111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари


ECHKI CHORVASI FAOLIYATI HAQIDA



Download 1,84 Mb.
bet17/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

2.4. ECHKI CHORVASI FAOLIYATI HAQIDA.

Echkichilik ham chorvachilikni serdaromad va serpusht tarmog‛i hisoblanadi. Bu tarmoq, xalq xo‛jaligi uchun qimmatli tivit, go‛sht, tyeri va sut mahsuloti yetishtirib beradi. Echkilardan olinadigan tivit nozikligi (diamyetri 14-20 mikron), mayinligi, yengil va pishiqligi hamda chidamliligi bilan boshqa turdagi tivitlardan ustun turadi. Bunday tivit asosan angor zot va boshqa serjun echkilardan olinadi. Ular tivitining uzunligi 9-12 sm, ayrim hollarda 20-25 sm ga yetadi. Ulardan qimmatbaho ro‛mol, trikotaj kiyimlar, gilam va hokazolar tayyorlanadi. Echki tyeri-sidan kamar, har xil galantyeryeya anjomlari va oyoq kiyim tayyorlanadi. 1,5-3 haftalik echki bolalarining mo‛ynasidan har xil kiyim bosh tiqiladi.


Echki suti ham sevib iste’mol qilinadi. Suti tarkibida 87,2 foiz suv va 12,8 foiz quruq moddalar bo‛ladi. Jumladan, 2,8 foiz kazein, 0,5 foiz albumin, 4,5 foiz yog‛, 4,2 foiz sut shakari va 0,8 minyeral moddalar bo‛ladi. Sutining solishtirma og‛irligi 1,033 ga tyeng. Uning tarkibida fosfor va kalsiy ham ko‛p bo‛ladi. Echki suti ayniqsa yosh bolalar va oshqozon kasaliga chalingan kishilar uchun shifobaxsh ichimlik xisoblanadi.
E chki go‘shti sifatiga ko‛ra qo‛y go‛shtiga yaqin tu­radi, to‛yimliligi bo‛yicha unga tyeng keladi. Go‛shtga boqilgan echkilar 20-28 kg go‛sht va 4-6 kg yog‛ qiladi. Axta qilingan takalarning go‛sht chiqishi 50-55 foizga boradi. Echki shoxidan turli byezakli buyumlar, tuyog‛idan yelim tayyorlanadi.
So‛ngi statistika ma’lumotlariga ko‛ra, hozirgi vaqtda yer yuzida 380 mln. bosh echki boqiladi. Shunda 54 foizi Osiyo mamlakatlarida, 29 foizi Afrikada va qolgani Yevropada, Amerikada boqiladi.
Echkilarning sertivit zoti katta ahamiyatga ega. Bu zot asosan Volgograd, Orenburg, Rostov viloyatlarida, shuningdek, Boshqirdistonda, Buryatiya, Qirg‛iziston, Qozog‛istonda, Voronej, Pyenza, CHelyabinsk, Chita hamda Irkutsk viloyatlarida urchitiladi.
Mahsulot yo‘nalishi. Echkilar asosiy mahsulotiga ko‛ra: sersut, serjun, sertivit va dag‛al junli qo‛sh mahsuldor bo‛ladi.
Sersut echki zotlari (gorkiy, magrel va rus zoti) sobiq Rossiya va MDHda keng tarqalgan. Ular bir laktasiya davomida yog‛liligi 3,5-4 foiz bo‛lgan 450- 550 kg, ayrim ryekordchilari 1000 kg gacha sut beradi.
Dag‘al junli serjun echki takasining tirik vazni 55-60 kg atrofida bo‛ladi va 2-2,5 kg jun beradi. Urg‛ochilarining vazni 35-45 kg va jun mikdori 1-1,5 kg atrofida bo‛ladi. Ular tashqi muhit sharoitiga ancha chidamli bo‛ladi.
Serjun va sertivit echkilar ko‛plab turli minta qalarda boqiladi. Serjun echkilar Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‛iston va O‛zbyekistonning Pop tumanida boqiladi (4-rasm).
Respublikamizning Chsut tumanida boqilayotgan angor zot serjun va sertivit echkilar. Bu mintaqada asosan angor zot echkilar boqilib, ularning takalari 56 kg vaznga ega, yiliga uzunligi 32 sm keladigan 6 kg jun bersa, urg‛ochilari 32 kg vaznli, u shu uzunlikdagi juni 3 kg keladi.
Sertivit echkilar ko‛proq don havzasi va Orenburg viloyati xo‛jaliklarida boqiladi. Har bir echkidan erta bahorda 400-600 g tivit tarab olinadi. So‛nggi yillarda sertivit echkilarni respublikamiz sharoitida ko‛paytirish va jaydari echkilar bilan qochirish ishlari olib borilmoqda.
Echkilarning serpushtligi zotiga ko‘ra turlicha bo‛ladi. Umuman, o‛rtacha har 100 bosh urg‛ochi echkidan 145- 150 ta uloq olinadi.
Hozirgi vaqtda echkilar asosan myehnatkashlarning yakka xo‛jaliklarida, ularning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun boqiladi va bu ko‛rsatgich qariyb 80 foizni tashkil etadi.
Respublikamizning barcha mintaqa va viloyatlarida, ayniqsa tog‛, hamda tog‛ yaqinidagi xo‛jaliklarda echkichilikni tashkil etish va jadal usudda rivojlantirish katta xalq xo‛jalik ahamiyatiga ega.
Yaqin yillar ichida bunday muhim tadbirlarni amalga oshirish masalalari respublika Qishloq va suv xo‛jaligi vazirligi va bu sohaga oid mas’ul tashkilotlar hamda olimlar tomonidan bajariladi degan umidni bildirish mumkin.


Nazorat savollari
1.Echkichilikni xalq xo‘jaligida qanday ahamiyati bor?
2.Echki sutini qahday ozuqa qiymati bor?
3.Echki go‘shtini qanday to‘imligi bor?
4.Echki junlarining qanday ahamiyati bor?



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish