Akusherlik bo‘limi Akusherlik bo‘limlari o‘rinlar soniga qarab I akusherlik bo‘limi va II akusherlik bo‘limi tashki etiladi. Bo‘limlarning ikkalasi ham birbiriga o‘xshash bo‘lib, tug‘ruqlar qabul qilish va tug‘ruqdan keyingi davrni olib borish uchun mo‘ljallangan. Atrofidagilar uchun xavf tug‘diruvchi infeksiyaning klinik belgilari bo‘lsa, ayollar maxsus ajratib qo‘yilgan (boks) xonalarga joylashtiriladi. Akusherlik bo‘limi tug‘ruq zallari (xonalari), tug‘ruqdan keyingi xonalar (palatalar),infeksiyasi bor ayollar uchun maxsus ajratilgan xona, operatsiya bloki hamda sanitar xonalaridan tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |