11,12 -ma’ruza Shahar tarmoqlari



Download 0,76 Mb.
bet3/6
Sana30.12.2021
Hajmi0,76 Mb.
#94399
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-12

Simsiz MAN tarmoqlari. Hozirgi kunda Korea, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda shahar tarmoqlarini simsiz texnologiyalar asosida qurish ommalashgan. Buning asosiy sabablaridan qilib foydalanuvchi terminallari (smartfon, noutbok, platshet, turli raqamli qurilmalar) simsiz bog’lanishlarni qo’llab quvvatlashidir. WiMAX, LTE va sputnik texnologiyalari asosida shahar telekommunikatsiya tarmoqlari simsiz ko’rinishda qurish mumkin.

WiMax (Worldwide Interoperability for Microwave Acces) - bu IEEE 802.16 standartlari to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa standartlari oilasiga mansub bo’lgan texnologiya hisoblanadi. WiMAX ikkita asosiy komponentdan tashkil topadi: WiMax antenna va WiMax terminal. Wi-Fi texnologiyasi singari, WiMax antenna foydalanuvchi kompyuteriga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Msobl uchun O’zbekistonda WiMax standarti asosida faoliyat olib borayotgan Internet provayderi EVO ham WiMax texnologiyasi asosida qurilgan. Foydalanuvchi WiMax modemini sotib oladi va WiMax antenna bilan bog’langan holda internet xizmatlaridan yuqori tezlikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, WiMax ko'plab kichik, tarqoq hududlarni bitta ulkan simsiz ulanish nuqtasiga aylantiradi, ya’ni WiMax antennasi 50km hududga Internet xizmatlarini taqdim etadi. Quyidagi 2-rasmda WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i keltirilgan.




2-rasm. WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i
"WiMAX" nomi 2001 yil iyun oyida standartning muvofiqligi va o'zaro muvofiqligini ta'minlash, shu jumladan tijorat sotuvchilari uchun oldindan belgilangan tizim profillarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan WiMAX forumi tomonidan yaratilgan. Forum WiMAX texnologiyasini "kabelli va DSL texnologiyalariga alternativ sifatida so'nggi milyani simsiz keng polosali tarmoq xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqqan. IEEE 802.16m yoki WirelessMAN-Advanced LTE Advanced standartiga mos ravishda 4G uchun nomzod standart hisoblanadi.

WiMAX texnologiyasi dastlab ma'lumotlarni soniyasiga 30-40Mb tezlik bilan uzatish imkoniyatini qo’llab quvvatlagan bo’lsa, 2011 yilda yangilangan stantsiyalar soniyasiga 1Gbit tezlikkacha ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lgan. Hozirgi kunda AeroMACS texnologiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, u orqali aeroport hududi, samolyot va aeroportda joylashgan asosiy vositalarni bog'lash uchun mo'ljallangan simsiz keng polosali xizmatlar taqdim etilgan. 2018 yilga kelib, 8 ta mamlakatda AeroMACS antennasi mavjud, yana kamida 25 ta mamlakatga ushbu texnologiyani joriy etish rejalashtirilgan.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish