so'z yoki so'zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
Taqqoslash – narsa va xodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovutlarni
aniqlashga asoslangan fikrlash operatsiyasi.
Trening – mashq qilmoq, guruhlarda muloqotning samarali tashkil etish
usuli bo'lib, shaxsning muloqotga o'rgatish va obro'li bo'lishini rivojlantirish
maqsadida o'tkaziladi.
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui
bo'lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emotsional tomonlari
bilan xarakterlanadi.
Umumlashtirish – voqelikdagi narsa va hodislarni umumiy va muhim
belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Uyushganlik - guruh a'zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-
birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
Ustanovka – yo'nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va
ob'ektlarga nisbatan qanday munosabatda bo'lish, ularni idrok qilish, ularga
baho berish va ularga nisbatan harakatining tayyorlik holati.
Faoliyat – inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli
tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish
va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan
o'zaro ta'sirda bo'lishida namoyon bo'ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo'lib, harakatlar sekinligi,
barqarorligi, emotsional holatlarning tashqi ko'rinishlari kuchli emasligida
namoyon bo'ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi
bo'lib, shaxsning mehnatga, narsa va hodisalarga, o'ziga va boshqa kishilarga
munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Xarakter - kishining voqelikka bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi va
uning axloqi hamda xatti-harakatlarida namoyon bo‘luvchi barqaror psixik
xossalarning individual tarzda birga qushilishidir.
Harakat – maqsadga muvofiq yo'naltirilib, ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlar yig'indisi. Harakat ongli faoliyatning tarkibiy qismlari
va motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo'lib, bir qancha
hukmlar asosida ma'lum xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish induktiv, deduktiv
va analogik turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo'lib, xissiyot jo'shqinligi, kayfiyatning tezda
o'zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan
ajralib turishi xosdir.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan
shug'ullanuvchi betakror odam.
Do'stlaringiz bilan baham: