12 – laboratoriya ishi. Tsement xamirining normal quyuqligini aniqlash



Download 39,15 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi39,15 Kb.
#597892
Bog'liq
12-laboratoriya TSement xamirining normal qo’yiqligini aniqlash.


12 – LABORATORIYA ISHI.
TSement xamirining normal quyuqligini aniqlash.

TSement xamirining normal quyuqligini aniqlashdan ko’zda tutilgan maqsad, tsementga qancha suv quyilishini bilishdir. Quyiladigan suv miqdori tsement massasiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. TSement xamirining normal quyuqligini aniqlashda hisoblab chiqarilgan suv miqdori keyinchalik tsementning boshqa xossalarini aniqlashda ham kerak bo’ladi.


TSement xamirining normal quyuqligini topishda Vika asbobidan (7-rasm) foydalaniladi. Buning uchun asbobning ninasi o’rniga diametri 10 mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sterjen (sopcha) o’rnatiladi.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: Vika asbobi, sferik shakldagi metall idish, xamir qoriladigan metall kurakcha, suv o’lchagich, texnik tarozi, pichoq, soat.
Ish tartibi. TSementdan 400 g tortib olinadi, bunda 1 g dan ortiq xato qilmaslik shart. Tortib olingan tsement sferik shakldagi metall idishga solinadi. Bu idishning ustki diametri 400 mm, chuqurligi 100 mm bo’ladi. Idishdagi tsementning o’rtasi metall kurakcha bilan o’yiladi. Stakandagi suv tarozida tortilgandan keyin idishdagi tsementga quyiladi. Suvning miqdori tsement massasining 25-30 protsenti atrofida bo’lishi kerak.
Quyilgan suv ustiga tsement tortiladi va 30 sekunddan keyin metall kurakcha bilan sekin-asta qoriladi, keyinchalik qorish suroati tezlashtiriladi.
Qorishtirish vaqtida idishdagi xamir kurakcha bilan avval bir tomonga, keyin qarama-qarshi tomonga qatlam-qatlam qilib ag’darib turiladi. TSement bilan suv 5 min. shu tartibda qorishtiriladi.




7-rasm. Vika asbobi.

Ish boshlashdan oldin. Vika asbobi sterjenining bemalol siljishi va tsilindrik dastaning uchi shisha plastinkaga tekkanda strelkaning shkaladagi nolp raqamini ko’rsatishi tekshirib ko’riladi. Agar strelka shkaladan nolp raqamini ko’rsatmasa, asbob shu ondayoq sozlanadi.


Tayyorlangan tsement xamiri metalldan yasalgan kesik konus shaklidagi xalqaga solinadi. SHisha plastinka ustiga qo’yilgan bu xalqa tsement xamiri bilan to’lganda shisha pastinkani stol chetiga besh-olti marta o’istagina urib, tsement xamiri zichlanadi va xamirning ortiqchasi xo’llangan pichoq bilan xalqa ustidan sidirib olinadi. Keyin shisha plastinkani surib, xamir to’ldirilgan xalqaning o’rtasi tsilindrik dastgoxga tegib turadigan darajada to’g’rilanadi, tsilindrik sterjenь vint bilan maxkamlab qo’yiladi. Keyin sterjenni tutib turgan vint tezda bo’shatiladi, natijada tsilindrik dasta o’z og’irligi bilan xamirga botib kiradi. Oradan 30 sek. o’tgach, tsilindrik dastaning xamirga botish darajasi shkaladan aniqlanadi. Bunda strelka 7 mm dan yuqorida to’xtasa, xamir qattiq, ya’ni suv oz qo’shilgan bo’ladi. U xolda tsementdan yana 400 g tortib olinadi va unga avvalgidan birmuncha ortiq suv qo’shib, yuqorida aytilgan tartibda yana tsement xamiri tayyorlanadi. Bordi-yu, tsilindrik dasta xamirga botganda strelka 5 mm dan pastda to’xtasa, xamir yumshoq, ya’ni suv ko’p qo’shilgan bo’ladi. SHu tartibda tsement miqdorini o’zgartirmasdan, suvni oldingisidan ko’proq va keyingisidan ozroq qo’shib, yuqorida aytilgan tartibda tsement xamirining normal quyuqligi aniqlanadi. Agar tsilindrik dasta uchinchi marta xamirga tushirilganda, strelka 5-7 mm orasida to’xtasa, uchinchi marta tayyorlangan xamirning quyuqligi normal bo’ladi. SHunday qilib, oxirgi marta olingan suvning miqdori mazkur tsement xamirining normal quyuqligini ko’rsatuvchi son deb hisoblanadi.
Download 39,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish