butunlayiga uning dasturi bilan aniqlanadi. Agar ikkita Tyuring mashinasining funksional sxemalari bir xil bo‘lsa, u holda ular bir-biridan farq qilmaydi. Har xil Tyuring mashinalari har xil dasturga ega bo‘ladi.
Bundan keyin Tyuring mashinasining har xil konfiguratsiyalarini (ko‘rinishlarini) soddaroq ifodalash uchun lenta va uning katakchalarini ifodalamasdan axborotni faqat so‘z shaklida yozamiz.
Boshqaruvchi kallak va mashina holatini ifodalash sifatida mashina holatini yozamiz.
12.1-jadvalda berilgan funksional sxemaga mos keluvchi Tyuring mashinasining ishini misollarda ko‘rib o‘taylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |