11,1 Obyektga mo‘ljallangan yondashuv tarixi



Download 221,05 Kb.
bet6/70
Sana26.02.2022
Hajmi221,05 Kb.
#466131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
C

Abstraksiya. Garchi obyektga moljallangan tiilar inkapsulatsiya- lashdan foydalanishga yordam bersa-da, biroq ular inkapsulatsiyalashni kafolatlamaydi. Tobe va ishonchsiz kodni yaratib qo'yish oson. Samarali inkapsulatsiyalash - sinchkovlik bilan ishlab chiqish hamda abstraksiya va tajribadan foydalanish natijasi. Inkapsulatsivalashdan samarali foydalanish uchun dasturni ishlab chiqishda avval abstraksiyadan va uning bilan bog‘- liq konsepsiyalardan foydalanishni o'rganib olish lozim.
Abstraksiya murakkab masalani soddalashtirish jarayonidir. Muayyan masalani yechishga kirishar ekansiz, siz barcha detallarni hisobga olishga urinmaysiz, balki yechimni osonlashtiradiganlarini tanlab olasiz.
Aytaylik, siz vo'l harakati modelini tuzishingiz kerak. Shunisi ayonki, bu o'rinda siz svetoforlar, mashinalar, shosselar, bir tomonlama va ikki tomonlama ko‘chalar, ob-havo sharoitlari va h.k. sinflarini yaratasiz. Ushbu elementlarning har biri transport harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq bu o'rinda hasharotlar va qushlar ham yo‘lda paydo boiishi mumkin bo‘lsa-da, siz ularning modelini yaratmaysiz. Chunki. siz mashinalar markalarini ham ajratib ko'rsatmaysiz. Siz haqiqiy olamni soddalashtirasiz hamda uning faqat asosiy elementlaridan foydalanasiz. Mashina - modelning muhim detali, biroq bu Kadillakmi yoki boshqa biror markadagi mashinami, yoi harakati modeli uchun bu detallar ortiqcha.
Abstraksiyaning ikkita afzal jihati bor. Birinchidan, u masala yechimini soddalashtiradi. Muhimi shundaki. abstraksiya tufayli dasturiy ta’minot komponentlaridan takroran foydalanish mumkin. Takroran qo'llanadigan komponentlarni yaratishda ular, odatda, g‘oyat ixtisoslashadi. Ya’ni komponentlar biror-bir ma’lum masala yechimiga moijallangani, yana ular keraksiz o‘zaro bogiiqlikda boigani sababli dastur fragmentining boshqa biror o'rinda takroran qollanishi qivinlashadi. Imkoni boricha bir qator masalalarni yechishga qaratilgan obyektlarni yaratishga harakat qiling. Abstraksiya bitta masala yechimidan ushbu sohadagi boshqa masalalarni ham yechishda foydalanish imkonini beradi.
Ikkita misolni ko‘rib chiqamiz.
Birinchi misol: bank kassasiga navbatda turgan odamlarni tasavvur qiling. Kassir bo'shaganda, uning darchasiga navbatda turgan birinchi mijoz yaqinlashadi. Shunday qilib, navbatdagi hamnia odam birin-ketin kassir darchasi tomon suriladi. Navbatda turganlar «birinchi kelganga birinchi bolib xizmat koi'satildi» algoritmi bo‘yicha surilib boradi.
Ikkinchi misol: gazakxonada gamburgerli konveyerni ko‘rib chiqaylik. Navbatdagi yangi gamburger konveyerga kelib tushganda, u gamburgerlar qatoridagi oxirgi gamburger yonidan joy oladi. Shuning uchun konveyer- dan olingan gamburger u yerda boshqalaridan ko'proq vaqt turib qolgan bo‘ladi. Restoranlar «birinchi kelganga birinchi boiib xizmat ko‘rsatildi» algoritmi bo'yicha ishlaydi.
Garchi bu misollar butkul turlicha boisa-da, ularda qandaydir umu­miy tamoyil qoilangan boiib, undan boshqa vaziyatlarda ham foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda. siz abstraksiyaga kelasiz.
Bu misollarning har ikkalasida ham «birinchi kelganga birinchi boiib xizmat ko'rsatildi» algoritmi qoilanilgan. Bu o’rinda navbat elementi nimani bildirishi muhim emas. Haqiqatda ushbu element navbat oxiriga kelib qo‘shilishi hamda navbatni uning boshiga yetganda tark etishigina muhimdir.
Abstraksiya yordamida bir marta navbatni yaratib, keyinchalik uni boshqa dasturlarni yozishda qoilash mumkinki, bu dasturlarda element- larga «birinchi kelganga birinchi boiib xizmat ko'rsatildi» algoritmi bo‘yicha ishlov beriladi.
Samarali abstraksiyani bajarish uchun bir nechta qoidalarni ifodalash mumkin.

  • Qandaydir aniq holatni emas, umumiy holatni olib qarang.

  • Turli masalalarga xos boigan umumiy jihatni izlab toping. Shunchaki alohida xodisani emas, asosiy tamoyilni ko’ra bilishga harakat qiling.

  • Garchi abstraksiya g'oyat qimmatli boisa-da, biroq eng yechimli masalani yodingizdan chiqarmang.

  • Abstraksiya hamma vaqt ham ochiq-oydin emas. Masalani yechar ekansiz, siz birinchi, ikkinchi va hatto, uchinchi martasiga ham abstrak­siyani tanib ololmasligingiz mumkin.

  • Muvaffaqiyatsizlikka tayyor turing. Amalda har bir vazivat uchun to‘g‘ri keladigan abstrakt dasturni yozish mumkin emas.

Abstraksiyani so'nggi maqsad sifatida emas, balki unga erishish yoiidagi vosita sifatida olib qarash kerak. Muayyan hollarda abstraksiyani qoilash kerak emas. Yaxshigina evristik qoida mavjud boiib, unga ko'ra, agar siz biror-bir masalani o‘zaro o'xsbash usullar bilan kamida uch marta yechgan boisangiz, abstraksiyani faqat shunday masalalarga qoilash tavsiya qilinadi.
Abstrakt komponentni takroran qoilash osonroq, chunki u biror- bir bitta o'ziga xos masalani yechishga emas, balki qator masalalarni vechishga moijallangan. Biroq bu hoi komponentdan shunchaki takroran foydalanishdan ko’ra ko‘proq inkapsulatsiyalashga tegishli. Ichki detallarni yashirishga o'rganish g'oyat muhim. Maiumotlarning abstrakt turlarini qoilash inkapsulatsiyalashni samarali qoilashga imkon beradi.

Download 221,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish