12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini
shakllantirish
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qurol-aslaha va harbiy texnikalari
haqida tushuncha.
2. Zirhli mashinalar va tanklarning taktik-texnik tavsifi.
3. Jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalarining jangovar
xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar
: bronetransportyor, zirhli mashinalar, pulemyot,
vertolyot, samolyot, ekipaj.
Zirhli mashinalar.
Bronetransportyorlar. BTR-70. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli,
zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li
katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega.
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg. Eng yuqori tezligi 80— 90
km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 600
km, yonilg‘i zaxirasi — 300 litr (benzin), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°,
BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, BTR o‘ta olishi
mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji (desant) — 3 (8).
BTR-80. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan,
yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va
u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega.
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg, shossedagi eng yuqori
tezligi — 90 km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish
zaxirasi — 600 km, yoqilg‘i zaxirasi — 300 litr (dizel yoqilg‘isi), nishablik
burchagi — 30°, kren — 25°, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2
m, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji
3 kishi, desant — 8 kishi.
Piyodaning jangovar mashinalari. BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi—
motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli
qudratlilikni,
shaxsiy
tarkibning
jang
maydonida
himoyalanishi
va
harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyat- ning har xil sharoitlarida
muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi.
Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in
qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga,
3
yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali
zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin.
BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli
tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti bilan
qurollangan.
Taktik-texnik tavfisi. Jangovar og‘irligi — 13200 kg, ekipaji — 3 kishi
(komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 8 kishi,
quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 60 km/s, suvdagi tezligi — 7 km/s, shosseda
yurish zaxirasi 550—600 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilish — 35°, chuqur kengligi —
2,5 m, devor balandligi — 0,7 m.
BMP-2. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang
olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang
maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda
vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishiga imkon yaratadi.
Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in
qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun appara- turalariga,
yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali
4
zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin.
BMP-2 30 mm.li avtomatik to‘p, 7,62 mm.li PKT pulemyoti, tankka qarshi
boshqariluvchi raketa uchun uchirish qurilmasi bilan qurollangan. Jangovar
jamlanma 30 mm.li to‘p uchun 500 ta o‘q-dori, 7,62 mm.li PKT pulemyoti uchun
2000 ta patron, 4 ta PTURdan iborat .
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 14000 kg, ekipaji — 3 kishi
(komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 7 kishi,
uzunligi — 6710 mm, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 65 km/s, suvdagi tezligi
6—7 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 550 km, bosib o‘tuvchi ko‘ta- rilishi —
35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |