6.2.HAYVONLARNI BOQISH VA PARVARISH QILISHDA NASLCHILIK ISHLARI
Chorvachiliqia naslchilik ishlari olib borishdan asosiy maqsad hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, zotini yaxshilash, shuningdek, tez yetiluvchan, vazndor, serpusht va yuqori sifatli mollar yetishtirishdan iboratdir.
Respublikamizda naslchilik ishlarini samarali olib borish maqsadida barcha mintaqalarning tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarini hamda mollarnnig biologik va xo‘jalik sifatlarini hiisobga olgan holda ularning zotlarini rivojlantirish ishlari amalga oshirilgan. Chorva mollarining mahsuldorligi va sifatini oshirish maqsadida barcha turdagi urg‘ochi mollarni yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan hayvonlar urug‘i bilan sun’iy usulda urug‘lantirish muhim ahamiyatga ega. Naslchilik ishlarining samarasi qo’yida keltirilgan bir qancha tadbirlarga bog‘liq.
Barcha chorvachilik fermalarida mollar zotini yaxshilashda yuqori klassga xos bo‘lgan sermahsul chorva mollari urug‘idan unumli foydalanish.
Tanlash va saralash ishlarida chorva mollarining kelib chiqishiga, konstitusiyasiga, rivojlanish darajasi va avlodining mahsuldorlik ko‘rsatkichiga e’tibor berish.
Chorvachilik fermalarida bonitirovka ishlarini uz vaqtida va sifatli o‘tkazish.
Nasl uchun yuqori sifatli va cog‘lom xayvonlarni ajratish.
Hayvonlarni chatishtirish uchun podadagi eng yaxshi, sifatli, sermahsul, sog‘lom mollarni tanlash.
Naslchilik ishlarini tasdiqlangan qat’iy reja asosida olib borish, boqish, parvarishlash va asrash ishlarini yuqori darajada olib borishdan iboratdir.
Naslchilik xo‘jaliklarida naslchilik ishidagi asosiy usul chorva mollarni sof holda bir zotga oid mollar bilan urchitish hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda, mollarning biror mahsulot ko‘rsatkichini yaxshilash yoki yangi zot yaratish maqsadida zotlararo chatishtirish usuli ham qullaniladi.
Chorvachilik fermalarida ko‘plab tovar mahsuloti yetishtirish uchun har xil chatishtirish va hatto duragaylash usullaridan foydalanish mumkin. Bunday tadbirlar ko‘proq qoramolchiliqia, cho‘chqachiliqia va par-randachiliqia qullaniladi.
Chorvachiliqia yangi zot yaratish va mavjud bo‘lgan xayvon zotlarini takomillashtirish, ayrim mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash borasida tanlash ishlarini olib borish muhim ahmiyatga ega. Tanlash mollarning fenotipiga (ya’ni rivojlanishi, eksteryeri, konstitusiyasi va mahsuldorligiga va genotipiga (ya’ni irsiy xususiyatlariga va bu xususiyatlarini o‘z nasliga bera olish holatiga) ko‘ra olib boriladi. Bir tomonlama tanlashda mollar ma’lum bir ko‘rsatkich asosida tanlanadi.
Kelib chiqishiga ko‘ra tanlashda hali yosh mollar tug‘ilmasdan oldin, maxsus jurnallardagi ma’lumotlarga, avlodining irsiy belgilariga qarab tanlanadi. Vazni va jadal o‘sishiga ko‘ra tanlashda har xil hayvonlar turli yoshida baholanadi. Masalan, kulunlar (toylar) 6-8 oyligida, buzoqlar 5-6 oyligida, quzilar 3-4 oyligida va chuchka bolalari esa 2 oyligida baholanadi. Yosh mollarni sifatiga ko‘ra tanlash asosan ularning hayotchanligi, tirik vazni, soni va boshqa barcha belgilari hisobga olingan holda bajariladi.
Chorvachiliqia hayvonlarni yalpi va yakka holda (individual) tanlash usullari qullaniladi. Yalpi tanlashda asosan hayvonlarning faqat fenotipi hisobga olinadi. Yakka holda tanlashda ham fenotipi, ham genotipiga e’tibor beriladi, bu esa naslchilik ishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘plab olim va mutaxassislarning fikricha chorvachilik sohasidagi naslchilik va seleksiya ishlari chorvachilik ferma va xo‘jaliklarida hayvonlarni boqish va parvarishlashda yuksak darajada olib borilishi lozim. Aks holda, naslchilik ishlari kungildagidek natija bermaydi.
Chorvachiliqia naslchilik ishlaridagi muxim tadbirlardan biri erkak va urg‘ochi hayvonlarni saralash (juftlash, xillash) hisoblanadi. Bu tadbirdan asosiy maqsad chorva mollarining avlodidagi barcha ijobiy belgi va xususiyatlarni vujudga keladigan nasllarda namoyon qilishdan iborat. Bu tadbirning asoschisi P. N. Kuleshov xisoblanadi. Uning fikricha, saralash ishlarini olib borishda ijodiy yondashish va mahsuldorligi yuqori bo‘lgan hayvonlarga aloxida e’tibor berish muxim ahamiyatga ega. Shu yul bilan ularning foydali belgilarini naslida mustahkamlash mumkin.
Agar saralash ishlari noto‘g‘ri olib borilsa, nasliga utgan xususiyatlar sifati pasayib ketishi mumkin. Erkak va urg‘ochi hayvonlarni saralashda qo’yidagilarga e’tibor beriladi: 1) eng sifatli chorva mollari eng sifatli mollar bilan juftlashtiriladi; 2) juftlashtirishda erkak hayvon urg‘ochisiga qaraganda yuqoori klassga oid bo‘lishi kerak; 3) yaqin qarindoshga ega bo‘lgan hayvonlarni o‘zaro juftlashtirish yaramaydi. Aks holda, zaif va sifatsiz nasl vujudga keladi; 4) ayrim bir xil nuqsonga ega bo‘lgan erkak va urg‘ochi xayvonlarni o‘zaro juftlashtirish yaramaydi, chunki bu nuqsonlar olinadigan naslda jiddiylashib ketadi.
Hayvonlarni yoshiga ko‘ra saralash. ishlarini olib borishda xayvonlarni yoshiga qarab juftlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kuplab tajribalardan ma’lumki, yosh urg‘ochi hayvonlarni yosh erkak hayvonlar bilan qochirish ko‘p vaqt salbiy natija beradi. Shunga ko‘ra qo’yidagi tavsiyalarga e’tibor berish talab etiladi: 1) o‘rta yoshdagi hayvonlar o‘rta yoshli hayvonlar bilan juftlanishi lozim; 2) yosh xayvonlarga katta yoshdagi hayvonlar kushilishi kerak; 3) katta yoshdagi hayvonlar yosh xayvonlar bilan urug‘lanishi yaxshi natija beradi.
Chorva mollari va parrandalarining kelib chikishi, konstitusiyasi, eksteryeri, xo‘jalik va mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra bir xil bo‘lgan va uz xususiyatlarini nasllariga bera oladigan guruhi zot deyiladi. Barcha zotlarning bu xususiyati asosan naslchilik ishlarida boshqarib boriladi.
Hozirgi vaktda naslchilik ishlari yuqori darajada rivoj-langanligiga ko‘ra, zotlar asosan uch guruhga (maxalliy, madaniylashtirilgan 7va oralik, yoki yaxshilanayotgan zotlarga) bo‘linadi. Mahalliy zotlar asosan tabiiy tanlanish asosida, uzoq yillar mobaynida «ongeiz» tanlash va tuban, ekstensiv usulda olib borilgan chatishtirish ishlari natijasida vujudga kelgan. Lekin ular chidamli, tashqi muxit sharoitiga yaxshi moslashgan, mustahkam konstitusiyali, hammabop, lekin kech yetiluvchan va mahsuldorligi past bo‘lgan vakillardan tashkil topgan. Tobora kamayib borayotgan mahalliy zot qoramollar respublika mintaqalari sharoitida yaxshi moslashganligi, chidamliligi, oziq tanlamasligi bilan birga, kech yetiluvchan va mahsuldorligi pastdir. Masalan, sigirlarining vazni 220-280 kg, buqalarining vazni esa 320-350 kg dan oshmaydi.
M adaniylashtirilgan zotlar mahsuldorligi yuqori bo‘lgan hayvonlarni eksteryeri, konstitusiyasi, mahsulot yo‘nalishi, kelib chiqishi, irsiy belgilari asosida tanlash, saralash ishlarini jadal olib borish natijasida yaratilgan gurux, hisoblanadi. Madaniy zotlar irsiy belgilari va mahsuldorliga ko‘ra boshqa zot guruhlaridan ancha ustun turadiOralik, zotlar asosan max,alliy va madaniylashtirilgan zotlar o‘rtasida bo‘lib, ularning yuk,ori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ayrim vakillari bilangi-na naslchilik ishlari olib boriladi.
Chorva mollarining asosiy zotlari mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra, ma’lum gurux, yoki tiplarga bo‘linadi. Masalan qoramollar sut, go‘sht va go‘sht-sut yo‘nalishida boqiladigan; cho‘chqalar - go‘sht, go‘sht-yog‘ va yog‘ uchun boqiladigan; qo‘ylar-mayin junli, mo‘ynabop (qorako‘l), po‘stinbop, go‘sht va yog‘ yo‘nalishida boqiladigan; otlar-salt miniladigan, yengil aravaga qo‘shiladigan va og‘ip yuk tortuvchilarga bo‘linadi.
Barcha naslchilik fermalarida mollar tug‘ilgach, ularga laqab beriladi. Bundan onasi laqabining birinchi harfini asos qilib olish ancha ma’qul ko‘riladi. Bu kelib chiqish jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Mollarni isirg‘alash, tamgalash, nomerlash va kertish ishlari mutaxassislar tomonidan bajariladi. Bu maqsadda chorvachiliqia metall va plastmassadan yasalgan isirg‘alardan foydalaniladi (36-rasm). Qoramolchiliqia isirg‘alash ishlari quloqlarini kertish yuli bilan olib boriladi. Quloqni kertishda maxsus isirg‘alash qoidasiga amal qilinadi. Masalan, ung qulog‘ining usti kertilsa, u 1 ni bildiradi, shu qulogining osti 3, uchi 100, o‘rtasi teshilsa 400 hisoblanadi. Chap qulogining usti 10, osti 30, uchi 200, o‘rtasi 800 bo‘ladi va hokozo.
Fermalarda mollarni isirg‘alash, kertish va ularga laqab berishdan asosiy maqsad ulardan naslchilik ishlarida foydalanishda xatoliklarga yul quymaslik, har birining individual hisobini alohida olib borishdan iboratdir.
Bonitirovka deb chorva mollarining kompleks belgilari asosida ma’lum maqsadda baholashga aytiladi. Bunda har bir hayvonning irsiy belgilari, eksteryeri, konstitusiyasi, vazni va hokazolarga alohida e’ti-bor beriladi.
Bonitirovka qilishda har bir hayvonning mahsuldorligi muhim ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. Masalan, yilqilarning chopqirligi, og‘ip yuk torta-olish xususiyati, qo‘ylarning mahsuldorlik yo‘nalishiga ko‘ra junining sifati, go‘shtdorligi va hokazolar e’tiborga olinadi. Parrandalarning serpushtligi, tuxumining ogirligi, sigirlarning sersutligi, sutidagi yog‘ miqdori, kancha sut berishi kabilar bonityorning diqqat markazida bo‘ladi. Kelib chikishiga ko‘ra baholashda hayvonlarning zoti, zotdorligi hisobga olinadi. Ular qaysi bir ypyg‘ qatoriga yoki oilaga taalluqligi aniqlaniladi va irsiy afzalliklari ifodalanadi. Eksteryeriga ko‘ra baholashda ularning tashqi kiyofasi hisobga olinadi. Bunda yirik hayvonlar 10 balli, buzoqlar va boshqa turdagi yosh mollar 5 balli sistema asosida baholanadi. Vazniga ko‘ra baholashda mollar tarozida tortiladi va ularning qaysi yo‘nalishiga mansubligi ifodalanadi. Keyin xar bir yo‘nalish talabiga ko‘ra baho beriladi.
Sigirlarning sersutligi 305 kunlik laktasiya davrida bergan suti, sutining yog‘i va oqsil miqdoriga ko‘ra baholanadi. Go‘sht yo‘nalishida boqiladigan qoramollar 6 oylik vaqtida kelib chiqishi, vazni eksteryeri va barcha individual xususiyatlariga ko‘ra baholanadi.
Chuchqalar serpushtligi, bolalarining tez semirishiga va ikki oylik bolalarining vazniga ko‘ra hamda tug‘ilgan bolalarining katta-kichikligiga qarab baholanadi. Ularning serpushtligi yigirma bir kunlik bolalarini tortib kurish bilan aniqlaniladi.
Qo‘ylar maxsulot yo‘nalishiga ko‘ra, junining vazni, sifati, tekisligi, qalinligi va yog‘-teriga boyligi bilan baholanadi.
Qorakul quzilar 1-3 kunligida muynasining sifatiga qarab baholanadi. Bunda terisining rangi, guldorligi, jingalaklarining yirik-maydaligi, junining yaltiroqligi hisobga olinadi. Go‘sht-yog‘ yo‘nalishida boqiladigan qo‘ylar go‘shtdorligi va dumbasining hajmi, vazni va tashqi kurinishiga ko‘ra, pustinbop qo‘ylar muynasining sifati va serpushtligiga qarab baholanadi.
Yilqilar chopqirligiga va og‘ir yuk tortish xususiyatlariga ko‘ra baholanadi.
Parrandalar qaysi yo‘nalishda boqilishiga ko‘ra, serpushtligi, go‘shtdorligi, tuxumining yirik-maydaligi va eksteryeriga ko‘ra baholanadi. Serpushtligini aniqlashda individual uyalarga bir yil mobaynida quygan tuxumi soni hisobga olinadi. Tuxumning vaznini aniqlash uchun ularning 10 tasini tortib, har birining o‘rtacha vazni aniqlaniladi.
Bonitirovka natijalari asosida ma’lum tadbirlarni, mollar va parrandalarning mahsuldorligi, irsiy xususiyatlarini hamda tez yetiluv-chanligini yaxshilash borasida amaliy, reja va tadbirlar tuziladi, hamda ularni bajarish lozim hisoblanadi. Bonitirovka ishlari qishlok, va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan maxus uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib boriladi.
Amaliy mashg‘ulot
Qoramollar bonitirovkasi bilan tanishish
Asosiy maqsad. Qoramollarni bonitirovka qilish instruksiyasi bilan tanishish va mollarni bonitirovka qilish borasida malaka orttirish.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun vositalar: Bonitirovka o‘tkazish instruksiyasi, naslchilik ishlari bo‘yicha hisobot blankalari va tirik hayvonlar.
I Topshiriq. Sigir va g‘unajinlarni, hamda turli yoshdagi buzoqlarni naslchilik ma’lumotlari, individual kartochkalari bilan tanishish. hamda naslchilik guvohnomalarini kuzdan kechirish, sigirlarni tug‘ishi va sun’iy urug‘lantirish turlari, bonitirovka vedomostlarini talab asosida o‘rganib chiqish.
II topshiriq. Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi zotlarni bonitirovka qilish instruksiyasini urganib chiqish va bu borada olib boriladigan tadbirlarni amalga oshirish.
III topshiriq. Chorvachilik fermasi sharoitida 5 bosh sigirni bonitirovka qilish va ularni barcha xususiyatlarini xisobga olgan holda ma’lum klasslarga ajratish.
topshirik,. O‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra sigirlarni sun’iy urug‘lantirish va ulardan buzoq olish rejasini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |