Nazorat savollari:
1. Kul baliqchiligi to‘g‘risida uz tushunchangizni suzlab bering.
2.Baliq xo‘jaligi uchun joy tanlash ishlari qanday olib boriladi?
3.Kul baliqlarini biologiyasi to‘g‘risida suzlang.
4. Kul baliqchiligida ko‘paytiriladigan asosiy baliqlarning turlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
7.5.BALIQLARNI KO‘PAYTIRISH ISHLARI.
O‘zbekistonda baliqchilik asosan uning suv havzalarida ko‘paytiriladi. Respublikamiz balik boyliklari qonun yuli bilan quriqlanadi.
Baliqlarni ovlash faqat belgilangan muddatlarda va ma’lum joylarda ruxsat beriladi. Lekin baliqlarni portlovchi va zaxarli moddalar bilan yirtqichlarcha qirish qonun asosida jazolanadi. Tuxum qo’yish uchun muayyan joylarga ketayotgan baliqlarni ovlash taqiqlanadi, aks holda baliq zapaslari kamayib ketadi.
Respublikamizda baliq boyliklarini ko‘paytirish maqsadida baliqlarni hovuzlarda
urchitish ishlari tashkil etilgan. Lekin hovuzda har qanday baliqni urchita berish ijobiy natija beravermaydi. Shuni nazarda to‘tish lozimki, hovuzda urchitilgan baliq tez usadigan, yaxshi ko‘payadigan, serpusht va xura bo‘lishi kerak.
Baliqlarni urchitish ishlari maxsus urchitish zavoddarida olib boriladi. Buning uchun baliq tuxumi sun’iy urug‘lantiriladi. Bu usul ko‘plab ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaliklarida keng qo‘llaniladi. Bunda sun’iy urug‘lantirilgan tuxumlar maxsus apparatlarga (suv oqib o‘tadigan yashiklarga) joylanadi.
Tuxumdan chiqqan baliq bolalari maxsus idish (sadoq)larga, so‘ng hovuzlarga qo‘yib yuboriladi. U erda ular turli suv havzalariga tarqatiladi. Amudaryoning Nukus shahriga yaqin qismida osyotrsimon baliqlar (ship va sevryuga) bilan sun’iy yul bilan urchitadigan baliq zavodi qurish ishlari bajarilgan.
Baliq urchitish zavodi-ovlanadigan baliqlarni sun’iy usulda o‘stirish bilan shug‘ullanadigan korxona. Baliq urchitish zavodida baliqlarni asrash, baliq tuxumini urug‘lantirish, baliq. ovqati tayyorlash va inkubasiya ishlari qilinadi. Baliq urchitish zavodi strukturasi o‘stirilayotgan baliqlarning yoshiga bog‘liq. Agar baliq urchitish zavodi suv havzalari uchun baliq lichinkalari etishtirishga mo‘ljallangan bo‘lsa, u vaqtda yosh baliqlarni o‘stirish va ovqat tayyorlash sexlari bo‘lmaydi.
Erkak va urg‘ochi baliqlar tuxum qo‘yishgacha maxsus hovuzchalarda alohida-alohida asraladi, voyaga etgandan keyin urg‘ochilaridan tuxum olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va inkubasiya sexiga qo‘yiladi. Inkubasiya sexida sun’iy urug‘lantirilgan baliq tuxumning ochirishda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Masalan, zavod sharoitida sulaymonbaliq va xonbaliq tuxumini ochirishda Kost, Kaliforniya, Vilyamson apparatlari va tarnovli ramqalar ishlatiladi. Bunda baliq tuxumi ramkalarda harakatsiz ushlanib, u suv oqimi bilan doimo yuvilib turadi; oqbaliq, cho‘rtan baliq, zog‘ora baliq (bularning tuxumi mayda) tuxumlarini ochirishda esa Veys, Chez apparatlari ishlatiladi. Bunda suv oqimi bilan baliq tuxumi qalqib turadi. Shuningdek, baliq tuxumini zavoddan tashqari sharoitda ochirishda B.G.Chalikovning suv betida suzadigan to‘r qutisi (35x70x16) (46-rasm)va N.D.Jukovskiy yasagan apparatlar (47-rasm) ishlatiladi. Bu apparatlar daryo, ko‘l va hovuzlarning bevosita o‘ziga qo‘yiladi. Osyotr balig‘i tuxumini ochirishda P.S.Yushchenkoniyag apparatidan - 7 qirrali to‘rsimon barabanidan foydalaniladi. Buning ichiga baliqning urug‘langan tuxumi solinadi. Bunday barabanlardan 4 tasi oxurchaga o‘rnatilib, suv oqizib qo‘yiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar baliq o‘stirish sexiga o‘tkaziladi. Yosh baliqlar dastlab maxsus hovuzchalarda tirik jonivor va sun’iy ovqatlar berib boqiladi, so‘ng suv havzalariga qo‘yib yuboriladi.
Baliqlarni yuqorida keltirilgan usullar yordamida ko‘payrish ishlari yaxshi natajalar bermoqda. Ayniqsa sazan va karp hamda boshqa istemolga zarur ko‘p mehnat talab qilmaydigan shirin ta’mli baliqlarini chngi zltlarini ko‘paytirish ishlari yaxshi yulga qo’yilgan. Sazan va yovvoyi karp barcha talablarga javob beraoladi. Mutaxassislar karp tabiatini birmuncha uzgartira oldilar, binobarin, xonaki karpning bir necha madaniy zotlarini yaratishga erishdilar. Xonaki karpning shirinroq, yog‘liroq va lazzatli bo‘lishi bilan birga uning usishi va rivojlanishi birmuncha jadalroq bo‘lishi aniqlangan. Yaratilgan yangi zot karp baliqlarida tana tangachalari kamroq rivojlanganligi bilan yovvoyi ajdodlaridan farq qiladi Respublikamiz hovuzlarida xonaki karp bo‘lsada yirik tangachalar saqlanib qolgan. Tangachalar baliqning ikki yonida bir tekis joylashgan. Ular uzlarining yaltiroqligi bilan yovvoyilaridan farq qiladi. Inson tomonidan yaratilgan yangi zot sazan baliqlarini faqat ko‘rinishidagina emas, balki ularning xulq atvorida xam birmuncha o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, yovvoyi vakillari hurkovich va extiyotkor bo‘lsa, xonaki karp balig‘i ovqat tashlangan joyga bemalol suzib keladi. Xonaki karp balig‘ida shartli reflekslar osonlikda hosil qilish mumkin ekan. Masalan, ular qo‘ng‘iroq ovozini eshitib qirg‘oqqa ovqat eyish uchun kelishlari tajribalarda sinab ko‘rilgan.
Nazorat savollari:
1.O‘zbekiston baliqchiligi to‘g‘risida so‘zlang.
2.Respublikamiz suv havzalarida baliqlarni qanday turlari ko‘paytiriladi?
3. Baliqlarni urchitish ishlari qanday olib boriladi?
4.Hovuz xo‘jaliklari sharoitida baliqlarni boqish, urchitish va ko‘paytirish tadbirlari to‘g‘risida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |